Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR


partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan 
moliyalashtirish to‘g‘risida quyidagilar nazarda tutilgan: «Siyosiy 
partiya, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda qonunchilik palatasi 
deb yuritiladi) saylov yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq qonunchilik 
palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda 
deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan 
faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish 
huquqiga ega bo‘ladi.
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini 
moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik 
hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi 
yilning 1-yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy miqdorning 
ikki foizini qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda 


115 
saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi 
miqdorida shakllantiriladi. 
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan davlat 
mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
qonunchilik palatasiga oxirgi saylovning O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aniqlangan natijalari 
asosida bu mablag‘larni olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar 
o‘rtasida ularning qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari 
miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi». 
Mazkur qonunning 8-moddasida esa, siyosiy partiyalarning 
qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik 
organlariga 
saylovda 
ishtirok 
etishini 
davlat 
tomonidan 
moliyalashtirish 
tartibi 
keltirilgan: 
«Siyosiy partiyalarning 
qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik 
organlariga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan 
tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni 
saylovda boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish va moddiy 
jihatdan o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi. 
Siyosiy partiyalarning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok 
etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining 
bir deputatlikka nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
belgilanadi. 
Siyosiy partiyaning qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok 
etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari shu 
Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin