11
bilan o‘zaro aloqalarda amal qiladi. So‘m orqali nazorat yordamida
mahsulot realizasiyasi jarayoniga, shartnoma bo‘yicha shartlarni
bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma
mablag‘lar aylanishiga ta’sir o‘tkazadi.
Shunday qilib, nazorat – daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va
moddiy boyliklar oqilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalarni
kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga,
uning
samaradorligini
oshirishga,
mablag‘larning
manzilli
sarflanishini ta’minlaydi. Nazorat funksiyasining muhim xususiyati
shundaki, u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida
uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan
bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy ko‘rsat-
kichlari nazorat funksiyasining obyektidir. Moliyaviy nazoratning
samaradorligini oshirish ko‘proq korxonada buxgalteriya hisobi,
moliyaning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini, moliyaviy
axborotning haqqoniyligi, moliyaviy intizom, buxgalteriya-hisobi
hisobotini xolis yuritilishiga bog‘liq. Shundagina nazoratning
samarasi iqtisodiyotdagi vaziyatni tahlil qilish va xolis baholash
hamda takror ishlab chiqarish jarayonining samarali borishini
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, bunda davlat soliq
xizmatining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham
moliya soliq munosabatlari bilan uzviy holda o‘rganiladi va amal
qiladi. Moliyaning taqsimot va nazorat funksiyalari yaxlit holda
Dostları ilə paylaş: