147
4. Davlat qarzlarining mohiyati va ahamiyati
Umumdavlat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan
pul resurslarining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
shaklida jalb qilinadi. Iqtisodiyotning
moliyaviy holati barqaror
bo‘lmaganda, davlat daromadlarining kamayib ketgan sharoitda
davlat o‘zining xarajatlarini qoplashga boshqa manbalardan ham
mablag‘ jalb qilishga majbur bo‘lib qoladi.
Davlat tomonidan jalb
qilishning asosiy shakli bo‘lib davlat krediti hisoblanadi.
Davlat
krediti – bu davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi
kredit munosabatlaridir. Bu yerda davlat, asosan, qarz oluvchi bo‘lib
ishtirok etadi. Davlat krediti hukumat organlari va xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan olingan kreditlarni davlatning kafolat
majburiyatlari shaklida chiqishi ham mumkin.
Kafolat majburiyati – bu kreditorga berilishi lozim bo‘lgan
so‘mmani o‘z vaqtida to‘lanilishini ta’minlash kafilligini olgan organ
tomonidan berilgan hujjatdir. Kafolat majburiyatining ta’sir
kuchi
kafolat xatida ko‘rsatilgan hamma so‘mma to‘laligicha to‘langanidan
so‘ng tugaydi.
Davlat zayomlari – davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu asosda davlat qarzi shakllanadi.
Davlat kreditlari umumdavlat moliyasining muhim elementi
bo‘lib, bunda kreditor sifatida
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat
nomidan qarz oluvchi bo‘lib esa davlat organlari o‘tadi. Xalqaro
munosabatlar doirasida
davlat bir vaqtda ham kreditor, ham qarz
oluvchi bo‘lishi mumkin.
Davlat krediti qaytarilishi va to‘lanishi asosida beriladi. Davlat
krediti bank kreditidan farq qiladi. Davlat krediti orqali yig‘iladigan
qo‘shimcha moliyaviy resurslar ishlab chiqarish kapitali aylanishida
ishtirok etmaydi, balki byudjet taqchilligini qoplash uchun
yo‘naltiriladi.
Byudjet taqchilligi – bu muayyan davrda byudjet xarajatlarining
byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan so‘mmasidir. Davlat
tomonidan mablag‘lar jalb qilinganda kreditning ta’minoti bo‘lib
davlatning barcha mol-mulki hisoblanadi.
148
Davlat krediti kelgusida davlat qarzining shakllanishiga olib
keladi. Davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki mablag‘ni va
xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan muayyan
mamlakatning majburiyatlari yig‘indisidir. Bu so‘mma
davlatning
qarz oldi-berdi bilan bog‘liq chiqarilgan va qaytarilmagan, ular
bo‘yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, davlatning
majburiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat krediti o‘zining iqtisodiy mohiyati bo‘yicha
YaIMning
qayta taqsimlash shakli hisoblanadi. Uning manbasi aholi va xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning bo‘sh turgan mablag‘lari hisoblanadi.
Davlat kreditidan foydalanish davlat ixtiyoriga mablag‘larni jalb
etishning asosiy shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili
uchun Davlat byudjetini qabul qilish jarayonida davlatning ichki va
tashqi qarzining eng yuqori me’yorlarini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: