149
Bunday zayomlarning ishonchliligi davlatning ishonchliligi bilan
belgilanadi.
Zayomlarni qaytarish muddatlariga
qarab qisqa muddatli
(qaytarish muddati bir yilgacha), o‘rta muddatli (qaytarish muddati 1
yildan 5 yilgacha) va uzoq muddatli (qaytarish muddati 5 yildan
yuqori) davlat zayomlariga bo‘linadi.
Davlat zayomlari daromad to‘lash xususiyatiga qarab foizli,
yutuqli va diskontli (nol kuponli) zayomlarga bo‘linadi.
Foizli
zayomlar bo‘yicha daromad qarz foizi ko‘rinishida belgilanadi.
Foizlar zayomlarni harakat qilish davri davomida bir xil qilib
o‘rnatilgan bo‘lishi yoki kredit bozorida bu zayomga bo‘lgan talab va
takliflar asosida o‘rnatiladigan o‘zgarib turuvchi foizlar belgilanishi
mumkin. Foiz daromadlari bir yilda bir marta, yarim yilda bir marta
yoki har chorakda bir marta to‘lanadigan bo‘lishi mumkin. Yutuqli
zayomlar bo‘yicha kreditorlarga daromad to‘lash yutuq tirajlarini
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda daromadni barcha
kreditorlar olmaydi, balki yutuq chiqqan obligatsiyalar egalargina
oladi. Diskontli davlat zayomlari ma’lum chegirma bilan sotiladi,
ammo obligatsiya qiymati qaytarilganda davlat zayomining nominal
qiymati kreditorlarga qaytariladi.
Diskontli davlat zayomining
nominal qiymati bilan kreditor tomonidan sotib olgan qiymati
o‘rtasidagi farq kreditorning daromadi bo‘lib hisoblanadi.
Qarzlar qaytarish xarakteriga qarab birdaniga qaytariladigan va
qism-qismlarga bo‘lib qaytariladigan qarzlarga bo‘linadi. Qarzni
qism-qismlarga bo‘lib qaytarishning uchta varianti bo‘lishi mumkin.
Birinchi variant – zayom qiymati bir necha yil davomida uning turli
qismlarini qaytarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi variant –
zayom qiymati doimo o‘sib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib
kelajakda davlat daromadi har yili oshib borishi ko‘zda
tutilgan
hollarda qo‘llaniladi. Uchinchi variantda zayom so‘mmasi doimo
kamayib borish yo‘li bilan qaytariladi. Bu tartib kelajakda davlat
daromadi har yili qamayib borishi yoki davlat xarajatlari ko‘payib
borishi ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llaniladi.
Davlatning qarzlarni to‘lash bo‘yicha
majburiyatlariga qarab
muddatidan avval qaytarish huquqi bilan va muddatidan avval
qaytarish huquqisiz zayomlarga bo‘linadi. Qarzni muddatidan avval
150
qaytarish huquqi davlatga moliyaviy bozordagi vaziyatni hisobga
olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: