Limning xozirgi zamon noananaviy va intraktiv usullarini nazariy asoslari


oshirishning mazmuni, shakllari va usullarini unga mos tarzda tashkil etish



Yüklə 38,44 Kb.
səhifə5/6
tarix10.11.2022
ölçüsü38,44 Kb.
#68277
1   2   3   4   5   6
ta\'limda interaktiv usullar

oshirishning mazmuni, shakllari va usullarini unga mos tarzda tashkil etish mumkin. Pedagogik mahorat fanining vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib beradi, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o’rtasidagi bog’lanishlarni ko’rsatadi: shuningdek pedagogik mahorat fani o’z taraqqiyoti davomida ta’lim — tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo’llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning jamiyatimiz hayotidagi o’rnini oshiradi. Pedagogik texnika pedagogga o’quv faoliyatida ham zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Pedagog umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganib, ta’lim - tarbiya jarayoniga tatbiq etishi lozim. SHu bilan birga milliy o’ziga xosligimizni, asrlar sinovidan o’tgan an’analarimizni, hamisha iymon-e’tiqod bilan yashash kabi hayotiy tamoyillarimizni ham saqlab, ham yuksaltirib borishi va ularni talabalar qalbiga singdirish zarur. Pedagog faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra ijodiy xarakteriga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug’iladi. Pedagog faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlarning asosiy mohiyati faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bog’liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo’ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Pedagog faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yo’llarini qidirib topa olishida ifodalanadi.
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish talabaga u yoki bu yuksak axloqiy
sifatlarining mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan pedagogning ish usullaridan biridir. Har bir shaxsga ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va professionalligiga bog’liqdir. Bunda:
- o’quvchining ijobiy xatti-harakatlariga to’sqinlik qilmasligi;
- talablarni aniq va tushunarl i bo’lishi;
- qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;
- talab ochiq chehra, samimiy bir ohangda berilishi, iltimos, maslahat, yaxshi niyatga
chorlashi;
- talab o’quvchilarning yoshi, bilimi saviyasiga mos bo’lishi.
-o’quvchilarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalarga e’tibor berish lozim.
Kishilik jamoasi paydo bo’lgan davrdan boshlab inson hech qachon yolg’iz yashay
olmagan. Jamoalarni tashkil qilish va uning tarbiyaviy ta’sirini nazariy va amaliy asoslari mutafakkir va olimlar tomonidan o’rganilib, u ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Tarbiyachining navbatdagn vazifasi talaba-yoshlar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib,
Yüklə 38,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin