Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.
Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo‘lishi kerak.
Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.
Nazorat savollari:
Bir fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
Transformatorlarning ish rejimlari qanday?
Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Avtotransformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi?
O’lchov transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi?
Transformatorlardagi quvvat isrofi va ularning FIK?
Transformatorlarning quvvati, chastotasi va chulg’amlar soni bo’yicha tasnifi?