Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini o‘lash sxemalari va turkumlari. Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarini ulash sxemalarini kasr tarzida ko‘rsatish qabul qilingan. Kasrning suratidagi belgi birlamchi chulg‘amni, maxrajidagi belgi esa ikkilamchi chulg‘amni ulash sxemasini bildiradi. Masalan, uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz/yulduz sxemada ulangan bo‘lib, yulduz/ yulduz tarzda belgilanadi. Agarda yulduz/uchburchak sxemada ulangan bo‘lsa, yulduz/Δ belgi bilan ko‘rsatiladi. Amalda, asosan kichik va o‘rtacha quvvatli (taxminan 1800 kVA gacha bo‘lgan) transformatorlarning ikala chulg‘amiga nisbatan yulduz usulida ulash sxemasi qo‘llanadi. Bunday ulashda chulg‘amlarning
izolyatsiyasi faza kuchlanishiga (Uf = Ul | √3), uchburchak sxemada ulanganda esaliniya kuchlanishiga hisoblanadi. Odatda, transformatorning yuqori kuchlanishli chulg‘ami (manba tomonidagi) yulduz sxemada ulanadi. Bunda ma’lum qiymatdagi liniya kuchlanishini olish qulay va chulg‘amning o‘ramlar soni kam bo‘ladi. Chulg‘amlarni uchburchak sxemada ulash katta tolarda ma’qul bo‘lgani uchun yulduz/Δ sxema past kuchlanish tomoni katta quvvatli bo‘lgan transformatorlarda qo‘llanadi (4.11-rasm).
Past kuchlanishli chulg‘am yuqori kuchlanishli chulg‘amning bir qismini tashkil qilgan transformator avtotransformator deyiladi. U pasaytiruvchi va yuksaltiruvchi transformator bo‘lishi mumkin.
4.12-rasmda avtotransformatorning A-X chulg‘ami W1 o‘ramlardan iborat bo‘lib, U1 kuchlanishli o‘zgaruvchan tarmoqqa ulangan.
4.12-rasm. Avtotransformator sxemasi.
Chulg‘amning o‘ramlar soni W2 bo‘lgan a-x qismiga energiya iste’molchisi Zn ulangan.
Avtotransformator salt yurishida birlamchi kuchlanishning ikkilamchi kuchlanishiga nisbati uning transformatsiya koeffitsiyentiga yoki o‘ramlarning W1 va W2 sonlarinig nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni:
Avtotransformatordagi elektr energiya isroflari kichik bo‘lgani uchun hisobga olinmasa, u holda yuklangan avtorasnformatorning birlamchi va ikkilamchi zanjirlaridagi quvvatlar bir-biriga teng bo‘ladi deb hisoblash mumkin:
I1·U1= I2U2 Istalgan paytda chulg‘amning a-x qismida bir-biriga qarama- qarshi toklar (I1 va I2 ) oqadi. Shuning uchun chulg‘amning a-x qismidagi toklar I1 va I2 ayirmasiga teng:
I =I1 -I2 Demak, chulg‘amning umumiy a-x qismi ko‘ndalang kesimi kichikroq bo‘lgan sim bilan bajarishi mumkin.
Moslab yasalganda avtotransformatorlar keng chegaralarda kuchlanishni ikkilamchi zanjirda bir tekis rostlashga imkon beradi.
4.13 -rasmda laboratoriya avtotransformatorlari LATR ko‘rsatilgan.