Har qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:
Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi
Pm=𝐼2R1+ 𝐼2 · R2 1𝑛𝑜𝑚 1𝑛𝑜𝑚
Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + PyBu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq.
Transformatorning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk.
Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir.
Transformatorning foydali ish koeffitsienti
bu yerda: P1-transformatorning kirish tomonidagi quvvati; P2 - transformatorning chiqish tomonidagi foydali quvvati; ΔP- transformatordagi to‘la quvvat isrofi.
Agar transformatorning foydali ish koeffitsientini uning qanday yuklanganligini ko‘rsatuvchi yuklanish koeffitsienti
cosφ2yuklama quvvat koeffitsienti, Snomtransformatorning to‘la quvvati, VA. Katta quvvatli transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97‚0,99, kichik quvvatlilarniki esa 0,82‚0,9 atrofida bo‘ladi. Transformatorlarda Rp=Pmbo‘lganda uning yuklanish koeffitsienti optimal (βopt 0,5‚0,6) bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi.