1.3. Lizing turlari va ularning tavsifi
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida lizing xizmatlarining ilmiy asoslangan
tasniflanishi shu shakllar bilan har birining vazifasi va muhim tafovutlarni
hamda ularning o`rnini to`g`ri tushunishga yordam beradi. O`zbekiston
Respublikasining 1999-yil “Lizing to`g`risida” gi qonunda lizingning 2 turi:
moliyaviy va operativ turlari belgilangan. Jahon amaliyoti va mavjud tasniflarga
ko`ra lizing turlari ko`p bo`lib, ular quyidagilar:
1. Moliyaviy lizing, ya`ni mulk qiymati to`liq to`lanadigan lizing mulki,
shu bilan tavsiflanadiki, lizing oluvchiga foydalanish uchun mulk beriladigan
muddat davomiyligiga ko`ra lizing beruvchi mulk qiymatining butun yok ko`p
qismi eksplutatsiya va amortizatsiya muddati yaqinlashadi. Bunda lizing
beruvchi va lizing to`lovlari orqali mulkning butun qiymatini o`ziga qaytaradi va
bitimdan tegishli foyda oladi. Bu lizingning eng ko`p tarqalgan turidir.
2. To`liq qoplanmaydigan lizing odatda tezkor hisoblanadi, chunki lizing
32
beruvchining lizing mulkini olishi va saqlashi bilan bog`liq sarflari qoidaga
ko`ra to`liq qoplanmaydi. Bu lizing moliyaviy lizingdan shunday farqlanadiki,
bunda sotib olish huquqi bo`lmaydi va lizing to`lovlari lizing beruvchining
barcha sarflarini qoplamaydi.
3. Lizing operatsiyasi o`tkaziladigan bozor shu`basiga bog`liq holda lizing
bitimlariga ichki lizing turi mavjud bo`lib, bunda bitimda bitta mamlakat bo`ladi.
4. Xalqaro tashqi lizingda esa lizing beruvchi va lizing oluvchi turli
mamlakatlarda bo`ladi, ya`ni mulkni sotuvchi boshqa mamlakatda bo`lib,
boshqa davlat rezidenti bo`lishi mumkin. Lizinga berilayotgan uskunaga xizmat
ko`rsatish, lizing oluvchi zimmasida bo`ladi. Bunday holda uskunaga xizmat
ko`rsatish bo`yicha chiqimlar lizing to`lovlariga qo`shiladi. Bunday lizing
moliyaviy lizing uchun xos.
5.To`liq lizing uskunaga ko`rsatish shart bo`lgan texnikaviy xizmat
ko`tsatish, sug`urtalash va lizing beruvchining boshqa operatsiyalari inobatga
olinadi.
6. Lizing munosabatlari tavsifiga bog`liq holda lizing bitimlari qaytarma
va aralash bo`ladi. Qaytarma lizing- bu tobora keng qo`llanilayotgan lizingning
bir shakli bo`lib, korxona uskunaga ega bo`lgan holda, asosiy ishlab chiqarish
faoliyati uchun mablag` yetmay qolganda foydalanadi. Shuning uchun korxona
lizing kompaniyasini topadi va unga o`z mulkini sotadi, kompaniya esa o`z
navbatida esa shu korxonaga lizing beradi.
7. Aralash lizing- o`z tarkibida moliyaviy va operativ lizing unsurlariga
ega bo`lgan lizing shartnomasining turi. Aralash lizingdan foydalanish
sharoitlarida lizing beruvchi muayyan sotuvchidan lizing oluvchi ko`rsatmasi
bilan mulkni xususiyga oladi va lizing oluvchiga lizing predmeti sifatida
beriladi.
8. Lizing mulkni moliyalashda qatnashuvchilarga bog`liq holda bo`linma
lizing yoki qo`shimcha mablag` jalb etiladigan lizing, yoki lizing beruvchi
qisman moliyalaydigan lizing bo`lib, bu lizingning eng murakkab turi, chunki u
ko`p yo`nalishdagi moliyalash bilan bog`liq, odatda unda murakkab ko`p kapital
33
talab etadigan ko`p loyihalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Lizing
beruvchi uskunani sotib olar ekan o`z mablag`idan butun qiymatini emas, balki
uning bir qisminin to`lashligi lizingning bu turini o`ziga xos tomoni
hisoblanadi.Qolgan miqdorni u bir yoki bir necha kreditordan qarzga oladi.
Bunda lizing kompaniyasi barcha soliq imtiyozlarini foydalanishda davom etadi,
bular ijaraga olinayotgan mulk to`liq qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.
9. Ommaviy lizing- boshqa xil va tur lizinglardan hu bilan farqlanadiki,
lizing beruvchi sifatida bir guruh (aksiyadorlar) ta`sis etadi va ishonchli vakil
tayinlaydi, keyinchalik lizing munosabatlarini amalga oshirish bo`yicha barcha
zarur operatsiyalar olib boradi.
10.Lizing mulkining yangilanishi muddatiga bog`liq holda
yangilanadigan lizing da ijarachi bo`yicha uskuna vaqti-vaqti bilan yangi, xuddi
shu turdagi ancha takomillashgan namuna bilan almashtirilib turishi ko`zda
tutiladi.
11. Revolver lizing yoki uskuna tadrijiy almashtiriladigan lizing, bunda
lizing oluvchidan uning texnologik xususiyatiga ko`ra muntazam ravishda turli
uskunalar talab etiladi.Bunday hollarda lizing shartnomasi shartlariga muvofiq
lizing oluvchi muayyan muddat o`tguncha ijaradagi mulkni lizing boshqa
obyektga almashtirish huquqiga ega bo`ladi.
Lizing munosabatlari ishtirokchilarining tarkibidan (subyektlardan) kelib
chiqib quyidagilarni farqlaydilar:
Bevosita lizing - an’anaviy uch taraflama bitim (mol yetkazib beruvchi-
lizingga beruvchi-lizingga oluvchi) yoki yirik murakkab bitimlarda
ishtirokchilar soni uchtadan ko’p bo’lgan ko’p taraflama bitim, bunda lizing
kompaniyasi lizing bo’yicha tijorat banki yoxud boshqa moliyaviy-kredit
institutlari yoxud yirik lizing bitimlarini moliyalashtirish uchun o’z kapitalini
birlashtirgan shunga o’xshash lizing kompaniyalari bilan birgalikda chiqadi.
Demak, bevosita lizing, bunda mol-mulkni taqdim etish bevosita lizingga
beruvchi orqali amalga oshiriladi va quyidagi 1.3.1-chizma orqali tahlil
qilishimiz mumkin.
|