31
•
ma’naviy eskirgan va jismoniy ishlab bo’lgan uskunalarning yetarli
darajada ko’p miqdorda mavjudligi;
•
ishlab chiqarish vositalari bilan savdo-sotiq zaif tashkil etilgan
sharoitlarda sotilmayotgan tovar-moddiy boyliklar zaxiralarining mavjudligi;
•
ishlab chiqarish va rentabellik uskunalarning qimmatligi oqibatida
oddiy bank kreditidan foydalanilgan holda kichik va o’rta firmalar o’zlarining
ishlab chiqarishini tashkil eta olmasligi;
•
ko’p yillardan beri ish kuchi va xom ashyoning nisbatan kam
baholanishi, shuningdek turli tovarlar eksport qilinishi.
Lizing kompaniyalari tomonidan ushbu vaziyatlarni hisobga olish va
amalga oshirish borasida ish olib borishi bizning lizing kompaniyalarimiz
o’zlarining rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’tarilishiga imkon beradi deb
hisoblaymiz. Bozorda yangi o’rinlarini topib va ularni to’ldirib, lizing firmalari
bo’lg’usi va amaldagi tovar ishlab chiqaruvchilarga respublikaning umumiy
ichki yalpi mahsulotining hajmiga o’z hissasini qo’shishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: