1.1.1-jadval
Lizing xizmatlarining evolyutsiya bosqichlari
Evolyutsiya
bosqichlari
Xarakterli xususiyatlari
I bosqich
1877-1952
yillar
• 1877 -yil. Lizing tizimining paydo bo’lishi («Bell» telefon
kompaniyasi).
• 1952-yil. Dastlabki mustaqil «Yunayted Steys Lizing
Korporeyshn» lizing kompaniyasining tashkil qilinishi.
• Ushbu bosqich ko’p jihatdan lizingning rivojlanishi va
faoliyat ko’rsatishi uchun tashkiliy asos bo’ldi.
II bosqich
1952-1974
yillar
• Lizing infratuzilmasining shakllanishi.
• Soliq imtiyozlarining kuchga kirishi va tezkor amortizatsiya
usulining qo’llanishi.
• Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish yuz berdi.
• Assortimentning kengayishi va mahsulotlarning
tabaqalashuvi
• Kichik va o’rta firmalarning rivojlanishi
III bosqich
1974- yildan
hozirgi davrga
qadar
• AQSh va Farbiy Yevropa mamlakatlarida inqirozlar to’lqini.
• Yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi.
• Mahsulotni sotish muammolarining keskinlashganligi tufayli
lizingning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
• Lizing yordamida moliyalashtirish samaradorligining e’tirof
qilinishi.
I bosqich 1877-1950 yillarni o’z ichiga oladi. Aynan shu davrda,
avstriyalik tadqiqotchi V.Xoyerning fikricha, «lizing» atamasi hozirgi ma’noda
muomalaga kirdi. 1877-yilda AQShda tovarlarni faqat ijaraga berishga
10
asoslangan shartnomalar tizimi - «lizing» vujudga keldi, «Bell» telefon
kompaniyasi telefon apparatlarini sotish emas, balki ularni ijaraga berishga qaror
qildi. V.D.Gazman ta’kidlab ko’rsatganidek, bu qadar oddiy operatsiya faqat
aloqaning rivojlanishiga kuchli ta’sir etdi, deyish noto’g’ri bo’lar edi. O’ziga xos
moliyaviy xizmatlar ko’rsatishdan keladigan foyda yangi texnika ishlab
chiqaruvchilarida katta qiziqish uyg’otdi, ular asbob-uskunalarni ijaraga
berishga yuqori baho berdilar, chunki bu, ularni oddiy sotishdan farqli ravishda,
«nou-xau» dan foydalanishga bo’lgan monopol huquqini himoyalashga imkon
berar edi.
Birinchi mustaqil lizing kompaniyasi bo’lgan «Yunayted Steyts Lizing
Korporeyshn» 1952-yilda San-Fransisko shahrida ro’yxatdan o’tkazildi. Tezda
ushbu voqeaning davomchilari juda ko’payib ketdi va ijara munosabatlarida
haqiqiy inqilob to’lqiniga sabab bo’ldi. Bu yerda shuni ham qayd etish zarurki,
mazkur bosqich keyingi davrlarda ko’p jihatdan savdo va xizmat ko’rsatish
sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi lizing korxonalarining rivojlanishi va faoliyati
uchun tashkiliy asos bo’ldi.
II bosqich 1950-1974-yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr lizing
infratuzilmasining shakllanishi bilan bog’liq. Lizing tadbirkorligi d
inamikasining asosiy yo’nalishi uning kapital qo’yilmalarni
moliyalashtirish vositasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’ldi. Jahon bozor
iqtisodiyotida bu jarayon quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Jumladan,
AQSh va Farbiy Yevropa mamlakatlarida urushdan keyingi iqtisodiy
vaziyat bilan bog’liq bo’lgan:
-likvid mablag’lar hajmining yetarli emasligi;
-raqobatning keskinlashuvi;
-korxonalar foydasining kamayishi;
-iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadlarida davlatning investitsiya
siyosatni tartibga solishga katta e’tibor qaratishi.
Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, investitsiya siyosatiga
ta’sir ko’rsatishning asosiy iqtisodiy vositasi soliq va amortizatsiya imtiyozlari
11
bo’ldi. Soliq imtiyozlarining ta’siri, obyektning xizmat muddati bazasi e’tiborga
olinmay, hisoblanadigan tezkor amortizatsiya usulining qo’llanilishi lizingda
iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib chiqdi. Buning diqqatga sazovor joyi shuki,
ushbu foyda lizing bitimining barcha ishtirokchilari uchun baravar foydali edi.
Lizing beruvchi soliq imtiyozlariga ega bo’lar, vaholanki, agar u aynan
shu asbob-uskunani sotib olganda, unga bunday imtiyoz berilmas edi. O’z
navbatida, bundan lizing oluvchi ham yutar edi, chunki soliq imtiyozlarini
hisobga olganda lizing beruvchi stavkalarini kamaytirishi mumkin edi, ushbu
stavkalar esa bankning qayta moliyalashtirish stavkasi foizlaridan 1,5-2 baravar
kam bo’lishi mumkin edi. Bundan tashqari, lizing beruvchi asbob-uskunalar
bo’yicha 10 foizlik imtiyoz olish huquqini ham qo’lga kiritar edi, lizing
to’lovlari summasi esa foydalanuvchining soliqqa tortiladigan umumiy
daromadidan chegirib tashlanar edi.
Shunday qilib, soliq va amortizatsiya qonunlari lizingni rivojlantirish
jarayonini qo’llab-quvvatlashga sabab bo’ldi. Imtiyozlar qanchalik ko’p berilsa,
ushbu mamlakatlarda, lizing shu qadar tez rivojlandi.
II bosqichning oxiriga kelib, lizing sohasidagi tadbirkorlik dinamikasining
asosiy yo’nalishi yangilanish va yanada rivojlanish sari o’zgardi. Bunda
fan-texnika taraqqiyoti katta rol o’ynadi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab
chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash
boshlandi, bu esa ishlab chiqarishga, ayniqsa elektron-hisoblash texnikalarni
ishlab chiqarish sohasiga kapital qo’yilmalarning o’sishiga olib keldi va texnika
transport vositalari bilan bir qatorda lizingning birinchi obyektlaridan biriga
aylandi.
Shubhasiz, bu g’oyatda qimmatbaho bo’lgan asbob-uskunalardan
foydalanish aynan lizing operatsiyalarining keng tarqalishi tufayli mumkin
bo’ldi. Lizing oluvchi ushbu texnikadan vaqtincha foydalanish yo’li bilan o’z
ishlab chiqarish muammolarini tez hal qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bundan
tashqari, lizing tufayli alohida texnikanigina emas, balki jamlangan
texnologiyalardan ham foydalanish mumkin bo’ldi. Ayni paytda eng ilg’or
12
texnologiyalarni qo’lga kiritish, uni o’zlashtirish va yuksak texnik saviyada
saqlash uchun ham sharoitlar yaratildi. Assortimentning bir necha marta
kengayishi va mahsulotning tabaqalashuvi, kichik va o’rta firmalarning ko’pligi
lizing korxonalarining samarali faoliyat ko’rsatishiga imkoniyat yaratdi.
Ichki va tashqi bozorlarda raqobat kuchayib borayotgan sharoitlarda
texnikani iste’molchilarga qanday moliyaviy shartlar bilan taklif qilinishiga
katta ahamiyat berila boshlandi. Sanoat va savdo kompaniyalarining muntazam
o’zgarib turuvchi talabini endilikda faqatgina kredit muassasalarining klassik
operatsiyalari hisobiga to’liq qondirish mumkin bo’lmay qoldi. Xo’jalik yuritish
manbalaridagi ustivor yo’nalishlar lizing foydasiga o’zgara boshladi. Yuqorida
tavsiflab o’tilgan omillar va ularning ta’siri lizingning ahamiyatini kuchaytirib
yubordi.
Lizing tadbirkorligining rivojlanishidagi III bosqich 1973-1974-yillardagi
iqtisodiy inqiroz davrida boshlanib, bu davrda, 1980-1982-yillardagi ham
monopoliyalarning lizing biznesi bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqish
jarayoni jadallashdi va lizing rivojlanishi faoliyat sohasining kengayishi bilan
bog’liq bo’ldi.
Inqiroz sharoitlarida zarur resurslardan samarali foydalanish,
iste’molchilar doirasini kengaytirish va yangi sotuv bozorlarini egallash
maqsadlarida lizing moddiy-texnika ta’minotning, nafaqat joriy, balki
qo’shimcha foyda olish bilan bog’liq uzoq muddatli vazifalarni ham hal
qilishning asosiy manbaiga aylandi. Bu davrda moliyaviy qiyinchilikka duchor
bo’lgan kichik firmalar bilan bir qatorda ulkan resurslarga ega bo’lgan yirik
kompaniyalar ham lizing xizmatlariga murojaat qildi. Yirik kompaniyalarning
lizingga bunday e’tibor berishlariga asosiy sababi ularning ishlab chiqarish
hajmini oshirish va yangi sotuv bozorlarida mustahkam o’rnashib olishga
intilishi edi.
Bu bosqichda banklar ham asta-sekin bunday operatsiyalarga qo’shila
boshladilar. Ular lizing kompaniyalariga kreditlar ajrata boshladilar. Mavjud
ma’lumotlarga qaraganda, 70-yillarda dunyoning ko’pgina yetakchi banklari
13
lizing bo’yicha maxsus bo’limlar yoki lizing kompaniyalarini tashkil qildilar.
Masalan, «Siti benk» o’zining lizing kompaniyasi va bu kompaniyaning shuba
filiallari orqali «Interneshnl Xorvestr» korporasiyasining o’ta qudratli traktor
texnikasini lizingga berish bilan shug’ullandi.
Yuqorida qayd etilganidek, ushbu bosqichning o’ziga xos jihati ikkita
yirik iqtisodiy inqiroz ro’y bergan, ishbilarmonlik faoliyati pasaygan, talab
toraygan, foyda me’yori kamaygan sharoitlarda yirik korporatsiyalar aynan
lizinga murojaat qildilar. Bu esa, ayni paytda, lizing korxonalarining faoliyat
taktikasini belgilab berdi, ya’ni ular uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
ijaraga berish hajmlarini ko’paytirish imkoniyati paydo bo’ldi.
O’tgan asrning 80-yillarning boshida, g’arb iqtisodchilarining
ma’lumotlariga ko’ra, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida lizing
kompaniyalari tashkil qilingan bo’lib, ular chet ellardagi 150 ta filiallari orqali
rivojlanayotgan mamlakatlarda operatsiyalarni amalga oshirish bilan
shug’ullangan. Korxonalar sonining bunday ortishi lizing tadbirkorligi
rivojlanishidagi eng muhim o’zgarishni yorqin ifodalaydi. Aytib o’tilgan
fikrlarni umumlashtirib, lizingning rivojlanishiga va uning iqtisodiyotdagi
o’rniga eng katta ta’sir ko’rsatgan quyidagi bir qator asosiy omillarni sanab
o’tish mumkin:
- soliq-amortizatsiya imtiyozlari;
- fan-texnika taraqqiyoti;
- lizing yordamida moliyalashtirish samarali ekanligining tan olinishi;
- lizingning sotuv funksiyasi;
- lizing bilan bog’liq xizmatlar to’plamining kengligi.
Biz lizing sohasidagi tadbirkorlik bosqichlarini ko’rib o’tishni
boshlaganimizda lizing kompaniyalari sonining ko’payib borish tendensiyasi
mavjudligini ko’rsatib o’tgan edik. Barcha mamlakatlarning tajribasidan kelib
chiqqan holda shuni aytish mumkinki, lizing korxonalarining faoliyat jarayoni
turlicha bo’lib, ko’pgina omillarga va avvalo raqobatbardoshlikka bog’liqdir.
Raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omillari narx va sifatdir.
14
Odatda, bitimning «narxi» asosiy omil hisoblanadi. Lizing beruvchi uchun
«narx» daromaddor koeffitsiyenti, shu jumladan ijara muddati, mulkning qoldiq
qiymati, soliq rejimi, risk darajasi, bo’nak to’lovlarining mavjudligi,
tomonlarning huquq va majburiyatlari bilan bog’liq. Lizing oluvchi uchun esa
ko’pincha lizing bilan bog’liq xarajatlar miqdori, shu jumladan lizing bitimining
foizi yoki xalqaro bozordagi valyuta kurslarining o’zgarishi narx ko’rsatkichi
hisoblanadi.
Quyidagi 1.1.2-chizmada lizingning rivojlanish bosqichlarini ko’rishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |