Tuzilmaviy rejasiga ko’ra dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa
va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iborat.
7
I-BOB. LIZING IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNI
RIVOJLANTIRISHDAGI O`RNI VA METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Lizing munosabatlari, uning mohiyati va rivojlanish
bosqichlari
Iqtisodiy adabiyotlarda bir qator mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi
olimlar tomonidan lizing tushunchasiga yetarlicha ta’rif berilgan. Rivojlangan
davlatlarda lizing amaliyoti oqilona tashkil qilinib u uzoq yillik tajribaga ega.
Hozirgi kunga qadar lizing tushunchasining mazmuniga berilgan turlicha
ta’riflar mavjuddir. Umuman olganda eng birinchi, lizing mohiyatini aks
ettiruvchi iqtisodiy qarashlar hattoki, Aristotelning “Ritorika” asarida ham
keltirilgan bo’lib, unda ijara yordamida olinadigan iqtisodiy samaradorlik
to’g’risida fikrlar keltirilgan.
Qadimgi Rimda harbiy texnikani ijaraga olish huquqidan keladigan
daromadlar to’g’risida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Tarixchilarning
ma’lumotiga ko’ra, lizing kelishuvlari haqida birinchi bor 1066- yillardagi
tarixiy asarlarda ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko’ra, Vilgelm Britaniya
orollarini egallash uchun Normandiyaliklardan kemalarni lizinga olganlar.
Avvalo, “lizing” so’zining ma’nosiga e’tibor qaratishni lozim topdik.
"Lizing" atamasi inglizcha "to lease" so’zidan olingan bo’lib, "ijaraga olish"
degan ma’noni bildiradi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida lizinga quyidagicha ta’rif
berilgan:
«Lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf
lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig’iga binoan sotuvchi
uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida
kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa, buning uchun lizing beruvchiga
lizing to’lovlarini to’lash majburiyatini oladi»
2
.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida 70-yillarning o’rtalarida va
2
Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик кодекси.-Тошкент.: Адолат, 2003. - Б. 477.
8
80-yillarning boshlariga kelib iqtisodiyotning turli tarmoqlarida lizing
operatsiyalarining jadal rivojlanishi hisobiga uning tuzilmasida jiddiy
o’zgarishlar yuz berdi. Bu mamlakatlarda lizing qisqa vaqt ichida iqtisodiy
faoliyatning muhim vositalaridan biriga aylandi. O’z xizmatlarini taklif
etayotgan yangidan yangi kompaniyalar paydo bo’la boshladi, lizing
shartnomalari shartlaridagi o’zgarishlar tufayli esa investitsiya vositalarini sotib
olishning g’oyatda turli-tuman variantlari vujudga keldi. Lizingning yuksak
iqtisodiy samaradorligi va investitsiya vositasi sifatida g’oyatda sharoitlarga
moslashuvchanligi iqtisodiyotda keng ommalashishiga imkon berdi.
Lizingning bu darajada keng yoyilishi va uning bozor iqtisodiyoti
tuzilmasidagi o’rnini izohlash uchun (buning o’z obyektiv sabablari bor)
quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ta’kidlab o’tish lozim:
lizing - moliyalashtirishning g’oyatda qadimiy shakli bo’lib, o’z
taraqqiyoti davomida bir necha bosqichlarni bosib o’tgan va shu yo’l bilan
o’zining ahamiyatini, xo’jalik yuritishning turli bozor tizimlariga moslasha
olishini isbotlagan.
Bizning fikrimizcha, lizing biznesining asosiy bosqichlari va ularning
iqtisodiy shart-sharoitlarini quyidagicha tasvirlash mumkin (1.1.1-jadval)
|