Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

Tadqiqot ishining obyekti. «O’zqishloqxo`jalikmashlizing” ALK 
tomonidan texnikalarni lizinga berish jarayonlari izlanish obyekti bo’lib 
hisoblanadi. 
Tadqiqot predmeti. Qishloq xo’jaligi sohasida texnikalarni lizinga 
berish jarayonlarining tashkiliy-huquqiy asoslari va iqtisodiy-moliyaviy 
munosabalar tadqiqot ishining predmeti sifatida maydonga chiqadi. 
Tadqiqot obyekti va predmetini tadqiq 
etishda 
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing” ALK hamda Tijorat banklari misolida mavzu 
tahlili amalga oshirildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Qishloq xo’jaligi sohasida texnikalarni 
lizingga berish jarayonlari kompleks tadqiq etilganligi va mazkur
jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar 
tizimi ishlab chiqilganligi tadqiqot ishining asosiy ilmiy yangiligi bo’lib 
hisoblanadi. Ishning ilmiy yangiligi yanada aniqroq tarzda quyidagilarda 
namoyon bo’ladi: 
- lizing munosabatlarini ijtimoiy ishlab chiqarishdagi o`rni va roli tahlil 
qilindi va ahamiyati ko`rsatildi; 
- O’zbekiston Respublikasida lizing munosabatlarining huquqiy asoslari 
o’rganildi, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tizimli tarzda, o’zaro 
bog’liqlikda yoritildi
- lizing operatsiyalarining turlari o’rganildi va ularning o’ziga xos 



jihatlari va xususiyatlari aniqlandi; 
- Qishloq xo’jaligida texnikalarni lizingga berish amaliyoti tahlil etilib 
lizing operatsiyalari jarayonida mavjud muammolar aniqlandi va ularni hal 
qilish yuzasidan takliflar tizimi ishlab chiqildi
-O’zbekistonda lizing munosabatlarini rivojlantirish va 
takomillashtirish maqsadida xorij tajribasi o’rganildi. 
- O’zbekistonda lizing xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari o’rganildi. 
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotda shakllantirilgan ilmiy va 
amaliy xususiyatdagi mulohazalar, taklif hamda tavsiyalar tijorat banklari va 
lizing kompaniyalar tomonidan lizinga tegishli yo’riqnoma, maxsus 
ko’rsatmalar ishlab chiqish va amaliyotda foydalanish uchun uslubiy, ilmiy 
manba sifatida qo’llanishi mumkin. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin