1.1.2-rasm
Lizingning rivojlanish bosqichlari
Demak, 1.1.2-chizmaga ko’ra, jahon xo’jaligida dastlabki ijara
munosabatlari tosh asrida vujudga kelgan bo’lib, unda mulk qisqa muddatga
mulkdorga qaytarish sharti bilan ijaraga berilgan.
Lizing oluvchining aktivlarini ma’lum vaqt davomida foydalanishi va
lizing obyektini qaytarib berishga qiziqmasligi, lizing obyekti qiymatining to’liq
to’lanishi va to’lov grafigining tuzilishi natijasida moliyaviy lizing
munosabatlari shakllandi.
Lizingning rivojlanishi
Ijara
munosabatla
ri
Moliyaviy
lizing
Kreativ
moiyaviy
lizing
Operatsion
lizing
Yangi
mahsulot
Tosh asridan
hozirgi
kungacha
shakllangan
ijara
munosabatla
ri
Lizing
oluvchining
muddat
ichida lizing
obyektidan
foydalanishi
Raqobat
muhiti-
ning jadal-
lashuvi
asosida
shakllangan
Lizing
obyektining
ikkilamchi
bozorining
vujudga
kelishi
Lizingga
innovatsiya
kiritish
asosida
vujudga
keladi
15
Moliyaviy lizing esa faol raqobat muhiti shakllangan, shartnoma
shartlariga alohida yondashuv, mijoz biznesining yo`nalishini hisobga olib
bitimlar tuzilishi, yirik lizing kompaniyalari va mutaxassislashgan lizing
beruvchilarning paydo bo’lishi, innovatsion faoliyat sifatida lizingning davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bilan vujudga keldi.
Texnologiyalarning tez rivoji, lizing obyektining ikkilamchi bozorining
paydo bo’lishi, lizing oluvchilarning talablari va ular moliyaviy ahvolining
o’sishi natijasida operatsion lizing paydo bo’ldi. Lizingga innovatsiyalar kiritish
natijasida yangi maxsulotlar yuzaga kelmoqda. Bularga, sintetik lizing, venchur
lizing dasturlari va lizingning boshqa turlarini kiritishimiz mumkin.
1988-yilda Kanada poytaxti Ottava shahrida qabul qilingan Xalqaro
moliyaviy lizing to’g’risidagi konvensiyada (UNIDRUA) lizingga shunday ta’rif
berilgan: «Lizing bu shunday bitimki, unda bir tomon (lizing beruvchi), boshqa
tomonning (lizingga oluvchi) topshirig’iga ko’ra uchinchi tomon bilan (ishlab
chiqaruvchi) tovarni yetkazib berish to’g’risidagi bitimga kelishadi, ushbu bitim
shartlari bo’yicha lizinga beruvchi mashinalar, ishlab chiqarish vositalari yoki
boshqa uskunalarni lizingga oluvchi shartlari asosida sotib oladi va lizinga
oluvchi bilan unga uskunalardan foydalanish huquqini lizing to’lovlarini
to’lashga almashtirish asosida berishga asoslangan bitimga kirishadi»
3
.
Iqtisodchi olimlar I.Bernar va J.Kolli lizingni kreditning bir turi sifatida
e’tirof etishib, ular lizingni ko’char va ko’chmas mulklarni ijarachiga sotish
imkoniyatini beradigan va uni ijaraga olish shartnomasini ko’zda tutadigan
professional kreditning bir turi sifatida talqin qilishgan
4
.
Rossiyalik taniqli bankir A.V.Murichev o’zining ilmiy maqolalarida lizing
operatsiyalarini banklar tomonidan kreditlashni rivojlantirish masalasini tadqiq
qilgan hamda qator ilmiy xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqqan.
A.Murichevning fikriga ko’ra, lizing kompaniyalari faoliyatini
moliyalashtirishning dolzarb muammolaridan biri lizing kompaniyalari
3
Eckstein W. Zur Unidroit-Konvention ueber das intemationale Finanzierung-leasing - FLF, 1992, Heft 2. - P. 56.
4
Бернар И., Колли Ж.-K. Толковый экономический и финансовый словарь. Французская, русская, английская,
немецкая, испанская терминология: в 2-х тт. - T.I: Пер. с фр. - М.: Международные отношения, 1994. - С. 507.
16
tomonidan bank kreditlariga bo’lgan ehtiyojni tijorat banklari tomonidan
qondirilmayotganligi hisoblanadi. A.Murichev o’z fikrini davom ettirar ekan,
banklarning lizing kompaniyalarini kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondira
olmayotganligining ikki sababini ajratib ko’rsatadi:
- Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bitta mijozni kreditlash
bo’yicha cheklovning mavjudligi;
- banklarda lizing kompaniyalari moliyaviy holatini baholashning maxsus
metodikasini mavjud emasligi
5
.
A.Murichevning banklarda lizing kompaniyalarining to’lovga qobilligini
baholashning maxsus metodikasini mavjud emasligi to’g’risidagi fikri o’rinlidir.
Bu esa, lizing kreditlari riski darajasini pasaytirishda muhim o’rin tutadi.
2008-yilda jahon xo’jaligida yuz bergan va hozirgacha davom etayotgan
jahon moliyaviy iqtisodiy - inqirozining lizing operatsiyalari rivojiga salbiy
ta’siri masalasi bir qator taniqli iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida o’z
ifodasini topdi.
Masalan, V.Kashkin ushbu global moliyaviy inqirozning lizing
operatsiyalariga ta’sirini qo’yidagicha baholagan:
- inqiroz ta’sirida jahonning 70 foizga yaqin lizing kompaniyalarining
yangi bitimlar imzolashi to’xtatildi;
- lizing obyektlari soni kamaydi;
- lizing bozorida foiz stavkalarining darajasini sezilarli darajada oshishi
yuz berdi
- bitimlari muddatining qisqarishi yuz berdi. Agar inqirozga qadar lizing
bitimlarining o’rtacha muddati 10 yilni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilda bu
muddat 3 yilni tashkil qildi
6
.
Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi Rossiya lizing bozorining rivojlanish
sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirdi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa,
lizing kompaniyalari juda uzoq yillik rivojlanish tarixiga ega. Ushbu rivojlanish
5
Мурычев А.В. О развитии банковского
кредитования лизинговых
операций. // Деньги и кредит. - Москва, 2008. -
№6. - С. 66-67.
6
Кашкин B.B. О рынке лизинга в условиях кризиса // Деньги и кредит. - Москва, 2009. - №8. - С. 39.
17
jarayonida ular mustahkam resurs bazasiga va boy tajribaga ega bo’lishdi. Shu
sababli, ularning xalqaro lizing bozorlaridagi mavqei juda yuqoridir.
Rossiyalik iqtisodchi olim V.G.Shibakovning fikriga ko’ra, lizing
kompaniyalari faoliyatida risklarning darajalarini aniqlash va ularning yo’l
qo’yish mumkin bo’lgan chegaraviy darajalarini belgilash zarur
7
. Natijada, risk
darajasini pasaytirishga erishish mumkin.
Yana bir rossiyalik iqtisodchi olim P.Piskun lizing operatsiyalarini amalga
oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif qiladi:
1. Lizing obyektlarini import qilishda qo’shilgan qiymat solig’ini lizing
to’lovlari summasidan chegirib tashlash lozim.
2. Lizing obyektini eksport qilishda rezidentlar tomonidan mamlakatdan
tashqariga olib chiqib ketilayotgan lizing obyektlariga nisbatan nollik qo’shilgan
qiymat solig’i stavkasini qo’llash zarur
8
.
P.Piskun qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha ushbu muammoni hal qilish
yo’llarini taklif qilgan. Bu juda muhim, chunki qo’shilgan qiymat solig’i boj
to’lovlari darajasini belgilovchi asosiy to’lov turi hisoblanadi. Shu sababli,
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishning saqlanib
qolishi lizing obyektlari bahosining yuqori bo’lishiga olib keladi. Bu esa, o’z
navbatida, lizing obyektlarining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vaxobov o’zining ilmiy
izlanishlarida kichik biznes subyektlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy
qo’llab- quvvatlash va tijorat banklari tomonidan sarmoyaviy kreditlashni
takomillashtirish masalalarining tahlilida lizingni mohiyatini tadqiq qilgan.
A.Vaxobovning fikriga ko’ra, «kichik biznes subyektlariga qishloq
joylarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan ishlab
chiqarish korxonalari va firmalarini tashkil etish maqsadiga banklar tomonidan
berilgan investitsion kreditlarning foiz stavkalarini O’zbekiston Respublikasi
7
Шибаков В.Г. Оценка и формирование профиля рисков деятельности лизинговой компании. // Управление риском.
-
Москва, 2008. -№2. - С. 17-27.
8
Пискун П.Н. Международный лизинг в России - проблемы и перспективы. // Банковское дело. - Москва,
2008. -
№6. - С.51-54.
18
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan bonifikatsiya qilishni
joriy qilish lozim»
9
.
Kichik biznes subyektlariga banklar va lizing kompaniyalari tomonidan
berilayotgan lizing kreditlarining foiz stavkalari yuqori darajasida
A.Vaxobovning fikrini amaliyotga tadbiq etish muhimdir.
Yana bir mahalliy olim D.G’.G’ozibekov, lizing munosabatlariga
quyidagicha ta’rif beradi: «Lizing munosabati o’zida murakkab bir-biri bilan jips
bog’liq, o’zaro aloqador va o’zaro uyg’un tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik
va o’rta biznes korxonalari vujudga kelishiga ko’maklashuvchi iqtisodiy
munosabatlar tizimini aks ettiradi»
10
.
D.G’.G’ozibekov lizing va kredit munosabatlari o’rtasida uzviy
aloqadorlikning mavjudligini e’tirof etadi va har ikkala kategoriyaning
taqsimlash funksiyasiga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. «Lizing alohida
turdagi mulkiy va huquqiy munosabatlar majmuasini vujudga keltiradigan
alohida kredit va ijara munosabatlari vositasida kapitalning pul va buyum
shaklida taqsimlanishi sohasidagi iqtisodiy munosabatlar yig’indisidan iborat.
Lizing milliy iqtisodiyot va millatlararo iqtisodiyotlar doirasidagi ijara
vositasida moliyaviy resurslarni makon va zamonda taqsimlash va qayta
taqsimlashdagi mulkiy munosabatlar majmuasidir»
11
.
D.G’ozibekovning kredit va lizingning mustaqil iqtisodiy kategoriya
sifatida taqsimlash funksiyasiga ega ekanligi ilmiy - amaliy ahamiyatga ega
bo’lgan xulosadir. Chunki, birinchidan, lizingda ham, kreditda ham obyekt
uning egasidan uni vaqtinchalik tasarruf etuvchi foydasiga qaytarib berishlik,
muddatlilik, foiz to’lashlilik asosida beriladi; ikkinchidan, lizingda ham,
kreditda ham to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik muammosi mavjud. Bu
esa, o’z navbatida, lizing kompaniyasi va lizingga beruvchi bank tomonidan
9
Вахабов A.B. Қишлоқ аҳолиси турмуш даражасини оширишда банк тизимининг ўрни. //Қишлоқ
тараққиёти ва аҳоли турмуш даражасини оширишда банк - молия тизимининг ўрни.мавзусидаги Халқаро
илмий - амалий конференция материаллари. - Тошкент, Молия, 2009. - Б. 22.
10
Ғозибеков Д.Ғ, Собиров О.Ш., Мўминов А.Г., Қулжонов O.M, Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. -
Тошкент.: «Fan va texnologiya», 2004. - Б. 43.
11
Ғозибеков Д.Ғ, Собиров О.Ш., Мўминов А.Г., Қулжонов O.M, Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. -
Тошкент.: «Fan va texnologiya», 2004. - Б. 47.
19
ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasini tashkil qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan yana biri S.S.Ismaylova o’zining
«O’zbekiston agrosanoat majmuasida lizing faoliyatini rivojlantirishning
iqtisodiy asoslari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida, lizing faoliyati
tashkiliy - iqtisodiy mexanizmiga xos bo’lgan quyidagi kamchiliklarning
mavjudligini qayd etgan:
- lizing oluvchi tomonidan lizing obyektining kamida 40 foizlik qiymatini
oldindan to’lab berilmayotganligi;
- lizing beruvchining daromadi (marjasi) foiz darajasi miqdori
chegaralanmagan, ya’ni lizing marjasi bozordagi vaziyatdan kelib chiqib
belgilanadi, bu esa lizing oluvchi uchun qulay shart emas;
- moliyaviy manbalarning chegaralanganligi natijasida lizing hajmini talab
darajasida oshirish imkoniyati yo’q;
- inflyatsiya darajasiga qarab texnika narxi yoki lizing shartnomasi
umumiy summasining diskontlanmasligi natijasida lizing beruvchi sarf qilgan
mablag’lar qadri (to’lovlilik qobiliyati)ning pasayishi
12
.
S.Ismaylova lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti qiymatining 40
foizini oldindan to’lab berishni taklif qiladi, lekin lizing obyekti qiymatining 25
foizini oldindan to’lab berish tartibi joriy qilingan. Bu ko’rsatkich hamma
tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
O.Sabirov o’zining nomzodlik dissertatsiyasida lizingga beruvchilarning
nafaqat o’z mablag’lari hisobidan, balki jalb qilingan va kredit resurslari
hisobidan lizing xizmatlari ko’rsatishi mumkinligini qonun hujjatlarida belgilab
qo’yishni taklif qiladi. O.Sabirovning lizing bitimlarini qo’shilgan qiymat
solig’idan ozod qilish to’g’risidagi taklifini muhim amaliy ahamiyatga ega
13
.
Fuqarolik kodeksi va «Lizing to’g’risida»gi qonunda lizing
tushunchasining mohiyati bir xil talqin etilishi lozim. Bundan tashqari, lizing
12
Исмайлова С.С. Ўзбекистон агросаноат мажмуасида лизинг фаолиятини ривожлантиришнинг иқтисодий асослари.
И.ф.н. илм.дар.олиш учун диссертация. - Тошкент: БМА, 2009. - Б. 102 - 103.
13
Сабиров О.Ш. Современное состояние лизинговых отнашений в Республике Узбекистан и основные
направления их дальнейшего совершенствования. Дисс.на соиск. уч. ст.к.э.н - Ташкент; БФА, 2001. - С.
127.
20
tushunchasiga ta’rif berilayotganda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish lozim:
- lizingni uzoq muddatli moliyaviy ijara sifatida alohida qayd etish;
- lizing shartnomalarini 12 oydan ortiq muddatga tuzishning majburiy
shart ekanligi;
- lizing munosabatlarini uch subyekt o’rtasida yuzaga kelishi, ammo,
lizing munosabatlarini ikki subyekt o’rtasida ham yuzaga kelishi mumkinligi
e’tirof etilishi lozim;
- lizingda lizing obyektini haq evaziga vaqtinchalik foydalanish shartining
mavjud bo’lishi.
Chunonchi, ingliz lizing uyushmasi (Yenglish Leasing Association -
YeLA) moliyaviy lizinga beruvchi majburiy bekor qilinmaydigan davr
mobaynida kapitalni amortizatsiya qilgan va foyda olgan holda to’lovlar olish
bo’yicha shartnoma deb belgilaydi.
14
Demak, bir tomondan, lizing qaytarish sharti bilan lizingga beruvchi
tomonidan asosiy kapitalga qo’yilmalarni, ya’ni lizingga beruvchi, mulkdor
bo’lgan holda, asosiy vositalarning elementlarini muayyan davrga taqdim etadi
va lizing shartnomasi bilan belgilangan muddatda ularni (yoki amortizatsiya
to’lovlari ko’rinishida ularning pul ekvivalentini) qaytarib oladi. O’z xizmati
evaziga u haq, ya’ni lizing obyektlaridan foydalanganlik uchun to’lov oladi.
Shunday qilib, lizingda muddatlilik, qaytarishlilik va to’lovlilik tamoyillari
amalga oshirilishi ta’minlanadi. Bu tashqi ko’rinishda qarz munosabatlariga mos
va o’z mohiyati bo’yicha qarz kelishuvining mohiyatini saqlab qoladi.
Boshqa tomondan, lizinga beruvchi kreditor va lizinga oluvchi-qarz
oluvchi kapital bilan pul shaklida emas, balki ishlab chiqarish shaklida
muomalada bo’lishi munosabati bilan lizing tashqaridan qaraganda shakli
bo’yicha ko’chmas mol-mulkka investitsiyalarga o’xshab ketadi. Bunda lizing
bo’yicha kapitalning ishlab chiqarish shaklida ifodalanishi hozirgi kunda
tushinilishi va amalga qo’llanilishi tub ma’noda eski mohiyatini o’zgartiradi va
unga ko’p jihatdan yangi mazmun kasb etadi. Ushbu ma’noda lizing innovatsiya
14
www. eej-net. org. uk/reg _ ADR / Fin_ Lease / fin_ lease. Html.
21
hisoblanadi, shuning uchun o’zining iqtisodiy mazmunida kapitalning harakat
shakli bo’yicha investitsiya mexanizmining bo’g’ini sifatida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, agar lizingga mol – mulkni muddatlilik, qaytarishlilik va
to’lovlilik sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga berish sifatida qaralgan
taqdirda, uni asosiy fondlarga maqsadli kredit kabi turkumlash mumkin. Bundan
tashqari, munosabatlarning moliyaviy tomonidan kelib chiqib, bir tomondan
lizing an’anaviy bank kreditiga muqobil, mashinalar va uskunalar sotib olishni
moliyalashtiruvchi yangi (innovatsiya) shakllaridan biri kabi qaraladi, chunki
mulkdor mol-mulkni to’liq qiymati bo’yicha sotib olar ekan, uni ushbu mol-
mulkdan foydalanuvchilarning davriy badallari hisobiga qoplaydi. Shuning
uchun lizing iqtisodiy ma’noda lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchi
foydalanish uchun mol-mulk shaklida taqdim etiladigan innovatsiya krediti yoki,
keng ma’noda, innovatsiya investitsiyalarining turi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |