42
II-BOB. “O‘ZQISHLOQXO`JALIKMASHLIZING”
ALK KOMPANIYASINING MOLIYAVIY-IQTISODIY HOLATI
VA UNING TAHLILI
2.1.O‘zbekistonda lizing kompaniyalarning boshqaruv tizimining
hozirgi holati
Boshqaruv tizimining samarali tashkil etilishi, uning insonparvarlik,
iqtisodiy va oqilona usul bilan tashkil etilishi, pirovardida inson manfaatlari
yotganligi, davlat siyosatining boshqaruviga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk
davlat paydo bo’lishi bilan yakunlanadi.
Hayotni tebratish, iqtisodiyotni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish - bu
davlat, viloyat, shahar, tuman, qolaversa, oddiy xo‘jalik bo‘ladimi - avvalo,
shu hududlar hamda xo‘jaliklarni boshqaradigan rahbar va mutaxassislarning
aql- zakovati, bilimi va tajribasi, shijoat va qat’iyatiga bog‘liq ekanini bugungi
kunda isbotlab berishning hojati yo‘q.
15
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`lab, shu bilan birga
boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini
hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun
mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan
bog`liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish
samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat
turidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat
qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli
umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam
ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Shu o’rinda
15
Karimov I.A. Odamlar tashvish bilan yashash –oliy burch. //Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.
Т.
10. –
Т.: “O’zbekiston”, 2002.
43
mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy
islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat,
avvalo
sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar
yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan
kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini
oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edi.
Hozirgi kunda Respublikada lizing faoliyatini boshqarishda yirik qishloq
xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari tomonidan, shu jumladan, yetakchi
xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan traktorlar va o‘rim-yig‘im
texnikasi fermer xo‘jaliklariga, mashina-traktor parklariga hamda
"O‘zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qishloq xo‘jaligiga
xizmat ko‘rsatuvchi "Qishloq xo‘jalik kimyo" hududiy aksiyadorlik
birlashmalariga ya’ni lizing oluvchilarga texnika va texnologiyani
berishda”O’zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasining
salmog’i yuqori pog’onalarni egallamoqda. Kompaniya moliyaviy barqaror
fermer xo’jaliklariga joriy yildan boshlab quyidagi shartlar asosida lizing
obyektlarini yetkazib beradi:
- zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans
sifatida lizing oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi;
- zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 80 foizi
«O‘zqishloqxo`jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan unga O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini texnika bilan
ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi qarz asosida
beradigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladi.
Bugungi
kunda “O`zqishloqxo`jalikmashlizing”
aksiyadorlik
kompaniyasi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida, xususan, fermer
xo‘jaliklarini kerakli agregatlar bilan ta’minlashda e’tirofga loyiq ishlarni
amalga oshirmoqda. “O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing
kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30
oktyabr 486-sonli “O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing
44
kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va ta’sischilar tomonidan
1999-yil 26-noyabrda imzolangan ta’sis shartnomasiga muvofiq tashkil etildi.
Kompaniya asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta hududiy
viloyat filiallaridan tarkib topgan. Kompaniya tizimida jami 190 nafarga
yaqin oliy toifali mutaxassislar mehnat qilib kelmoqda. Shulardan: 6 nafari
fan nomzodlari, 7 nafari O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat va
qurilish akademiyasini tugallagan mutaxassislar hisoblanadilar.
«O‘zqishloqxo`jalikmashlizing» ALK kompaniyasi boshqaruv organlari
bo‘lib, quyidagilar xisoblanadi:
-Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi;
-Kuzatuv kengashi;
-Jamiyat boshqaruvi hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv
organidir. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini jamiyat kuzatuv
kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, jamiyat
kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin
olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy
yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini saylash
to‘g‘risidagi, jamiyatning boshqaruv raisi, boshqaruv a’zolari, ishonchli
boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta
tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining “ aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 59-moddasi birinchi
qismini o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilariga muvofiq jamiyatning yillik
hisoboti va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan
umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilishlardir.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi,
45
yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi,
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida
aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning)
ro‘yxati
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning kuzatuv kengashi tomonidan
quyidagilar belgilanadi:
- jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning
yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- jamiyatni qayta tashkil etish;
- jamiyatni tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va
yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining
son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini
muddatidan ilgari tugatish;
- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
- o‘z aksiyalarini olish;
- jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, uning boshqaruv raisini
saylash va boshqaruv raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini saylash va ularning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovozga qo‘yilgan masalalar
bo‘yicha quyidagilar ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi:
- jamiyatning oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar;
- qonunda va ushbu ustavda nazarda tutilgan hollarda jamiyatning
imtiyozli aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar. Quyidagi masalalar bo‘yicha
qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan
aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik)
ovozi bilan qabul qilinadi:
46
- jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning
yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- jamiyatni qayta tashkil etish;
- jamiyatni tugatish, tugatuvchini tayinlash hamda oraliq va yakuniy
tugatish balanslarini tasdiqlash;
- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining o‘z vakolat
doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga
doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan
jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining
xulosalarini eshitish;
- yirik bitim tuzish masalasi bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashining
yakdilligiga erishilmagan taqdirda, yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masalani
kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra ko‘rib chiqish;
- balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror qabul
qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortig‘ini
tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilmagan masalalar
bo‘yicha qaror qabul qilishga, shuningdek kun tartibiga o‘zgartishlar kiritishga
haqli emas. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan
masalalar hal qilish uchun jamiyatning kuzatuv kengashiga berilishi mumkin
emas, amaldagi qonunchilikka muvofiq jamiyat ustaviga uning ustav fondini
ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi
masalalarni hal etish bundan mustasno.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasining
kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
qonun va ushbu ustav bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat
doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno. Aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga
47
ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to‘lanishi va (yoki) kuzatuv
kengashining a’zosi vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarining o‘rni
qoplanishi mumkin. Bunday haq va to‘lovlarning miqdorlari aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:
- jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
- aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlarini
chaqirish, bundan O‘zbekiston Respublikasining “aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni
65-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joyni
belgilash;
- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar qilish
uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasini belgilash;
- jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning
yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash masalasini aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi hal qilishi uchun kiritish;
- mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;
- jamiyatning boshqaruv a’zolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash),
ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash, bunda, jamiyatning
kelgusi yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida
joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim;
- ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash,
shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
- jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan
erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan
48
vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat
kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat
maqsadlarida foydalanishi mumkin;
- jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan haq va
kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
- dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
- jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
- jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
- jamiyatning sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 8- 9-
boblarida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;
- jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog‘liq
bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
- jamiyatning koorporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish, shuningdek jamiyat ustaviga
jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish;
- aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va
uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;
- jamiyat tomonidan koorporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga
ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
- jamiyatning koorporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
- ijroiya organ (boshqaruv)ga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning
49
miqdorlarini belgilash;
- jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga O‘zbekiston
Respublikasining “ Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va ushbu ustavga muvofiq boshqa
masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning kuzatuv kengashining majlisi
kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan, kuzatuv
kengashining a’zosi, taftish komissiyasi yoki auditorning, jamiyat
boshqaruvining, hamda jamiyatning eng kamida 10 (o‘n) foiz aksiyasiga ega
bo‘lgan aksiyador(aksiyadorlar)ning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat
kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o‘tkazish tartibi
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning kuzatuv kengashi to‘g‘risida
nizomda belgilab qo‘yiladi.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning kundalik faoliyatiga rahbarlik 5
kishidan iborat kollegial ijroiya organ – boshqaruv tomonidan amalga
oshiriladi. Boshqaruv a’zolari jamiyat boshqaruv raisi tomonidan tavsiya
etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish asosida jamiyat kuzatuv kengashining
oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladigan qaroriga muvofiq tayinlanadi.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning boshqaruvining vakolatlariga
jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar
kiradi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki kuzatuv kengashining mutlaq
vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning boshqaruvi raisining
vazifalari:
-Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning
manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali va
shuba korxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha
xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar
beradi;
50
-Boshqaruv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, jamiyatga
topshirilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javob beradi, boshqaruv
raisining o‘rinbosari, boshqaruv a’zolari va ijroiya apparatning boshqa tarkibiy
bo‘linmalari rahbarlari o‘rtasida xizmat vazifalarini taqsimlaydi;
-Amaldagi qonunchilik va ushbu ustav me’yorlariga muvofiq jamiyat
vakolatiga kirgan masalalar bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa
me’yoriy hujjatlarni imzolaydi;
-Amaldagi qonunchilik va ushbu ustav me’yorlariga muvofiq jamiyat
mol- mulki va mablag‘larini tasarruf etadi. O‘zbekiston Respublikasi va undan
tashqarida jamiyat nomidan ish yuritadi, yuridik va jismoniy (shu jumladan
xorijiy) shaxslar bilan jamiyat nomidan shartnomalar va boshqa bitimlar
tuzadi.
Jamiyatning taftish komissiyasi moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish
uchun ushbu ustavga muvofiq, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan
aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan aksiyadorlar ichidan, 1 yil muddatga 3
kishidan iborat taftish komissiyasi saylanadi.
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari amaldagi qonunchilik va
ushbu ustav me’yorlariga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligini yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan
butlashni rag‘batlantirish, soha mashinasozlik zavodlari va qo‘shma
korxonalarini yanada rivojlantirish uchun
zarur shart-sharoitlarni
shakllantirish, qishloqqa yetkazib berilayotgan traktorlar va o‘rim-yig‘im
texnikasi hajmlarini oshirish hamda ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi
"Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida"gi P1 424-sonli qarorining qabul qilinishi ayni
muddao bo‘ldi.
Darhaqiqat, mazkur hujjatga asosan vazirlik maqomidagi
«O‘zqishloqxo`jalikmashlizing» kompaniyasi tashkil etildi, uning tuzilmasi
tasdiqlandi, eng muhimi, 2014-2015-yillar mobaynida, tajriba tariqasida
51
"O‘zqishloqmashxolding" kompaniyasi zavodlari va qo‘shma korxonlari
tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarini (birinchi
navbatda traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini) mashina-traktor parklariga,
qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar)ga va fermer xo‘jaliklariga 7 yil
muddatga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy
mexanizmlari aniq va ravshan belgilab qo‘yildi.
Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini foydalanuvchilar
tomonidan lizing orqali xarid qilinishi o‘z qulayligi va maqbulligini
ko‘rsatmoqda. Bu, hukumatimiz tomonidan lizing sohasida yaratilgan
imtiyozlari natijasidir. Hukumatning 2000-yil 2 noyabrdagi “Qishloqni lizing
shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari
hamda hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik jamiyatlari uchun
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” kompaniyasi xizmatidan foydalanishda bir
qator imtiyozli lizing shartlari belgilangan. Bu imtiyozlarga - lizing ob’ekti
qiymatining 15 foizini oldindan to‘lab berilishi, traktorlar va o‘rim-yig‘im
texnikalarining fermer xo‘jaliklariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda
Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga 10 yil muddatga, boshqa
viloyatlardagi mashina-traktor parklari va “Qishloqxo‘jalikkimyo”
aksiyadorlik jamiyatlariga 7 yil muddatga lizingga berilishi, lizing foizi yillik
miqdorining Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan
oshmasligi kerak.
Kompaniyaning asosiy mijozlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
- fermer xo‘jaliklari;
- mashina-traktor parklari;
-“Qishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyasining hududiy (viloyat va tuman)
bo‘linmalari;
-“Agrotexservis” korxonalari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalaridan
iboratdir.
52
Kompaniya tomonidan lizing operatsiyalari amalga oshirilishida quyidagi
lizing shartlari qo‘llaniladi:
1. Traktorlar va kombaynlar uchun:
-avans – texnika qiymatining 15 % miqdorida;
-lizing muddati – 10 yil;
-lizing daromadi foizi – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50
foizi miqdoridan oshmaydi.
2. Boshqa turdagi qishloq xo‘jalik texnikalari uchun:
-avans – texnika qiymatining 20-40 % miqdorida;
-lizing muddati – 3 yilgacha;
-lizing daromadi foizi lizing shartnomasi shartlari asosida belgilanadi.
Kompaniya respublika qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ining
mahalliy va qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan 38 turdagi qishloq
xo‘jalik texnikalarini qishloq xo‘jaligiga lizing asosida yetkazib bermoqda.
Kompaniya o‘z mijozlarining qishloq xo‘jalik texnikalariga bo‘lgan talablari
va ehtiyojlarini moliyalashtirish masalasini qulay usullar bilan yechish
maqsadida hamkorlikda ishlashga tayyor.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi yuridik
shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka,
shu jumladan o‘zining ustav fondiga berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga
oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi
mumkin.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini texnika bilan
ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘i
hisobidan lizingga beriladigan Texnikalar narxiga Vazirlar Mahkamasining
53
2012-yil 2 maydagi 126-sonli qaroriga asosan 8,14% chegirma qo‘llanilishi
belgilangan.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi faoliyat
sohasi (asosiy yo‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, qonun osti hujjatlari
va ushbu Ustavga asosan o‘ziga berilgan vakolat doirasida traktorlar,
kombaynlar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, avtotransport va mototransport
vositalarini, texnologik uskuna va jihozlarni, chorvachilik texnikalarini,
zootexnika va laboratoriya jihozlarini, mini-texnologiyalarni va boshqa
mexanizatsiya vositalarini lizing, shu jumladan qaytariladigan lizing shartlari
asosida tuzilgan shartnomalarga muvofiq lizing oluvchilarga yetkazib beradi.
Bunda, amaldagi qonunchilikda o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida lizing
ob’ektini lizingga berish shartlari va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari uchun
daromad foizi miqdori “O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing
kompaniyasi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi;
-Moddiy yoki nomoddiy aktiv ko‘rinishidagi ko‘char va ko‘chmas mulkni
sotib oladi, lizingga, shu jumladan qaytariladigan shakldagi lizingga beradi,
ijaraga beradi, almashtiradi yoki mazkur mulk bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
har qanday huquq va manfaatlarni amalga oshiradi;
-Boshqa yuridik shaxslarning aksiyalarini sotib olish yoki ularning
ustav fondiga ulush qo‘shish natijasida, mazkur yuridik shaxsning faoliyati
natijasidan kelib tushadigan dividendlarni tasarruf etadi;
-Amaldagi qonunchilik va “O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik
lizing kompaniyasi ustavda belgilangan vakolatlar doirasida yuridik va
jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda kontrakt (shartnoma) va bitimlar
tuzadi, qonun hujjatlarida man etilmagan va ushbu ustavda ko‘rsatilmagan
faoliyat turlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanadi,
O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida o‘ziga majburiyatlar
qabul qiladi;
-Lizing bozorida erkin ishtirok etadi, lizing oluvchilarning buyurtmasi
54
asosida hamda amaldagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq lizing ob’ekti deb
tan olinadigan har qanday mulkni lizingga beradi;
-Koorporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni muomalaga
chiqaradi, o‘ziga qabul qilgan har qanday majburiyatlarni ko‘chmas mulk yoki
majburiyatlarni ta’minlashning boshqacha usullari bilan ta’minlaydi;
-O‘z filiallari, vakolatxonalari, shuba korxonalari faoliyatini ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan hollarda kafillik berish bo‘yicha bitimlar tuzadi;
-O‘z maqsadlariga erishish uchun qarz va kredit mablag‘lari oladi va
olingan mablag‘larning qaytarilishini ta’minlash maqsadida ularni moddiy va
nomoddiy aktivlar ko‘rinishida ko‘char va ko‘chmas mulk sifatida sarmoya
qilib kiritadi;
-O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi;
-O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolarini amaldagi qonunchilikda
belgilangan tartiblarda ishga qabul qiladi, ularga oylik ish haqi miqdori va
to‘lov shaklini belgilaydi, rag‘batlantirish va imtiyozlar berish tartiblarini
ishlab chiqadi va qo‘llaydi;
-Jamiyatning faoliyat muddati cheklanmagan.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik
lizing kompaniyasi oddiy
aksiyalarni,
shuningdek
imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga
haqlidir.Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatdagi umumiy
miqdori Jamiyat ustav fondining 20 foizidan oshmasligi lozim.
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi ustav fondi
miqdori 50 000 000 600 (ellik milliard olti yuz) so‘m etib belgilanadi.
Aksiyalarning nominal qiymati 2200 (ikki ming ikki yuz) so‘m etib
belgilanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal
qiymati bir xildir”.
16
Lizing operatsiyalarda «O‘zqishloqxo`jalikmashlizing» kompaniyasi
(lizing beruvchi), TTP viloyat hududiy birlashmalari, muqobil mashina-traktor
16
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi 2014-yilgi Nizomi, 24.05.2014 y.
55
parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer xo‘jaliklari
(lizingga oluvchilar), qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari va qo‘shma
korxonalari (texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilar) bilan bir qatorda
Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlashni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, "Agrobank"
va
"O‘zagrosug‘urta" kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mazkur sub’ektlarning har biriga lizing operatsiyalari mohiyatidan kelib
chiqadigan quyidagi aniq vazifalar yuklatilgan:
- respublikada qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing siyosatini olib borish va
uni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;
- o‘zining mintaqaviy filiallari orqali ijarachilar (mashina-traktor parklari
hududiy birlashmasi, muqobil mashina-traktor parki, shirkat xo‘jaligi, fermer
xo‘jaligi) bilan lizing shartnomalarini tuzish;
- Moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘arma mablag‘lariga bo‘lgan
o‘z ehtiyojini aniqlash;
- jamg‘arma bilan moliyaviy resurslar ajratish, «Agrobank» bilan moliya
agenti vazifalarini, "O‘zagrosug‘urta" kompaniyasi bilan esa sug‘urta agenti
vazifalarini bajarish yuzasidan tegishli shartnomalarni tuzish;
- jamg‘armaning kafolat xatlari asosida zarur texnika vositalarini
ishlab chiqarish yuzasidan mashinasozlik korxonalariga buyurtmalar berish va
ularni yetkazib berishga doir shartnomalarni tuzish;
- ijarachilar tomonidan shartnomalarga ilova qilingan lizing to‘lovlari
jadvallari asosida bunday to‘lovlar o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
- «Agrobank»
dagi operatsiya hisob raqamidan mashinasozlij
korxonasiga navbatdagi chorak uchun joylashtirilgan buyurtma umumiy
hajminnng 30 %i miqdorida avans pulini to‘lash;
- ijarachilarga texnikani sug‘urta polisi mavjud bo‘lgandagina berish;
- texnika vositasini ijarachi tomonidan olib ketilgani tasdiqlangandan
keyin mashinasozlik korxonasiga qolgan 70 foiz mablag‘ni o‘tkazib, uzil-kesil
56
hisob- kitob qilish;
- ijarachilardan olingan summadan kompaniyaning xizmat haqlari undirib
qolingandan keyin qolgan qismini uch kun muddatda jamg‘armaning bankdagi
hisob raqamiga o‘tkazish;
- jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish, hisob-kitoblar
tartibiga qatiy rioya etish.
Moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘armaga:
- ishlab chiqariladigan texnikaga haq to‘lash uchun zarur bo‘lgan
resurslarni shakllantirish va ularning manbalarini aniqlash ;
- lizing kompaniyasiga ajratilgan moliyaviy resurslar hajmi uchun kafolat
xatlarini berish;
- mablag‘ni lizing kompaniyasiga 7 yil muddatga ssuda sifatida taqdim
etish;
- lizing kompaniyasining "Agrobank"dagi operatsiya hisob raqamiga
zarur pul mablag‘larini o‘tkazish;
- mablag‘larni jamg‘armaga qaytarish muddatlari buzilgan taqdirda lizing
kompaniyasiga jarima to‘lovlari (penya) hisoblash;
- jamg‘arma tomonidan lizing kompaniyasiga ajratilgan mablag‘larning
maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Dostları ilə paylaş: |