29
Buyuk Britaniyada lizing faqat 1979-yildan, ya’ni soliq imtiyozlari joriy
etilgandan keyin keng rivojlandi. Kompaniya investitsiya qilingan yilda soliqqa
tortiladigan foydadan 100% investitsiyalarni chegirishi mumkin edi. Ushbu
imtiyozlar katta daromadga ega bo’lgan kompaniyalarga ahamiyatli, lekin
ulardan bilvosita ijaraga oluvchilar ham foydalanishlari mumkin edi.
Kompaniya soliq imtiyozlaridan faqat hisobot yilining oxirida foydalanish
mumkin edi. Shuning uchun agar u investitsiyalarni yilning boshida amalga
oshirgan bo’lsa, u ushbu imtiyozlardan olinadigan nafni bir qancha vaqt
kutishiga to’g’ri kelar edi. Biroq agar kompaniya uskunani lizing kompaniyasiga
sotib va undan keyin ijaraga olgan taqdirda (lizing kompaniyasida moliyaviy yil
oxiri oldinroq yakunlanishi sharti bilan) bilvosita naflar tezroq olinadi. Shuning
uchun lizing kompaniyalari moliyaviy yillari turli muddatlarda yakunlanadigan
filiallar ochishga urinadilar. Soliq investitsiya imtiyozi tekin bo’lmasdan ijara
to’lovlari bo’yicha soliq orqali qaytarilar, lekin shunga qaramasdan u mol-mulk
qiymatining 52% iga teng bo’lgan foizsiz qarz hisoblanar va ijaraga oluvchi
uchun lizing qiymatiga ta’sir ko’rsatar edi.
Dostları ilə paylaş: