30
•
mol-mulk bo’yicha soliqlarni to’lash har bir holatning vaziyatlarini
hisobga olgan holda lizingga beruvchi yoki ijaraga oluvchi
tomonidan amalga
oshiriladi.
Lizing haqiqatda ham g’arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlarini
rivojlantirish, xalqaro bozorda ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun
samarali omil bo’lib qoldi. Shuning bilan bir qatorda, g’arb
tadbirkorlik
amaliyotida mustahkam o’rin egallagan har qanday iqtisodiy hodisa, xo’jalik
tizimini qayta qurish munosabati bilan O’zbekistonda ham o’z o’rnini
topmoqda. Biroq g’arb mamlakatlari uchun xos bo’lgan, mamlakatimiznikidan
ahamiyatli darajada va tarixiy farqlanadigan, o’zbek zaminida qo’llanish uchun
keltirilgan iqtisodiy hodisalar o’ziga xos bo’lgan shakllarga ega bo’lib qolishi
tabiiydir. 30-40 yillar muqaddam g’arb iqtisodiyotchilarining mohiyati bo’yicha
lizingga jonli qiziqishi bizning zamondoshlarimizning qiziqishidan ahamiyatli
farqlanadi.
Jahon xo’jaligida ilmiy-texnikaviy inqilobning
yuz berishi, iqtisodiy
faollikning keskin rivojlanishi, iqtisodiyotning investitsiyaga bo’lgan ehtiyojlari
keng ko’lamda o’sishi, iqtisodiyotni faqat an’anaviy yo’llar bilan
moliyalashtirish va ishlab chiqarishni qayta texnikaviy qurollash hisobiga
qondirib bo’lmaydigan xolisona vujudga kelgan iqtisodiy o’sishning ahamiyatli
sur’atlari haqiqatdan ham o’z vaqtida g’arb davlatlarida lizing rivojlanishida
navbatdagi, alohida turtkini olgan. O’sha vaqtdagi yanada ham
keskinlashayotgan raqobatda lizing bitimlari
ishlab chiqaruvchilar uchun
iste’molchilar doirasini kengaytirish va yangi mol yetkazib berish bozorlarini
o’zlashtirishda qo’shimcha eng dolzard manbalardan biri bo’lib qoldi.
Xo’sh, mamlkatimizda lizing sohasidagi rivojlanish qanday kechmoqda?
Albatta, Hozirgi paytda mamlakatimizda lizing sohasida o’sib borayotgan
faollikni kuzatmoqdamiz, bu asosan iqtisodiy vaziyat
holatidan kelib
chiqmoqda. Bizningcha, lizingni rivojlantirish uchun quyidagi asosiy shart-
sharoitlarni keltirish mumkin:
31
•
ma’naviy eskirgan va jismoniy ishlab bo’lgan uskunalarning yetarli
darajada ko’p
miqdorda mavjudligi;
•
ishlab chiqarish vositalari bilan savdo-sotiq zaif tashkil etilgan
sharoitlarda sotilmayotgan tovar-moddiy boyliklar zaxiralarining mavjudligi;
•
ishlab chiqarish va rentabellik uskunalarning qimmatligi oqibatida
oddiy bank kreditidan foydalanilgan holda kichik va o’rta firmalar o’zlarining
ishlab chiqarishini
tashkil eta olmasligi;
•
ko’p yillardan beri ish kuchi va xom ashyoning nisbatan kam
baholanishi, shuningdek turli tovarlar eksport qilinishi.
Lizing kompaniyalari tomonidan ushbu vaziyatlarni hisobga olish va
amalga oshirish borasida ish olib borishi bizning lizing kompaniyalarimiz
o’zlarining rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’tarilishiga imkon beradi deb
hisoblaymiz. Bozorda yangi o’rinlarini topib va ularni to’ldirib, lizing firmalari
bo’lg’usi va amaldagi tovar ishlab chiqaruvchilarga respublikaning umumiy
ichki yalpi mahsulotining hajmiga o’z hissasini qo’shishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: