28
•
mol-mulk ijaraga beruvchi tomonidan kelgusi lizingga berish
maqsadida sotib olinishi va kelgusidagi ijaraga oluvchining talablariga javob
berishi lozim;
•
lizing muddati mol-mulkdan foydalanish muddatidan oshishi
mumkin emas;
•
ijara to’lovi
shunday belgilanishi kerakki, u kontrakt amal qilishi
muddati davomida ijaraga beruvchi ijaraga olingan mol-mulk qiymatini qoplash
imkoniyatini
yaratishi lozim;
•
kontraktda ijaraga oluvchi lizing muddati tugagandan keyin
shartnomada kelishilgan mol-mulkning qoldiq qiymatiga mos bo’lgan narxda
ijaraga olingan mol-mulkka ega bo`lish huquqi nazarda tutilishi lozim.
Angliyada agar kontrakt:
•
mol-mulk ishlatiladigan muddatdan 75% kam bo’lmagan muddatga
tuzilganda;
•
uning amal qilish muddati davrida mol-mulk qiymati to’liq (yoki
ahamiyatli) to’lanishi nazarda tutilganda;
•
unda lizingni imtiyozli shartlar (bankdan qarz olishga qaraganda)
asosida qaytadan tiklash imkoniyati nazarda tutilganda u lizing kontrakti
hisoblanadi.
Avstriyada:
•
lizing kontraktining asosiy muddati mol-mulkni
iqtisodiy ishlatish
muddatining 40-80%ini tashkil etishi kerak;
•
sotib olish opsionining qiymati opsion sotiladigan paytdagi mol-
mulkning qiymati bilan mos bo’lishi lozim;
•
lizing shartnomasi uzaytirilgan muddatda (agar bunday holat
kuzatilganda) davriy to’lovlar nominal bo’lishi kerak;
•
agar faqat foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan
maxsus mol-mulk
lizing kontraktining ashyosi hisoblangan taqdirda, foydalanuvchi bunday mol-
mulkning iqtisodiy mulkdori hisoblanadi.
29
Buyuk Britaniyada lizing faqat 1979-yildan, ya’ni
soliq imtiyozlari joriy
etilgandan keyin keng rivojlandi. Kompaniya investitsiya qilingan yilda soliqqa
tortiladigan foydadan 100% investitsiyalarni chegirishi mumkin edi. Ushbu
imtiyozlar katta daromadga ega bo’lgan kompaniyalarga ahamiyatli, lekin
ulardan bilvosita ijaraga oluvchilar ham foydalanishlari mumkin edi.
Kompaniya soliq imtiyozlaridan faqat hisobot yilining oxirida foydalanish
mumkin edi. Shuning uchun agar u investitsiyalarni
yilning boshida amalga
oshirgan bo’lsa, u ushbu imtiyozlardan olinadigan nafni bir qancha vaqt
kutishiga to’g’ri kelar edi. Biroq agar kompaniya uskunani lizing kompaniyasiga
sotib va undan keyin ijaraga olgan taqdirda (lizing kompaniyasida moliyaviy yil
oxiri oldinroq yakunlanishi sharti bilan) bilvosita naflar tezroq olinadi. Shuning
uchun lizing kompaniyalari moliyaviy yillari turli
muddatlarda yakunlanadigan
filiallar ochishga urinadilar. Soliq investitsiya imtiyozi tekin bo’lmasdan ijara
to’lovlari bo’yicha soliq orqali qaytarilar, lekin shunga qaramasdan
u mol-mulk
qiymatining 52% iga teng bo’lgan foizsiz qarz hisoblanar va ijaraga oluvchi
uchun lizing qiymatiga ta’sir ko’rsatar edi.
Dostları ilə paylaş: