1.3.2-rasm
Qaytariladigan lizing jarayoni
1
2
Bu yerda:
1-uskuna qiymati;
2-ijara to’lovlari.
Ko’pchilik holatlarda lizing bevosita emas, balki vositachi orqali amalga
oshiriladi. Asosiy lizingga beruvchi mavjud, u vositachi odatda lizing
kompaniyasi orqali uskunani lizingga oluvchiga ijaraga topshiradi. Bunda
vositachining vaqtinchalik to’lov qobiliyati bo’lmagan yoki u inqirozga
uchragan taqdirda, lizing to’lovlari asosiy lizingga beruvchiga kelib tushishi
lozimligi shartnomada nazarda tutiladi. Bunga o’xshash bitimlar «ikkilamchi
lizing» deb nomlanadi.
Xalqaro doirada «dabl dipping» (double dipping) deb nomlanadigan
ikkilamchi lizing bitimlar ikki va undan ko’p mamlakatlarda soliq
imtiyozlarining kombinatsiyasidan foydalaniladilar. Ushbu bitimlarning
samaraliligi shuning bilan bog’liqligi, masalan, Buyuk Britaniyada agar lizingga
beruvchi mulkchilik huquqiga, AQShda esa – lizingga beruvchi egalik qilish
huquqiga ega bo’lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan olinadigan naf ko’proq
Lizing kompaniyasi
Korxona
37
bo’ladi.
Buyuk Britaniyadagi lizing kompaniyasi uskuna (mulkchilik huquqi)ni
sotib oladi va uni amerikalik lizing kompaniyasiga beradi (egalik qilish huquqi),
u esa, o’z navbatida, ularni mahalliy lizingga oluvchilarga o’tkazadi.
Lizingga beriladigan mol-mulkning turiga qarab quyidagilarni
farqlaydilar:
•
faol bo’lmagan (ko’chmas) mol-mulk lizingi;
•
faol (ko’char) mol-mulk lizingi yoki mashina-texnikaviy lizing.
Mol – mulk o’zini o’zi qoplash darajasi bo’yicha quyidagilar ajratiladi:
•
to’liq o’zini o’zi qoplaydigan lizing, bunda bir shartnoma amal
qilish muddatida ijaraga berilgan mol-mulkning qiymati lizingga beruvchiga
to’liq to’lanadi. Lizing shartnomasi tugagandan keyin lizingga oluvchi uskunani
qoldiq yoki boshqa kelishilgan narxda sotib olish imkoniyati beriladi;
•
to’liq o’zini o’zi qoplaydigan lizing, bunda bir shartnoma amal
qilish muddatida ijaraga berilgan mol-mulkning faqat bir qismi qoplanadi,
bundan keyin esa mol- mulk lizingga beruvchiga qaytariladi yoxud lizing
shartnomasining muddati uzaytiriladi.
Lizingga beriladigan mol-mulkning amortizatsiya shartlariga ko`ra
quyidagilarni farqlaydi:
•
to’liq amortizatsiyalanadigan lizing va tegishli ravishda, lizing
obyektining qiymati to’liq to’lanadigan lizing;
•
to’liq amortizatsiyalanmaydigan lizing, bu qiymati qisman
to’lanadigan lizing.
Yuqorida qayd etilgan bir-biri bilan uzluksiz bog’liq bo’lgan ikki
turkumlanish belgilari asosida moliyaviy va tezkor deb ataladigan lizingni
ajratadilar. Amaliyotda, ayniqsa moliyaviy-kredit institutlari tomonidan ko’proq
moliyaviy lizing qo’llaniladi. Bu uning o’ziga xos bo’lgan belgilari bilan
izohlanadi.
Moliyaviy lizing (financye leasing) o’zini o’zi to’liq qoplaydigan mol-
38
mulk lizingi yoki uning qiymati to’liq to’lanadigan lizing hisoblanadi (full-
payout lease). Shartnoma amal qilish muddatida lizingga beruvchi mol-
mulkning butun qiymatini o’ziga qaytarganda va lizing operatsiyasidan foyda
olganda lizingning bunday turi kuzatiladi. Moliyaviy lizingda uskuna
vaqtinchalik foydalanishga berilgan muddat vaqti bo’yicha uning to’liq
amortizatsiyalanadigan muddati bilan mos keladi.
Bunday turdagi lizing bitimlari mol-mulkni ataylab mulk sifatida sotib
olish va keyinchalik uni vaqti bo’yicha ishlatish va mol-mulk qiymatining butun
yoki ko’p qismi amortizatsiyalanishi yaqinlashadigan muddatga vaqtinchalik
egalik qilishga va foydalanishga berish operatsiyasi hisoblanadi. Shartnoma
amal qilish muddatida lizingga beruvchi lizing to’lovlari hisobiga mol-mulkning
butun qiymatini o’ziga qaytarib oladi va moliyaviy bitimdan foyda oladi.
Moliyaviy lizingni tavsiflovchi asosiy belgilar quyidagilardan iborat:
•
lizingga beruvchi mol-mulkni o’zi foydalanishi uchun emas, balki
uni lizingga berish uchun ataylab sotib oladi;
•
mol-mulkni va uning sotuvchisini tanlab olish huquqi
foydalanuvchida qoladi;
•
mol-mulk egasi u lizingga berish uchun ataylab sotib
olinayotganligini biladi; mol-mulk bevosita foydalanuvchiga yetkazib beriladi
va u tomonidan ishlatish uchun qabul qilinadi;
•
mol-mulkni sifati, uning butligi, kafolat muddati buziqliklarini
tuzatish bo’yicha da’volar lizingga oluvchi tomonidan bevosita mol-mulk
sotuvchisiga yo’llaniladi;
•
mol-mulk tasodifan nobud bo’lishi va buzilishi tavakkalchiligi mol-
mulk ishlatilishga qabul qilish dalolatnomasi imzolangandan keyin lizingga
oluvchiga o’tadi.
Moliyaviy lizing mustaqil nomlanadigan bir necha turlarga ega.
An’anaviy moliyaviy lizing o’zaro munosabatlarning uch taraflama tavsifga
egalik va mol-mulk qiymati to’liq qoplanishi bilan tasniflanadi. Lizingga
39
oluvchining talabnomasi bo’yicha lizingga beruvchi mol yetkazib beruvchidan
kerakli bo’lgan uskunani sotib oladi va uni lizingga oluvchiga beradi hamda
lizing to’lovlari hisobiga o’zining moliyaviy xarajatlarini qoplaydi va foyda
oladi.
Operativ lizing moliyaviy lizingning evolyutsion rivojlanishi natijasidir.
Operatsion lizing bitimi bo’yicha-bino va asbob-uskunalarni qisqa vaqtga (bir
kundan bir yilgacha yoki ko’proqga) lizingga olganda lizing beruvchi asosiy
vositalarni ta’mirlash va lizingni amalga oshirish bo’yicha xarajatlar deb
ataluvchi joriy xarajatlarni to’lash, masalan soliqlar va mulk sug’urtasini
to’lashni o’z zimmasiga oladi. Operativ lizing moliyaviy lizingdan quyidagi
jihatlar bilan farq qiladi:
- qisqa muddat;
- lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugaganidan so’ng lizing
beruvchiga qaytarilishi;
- lizingga beriladigan mulklarning chegaralanganligi;
- lizing beruvchi lizingga beriladigan predmetni aniq yetkazib
beruvchisini topish majburiyatiga ega emasligi;
- hisobga olishdagi farqlar;
- oldindan qisman to’lovning, ya’ni avansning mavjud emasligi (bir oy
muddatga foydalanishga beriladi).
Agar lizing shartnomasida yuqoridagi talablarning birortasi ham
ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda lizing tezkor lizing hisoblanadi.
Lizing ixtiyoriy ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga
keng ko’lamda kapital mablag’ jalb qilishning asosiy moliyaviy vositasi sifatida
yuqorida ta’kidlanganidek, bank krediti, ssuda, kechiktirilgan to’lovni sotib olish
va shunga o’xshash moliyaviy richaglarga qaraganda birmuncha ustunliklarga
ega bo’ilb, ularning ayrimlarini quyidagilarda ko’rish mumkin:
- lizing 100 foiz qarz olishni ko’zda tutadi va qarzning hammasini tezda
qaytarishni talab etmaydi;
- lizing bo’yicha shartnoma tuzish ssudaga qaraganda osondir; chunki
40
bitimni ta’minlashni uskunaning o’zi amalga oshiradi. Bu ayniqsa, kichik va
xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilarga qulay.
Tezkor lizing (operative leasing) – bunda shartnoma muddati mol -
mulkning iqtisodiy ishlatish muddatidan kamroq. Tezkor lizingda ijaraga mol-
mulkning qiymati qisman to’lanishi kuzatiladi (non-fullpazout lease) va shuning
uchun lizingga beruvchi uni, odatda, turli foydalanuvchilarga bir necha bor
vaqtinchalik foydalanishga berishga majbur.
Lizingning ushbu turi buyum hayot siklining muddati ijaraning kontrakt
muddatidan ahamiyatli darajada yuqori bo’lib, uskuna ijaraga qisqa muddatlarga
berilganda qo’llaniladi. Tezkor lizingda ijara vaqti davomida uskuna to’liq
amotizatsiyalanmaydi va qaytadan ijaraga berilishi yoki ijaraga beruvchiga
qaytarilishi mumkin. Amaliyotda tezkor lizing operatsiyalari uch yillik davrdan
oshmaydi. Bunday bitimlarda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini oldindan
ogohlantirish sharti bilan kontraktni bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
Lizingning ushbu turi ijara obyekti saqlanishi uchun ijaraga beruvchi ko’proq
mas’uliyatga egaligini nazarda tutadi. Ijaraga beruvchi uskunani ta’mirlash va
texnik xizmat ko’rsatish uchun mol yetkazib beruvchi firma bilan mustaqil
shartnoma tuzish bo’yicha o’ziga majburiyat oladi.
Dostları ilə paylaş: |