2.2.“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” Aksiyadorlik lizing
kompaniyasining moliyaviy tahlili
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” Aksiyadorlik lizing kompaniyasi
kompaniyasi respublikamizda yirik va samarali faoliyat ko’rsatayotgan lizing
kompaniayalardan biri hisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini boshlagandan
buyon o‘tgan davr mobaynida respublikamizdagi 32 mingdan ortiq qishloq
xo‘jaligi korxonalariga jami 1 trln. 223 mlrd. 400 mln. so‘mdan ortiq
qiymatdagi 51 ming donadan ortiq har xil turdagi qishloq xo‘jaligi
texnikalarini lizingga yetkazib berishni amalga oshirdi.
57
“O‘zqishloqxo`jalikmashlizing” Aksiyadorlik lizing kompaniyasi
kompaniyasining 2014-yil moliyaviy natijalariga ko’ra lizing faoliyati natisada
kompaniyaga kelib tushgan sof tushum 39 666 mln so’mni tashkil etgan
bo’lib, 2013-yilga nisbatan qariyib 70 foizga o’shgan. Bunga asosiy sabab
kompaniya tomonidan lizing faoliyatiga doir o’tkazilgan tadbirlar dasturi:
lizingga berish shartlarini optimmallashtirish, tashqi va ichki moliyaviy
manbalar jalb qilish tizimini ishlab chiqish, kadrlar malakasini oshirish
bo’lgan. 2014-yilda lizing faoliyatidagi fermer va boshqa subyektlarega
berilgan lizing obyektlari qiymati 4 466 mln so’mni tashkil etgan bo’lib, bu
o’tgan shu davrga nisbatan 2.5 baravarga ko’paygan. Ushbu lizing obyektlari
tarkibiga 710 dona «TTZ», 120 dona «TS- 135» va «TL-100» rusumli, 147
dona «Arion-630C» rusumli, 78 dona «LS» rusumli, 18 dona «T7060»
rusumli, 11 dona «TT-40» rusumli traktorlar, 92 dona «Dominator-130»
rusumli g‘alla o‘rish kombaynlari, 310 dona traktor tirkamalari va 1322 dona
boshqa turdagi texnikalar (chigit ekish seyalkasi, kultivatorlar, o‘t o‘rish-
maydalash agregatlari, purkagich, omochlar) kabi texnikalar kiradi.
Joriy yilda qishloq xo‘jaligi korxonalariga Janubiy Koreyaning «LS
Mtron» kompaniyasida ishlab chiqarilgan LS 1004 va LS PLUS 100 rusumli
yangi turdagi traktorlar, «O‘zKeysmash» qo‘shma korxonasida ishlab
chiqarilgan TT-40 rusumli bog‘dorchilikda foydalaniladigan mini traktor va
Belorussiyada ishlab chiqarilgan MTT-4U va PRT-4A rusumlimineral
o‘g‘it tashuvchi va sepuvchi tirkamalar,«MC 90S Twin» makka o‘rish agregati
kabi 6 ta turdagi yangi texnikalar lizingga etkazib berildi.
O’zbekiston Respublikasida 2013-yil yakunlariga ko‘ra, lizing
bitimlarning umumiy portfeli 1 trln. 511 mlrd. so‘mga etdi. 2014-yilda esa
ushbu ko’rsatgich 2 139 mlrd. so’mni tashkil etib, 1.5 baravarga o’sish surati
kuzatilgan.
17
17
O’zbekiston Respublikasi lizing beruvchilar Assosiatsiyasi ma’lumotlari “Xalq so’zi” 2014 yil 18.01
|