Logistik tizimlar bajardi: mamadaliyev a tekshirdi: yusufxonov z toshkent-2023


Logistik tizim ichida ishlab chiqarish vositalarining aylanishi



Yüklə 20,14 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü20,14 Kb.
#205149
1   2
LOGISTIK TIZIMLAR

Logistik tizim ichida ishlab chiqarish vositalarining aylanishi
  • Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular material oqim ko’rinishida logistik tizimiga kiradilar, omborlarda joylashadilar, ishlab chiqariladilar yana saklanadilar va logistik tizimdan iste’molga chiqariladi. O’rniga moliya oqimlari kiradi. Logistikaning asosiy maqsadi - yuklarni “Just in time” aniq muddatda eng kam mehnat va moddiy resurslarni sarflangan holda yetkazib berishdan iborat. Materiallar, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida yetkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi va omborlardagi zaxiralarni sezilarli darajada qisqartirishga imkon beradi. Logistika to’liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi.
  • Logistik tizimining tashqi muhit bilan aloqasi
  • Shuning uchun logistikada sotish vazifasining bajarilishi “6R” orqali, ya’ni oltita “riching” - shartga: yuk, sifat, miqdor, vaqt, xarajatlar va yetib kelish joyiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi deb hisoblash o’rinli.
  • Logistik tizimning samaradorligi moddiy oqimlarni: idishlarni sotish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish, yuk birliklarini bir shaklga keltirish, omborga joylashtirishning samarali tizimini amalga oshirish, buyurtmalar miqdori va zaxiralar darajasini muvofiqlashtirish, korxonalar, ulgurji-vositachi firmalar, omborxona inshootlarida va magistral transportda yuklar harakatining eng qulay marshrutlarini tanlashning tahlilini talab qiladi.
    • Logistik tizimining qurilishi va faoliyat ko’rsatishi quyidagicha konseptual qoidalarga asoslanishi kerak:
    • · LTning barcha elementlari integrasiyasi va o’zaro aniq hamkorligi namoyon bo’luvchi tartibli yondashish, ya’ni uskunalarning alohida turlarini yaratishdan ishlab chiqarish – omborxona va ishlab chiqarish – transport tizimini yaratishga o’tishda ishlab chiqarish – transport tizimining yagona texnologik jarayonini amalga oshirish;
    • mahsulot ishlab chiqarish - transport uskunalarini yaratish va ishlatish;
    • iqtisodiy talablarga javob beruvchi zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratish;
    • · bozorni mo’ljallash bilan butun logistik zanjiri davomida xarajatlar majmuasini hisobga olish;
    • · zamonaviy darajadagi servis xizmatlarini rivojlantirish, epchillik, ishonchlilik va yuqori sifatni ta’minlash;
    • Odatda logistik tizimlar noaniq sharoitda ishlaydi. Bu bozor kon’yukturasida transportning ishlashi tasodifiy jarayonlar sodir bo’lishi bilan bog’lik. Shu tufayli logistik tizimlarning muhim xususiyatlaridan biri - moslashish xususiyati. Logistik tizimlar ishlashining asosiy tamoyillaridan biri - yuqori darajadagi ishonchliligi va mustahkamligi hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish, sotish va taqsimlashni ishonchli strategik rejalashtirishini ta’minlaydi.
    • Bu yerda shuni ham hisobga olish kerakki, juda tezlik bilan bajariladigan rejalarga nisbatan, qat’iy rejalarning roli kattaroq. Bunday strategik rejalarning yuqori darajada ishonchli bo’lishi uchun atrof-muhit vaziyati, birinchi holatda bozordagi vaziyat har xil bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni o’rganish va tug’ilgan savollarga strategik javoblar aniqlash zarur.
    • G’arb mutaxassislari fikricha, strategik rejalashtirish firmalarning o’z raqiblari bilan kurashida eng qudratli qurol bo’lib hisoblanadi.
    • Strategik rejalashtirishning asosi - ilmiy darajada. Ilmiy darajani tayyorlashda tarixiy va ekstrapolyatsiya usullaridan foydalaniladi. Strategik rejalashtirish – ijodiy jarayon va u ko’prok darajada harakatga ko’ra, maqsadga mo’ljallangan. Strategik rejalashtirish asosida texnik rejalar zanjiri generatsiya qilinadi, har kuni “Just in time” jarayonini amalga oshirish uchun ildam vaziyatlarida maqsadlar va harakatlar bir shakli keltiriladi. Strategik rejalar ko’pincha aniq jarayonlarni emas, aniq maqsadlarni ko’zda tutadi. U strategik rejani tez bajariladigan rejadan farqlaydi. Tez bajariladigan rejalar aniq faoliyatni ko’zda tutadilar, masalan, taqsimlash yoki sotish jarayonlarini logistika xalq xujaligiga sanoatlar nuqtai nazaridan emas, balki mintaqalar nuktai nazaridan qaraydi.
    • Logistik tizimlar ishlashini tahlil qilishda umumiy xarajatlar ahamiyati katta. Ombor xo’jaligi xarajatlari, zahiralar, transport, ishlab chiqarishni rejalashtirish, buyurtmani bajarish xarajatlari va boshqa xarajatlar bir-biriga bog’liq. Ayrim xarajat turlarini kamaytirishga qaratilgan harakatlar butun tizimning ishlashidagi umumiy xarajatlarning ortib ketishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun logistikaning har qanday faoliyatiga yangilik kiritishdan oldin, bu o’zgartirish oqibatlarini har tomonlama tahlil qilish kerak. Tizim qismlarining proporsiyalari aniqlanishi, qiymat tavsiflarining samarasi ko’rib chiqilishi, boshqarish siyosati tuzilishi kerak, yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar hisobga olinishi kerak. Chunki tizimning tubdan (korennoy) o’zgarishi, qaytadan tashkil qilinishi, xarajatlarning keskin ortib ketishga olib keladi. Shu bilan birga, ilgaridan logistik tizimlarning evolyutsion yo’llar orqali o’zgarish hollari aniqlanib, hisobga olinadi. 
    • Bundan tashqari, sanoat menejmentining logistika muammolariga nisbatan e’tibori oshayotganining bir necha sabablari bor. Alohida olingan ta’minlash, ishlab chiqarish yoki taqsimlash jarayonlarining samarasini oshirish - umuman qaraganda - samarasi kam usuldir.
    • Logistik tizimning qismlaridan har biri butun tizim muvozanatini buzishi mumkin. Amalda logistikaning ana’naviy maqsadlari ko’pincha marketing yoki ishlab chiqarish maqsadlariga to’g’ri kelmaydi. Masalan, korxonalarning ishlab chiqarish bo’limlari tayyor mahsulot zahiralarini ko’paytirishga harakat qiladi, aks holda, sotish jarayonida mahsulot kam yoki umuman yo’qligi sababli yo’qotishlar ro’y berishi mumkin. Boshqa misol, transport boshlig’i faqat transport tizimiga javobgar bo’lsa, u transportning qulay yo’nalishini tashkil qilish, transport tizimidagi zahiralar miqdorining kamayishida, umuman, transport tizimining daromadi kamayishiga mutlaqo qiziqmaydi. Logistik tizimlar materiallar oqimini boshqarish bilan bir qatorda taqsimlanish jarayonini nazorat qilishda asosiy qurol bo’lib qolayapti.
    • Ilmiy texnika taraqqiyotining yutuqlari logistika tizimi qismlarining birlashib, mustahkam bo’lishini tezlashtirdi. Asosiy yutuqlardan biri - kuchli kompyuterlar, rivojlangan ma’lumotlar bazasi va axborot yetkazish tizimiga asoslangan buyurtmalar bilan ishlash tizimining rivojlanishi. Qarorlar qabo’l qilish, masalalar yechish jarayonlarini modellash va kompyuterlar bilan ta’minlash logistika tizimini tashkil qiluvchi va boshqaruvchilarga sifatliroq ishlashga imkoniyat yaratdi.
    • Logistika umumiy xarajatlarni ancha kamaytirishga imkon yaratish bilan bir qatorda mahsulot sifatini ko’tarishga ham ta’sir qiladi, chunki faqat sifatli mahsulotlar tashqi bozordagi raqobatni ko’tara oladi. Bunday sharoitda firmalar iste’molchilarga ko’rsatadigan xizmatlarining sifatini oshirishga majburlar.
    • Logistik tizim. Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalami amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo'lgan oddiy tizimdan iborat. U, asosan, bir nechta tizim ostilardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega boiadi.
    • Logistik tizimlar mikro, mezo va makrologistik tizimlarga bo’linadi.
    • Makrologistik tizim — bu mamlakatning har xil mintaqalarida yoki har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashki- lotlarini, turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va transport tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlarni bosh­qarish tizimidir. Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining infrastrukturasini tashkil etadi.
    • Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turi ajratiladi:
    • — to'g'ri aloqali — moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi;
    • — eshelonlashtirilgan — bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgunicha karnida bitta vositachi korxonadan o'tadi.
    • — egiluvchan — bunday hollarda moddiy oqimni iste’mol­chigacha yetkazib berish ham to‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxo­nalar orqaii amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash: kam talab etiladigan qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushuriladi, standart qismlar esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi.
    • Mezologistika — tarmoqning bir necha korxonasini bir tizimga integratsiya qilish sohasi
    • Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimlarning strukturaviy tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarning sinflaridir, ularning tarkibiga bir butun infrastruktura bilan birlashtirilgan ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab chiqarish va savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqa­ruvchi komplekslar).
    • Mikrologistika — lokal masaialarni alohida bo’g'in va logistika elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga oshiriladi.
    • Logistik tizimlarini ishlab chiqish. Makrologistikada logsitika tizimlarining ishlab chiqarishda quyidagi bosqichlarni o’tagani ma’qul.
    • 1.logistika maqsadlarni bozor kon’yukturasi bilan bog’lik holda aniqlash.
    •  2.Maqsadlar daraxtini logistika tizimida servis tuzilmasini ishlab chiqayotganda identifikatsiyalash.
    • 3.Transport sxemasi asosida material oqimi kartasini ishlab chiqarishga qabul qilingan yuklar va iste’molchiga mahsulot yetkazib berishni hisobga olib tuzish.
    • 4.Axborot oqimi sxemasini tuzish.
    • Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tizimining bir necha turlari mavjuddir. Bular vertikal marketing tizimi, gorizontal marketing tizimi va ko’p kanalli marketing tizimi bo’lib hisoblanadi. Biz hozir bu marketing tizimlarining har birini tarqatilishini ko’rib chiqamiz
    •  Boshqarishning muhim omillaridan biri - materiallarni o’z vaqtida yetkazib berish. Buning uchun kerakli operatsiya bajarilishiga (masalan, yuk ortish, yukni eltish va boshqa) qancha vaqt ketishini va operatsiyani boshlash uchun qancha vaqt kerakligini aniqlash zarur.
    • Buyurtmalarni bajarish muddati resurslarga bo’lgan ehtiyoj miqdoriga, ta’minot jarayonining ishonchliligiga ta’sir qiladi, buyurtmalarni bajarish muddati uzoq bo’lsa, u mintakaviy omborlardagi katta nomenklaturali zaxiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Lekin boshqa tomondan qaraganda, buyurtmalarning shoshilinch, qisqa vaqtda bajarilishi har xil xatolarga olib kelishi mumkin. Masalan, olingan resurslar miqdori yanglish bo’lishi, sifati to’g’ri kelmasligi, yoki umuman kerak bo’lmagan mahsulot yetkazishi mumkin. Masalan, AQShda taqsimlash doirasida buyurtmalarning eng kam bajarilish muddati (ishlab chiqarish vaqti ham hisobga olinadi) - 7 kun, eng ko’p muddati - 72 kun.
    • Buyurtmaning bajarilishiga ketadigan vaqt taqsimlash kanallarining holati va rivojlanishiga bog’lik. Bu taqsimlash kanallari mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni bog’laydigan vositaga aylanayapti va xilma-xil bir-biri bilan bog’lik vazifalarni bajarayapti. Unga: sotish, marketing, kredit berish va boshqa xizmat turlari kiradi. Firmalarning ko’pchiligi taqsimlash jarayonini faqat qisman nazorat qiladi, demak, ularning butun tabiiy taqsimlash tizimiga qiladigan ta’siri ham qismandir.
    • Logistika texnologiyasining o’zgarishi, mahsulot va xizmatlar sifati ahamiyatining o’sishi, taqsimlash kanallarining tuzilishi va vazifalarining o’zgarishiga olib keladi, texnologiyani takomillashtirishga intilish tug’diradi.
    • Logistika tizimi samarasining ortishi: taqsimlash doirasining asosiy kapitaliga quyiladigan sarmoyalar mikdori ortishiga olib keladi, logistika tizimi tuzilishi va obyektlari joylashishining o’zgarishiga olib keladi. Hozirgi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarni farqlash juda ham qiyin. Logistika tizimi qismlari vazifalarining o’zgarishi katta qiyinchiliklar bilan o’tayapti. Integrasiya ayrim xo’jalik turlarining ahamiyati ortayapti, boshqalarining ahamiyati pasayib yoki umuman yo’q bo’lib ketayapti. Bu jarayonlarga yana xalq xo’jaligining holati, davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir qiladi.
    • Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faqat ulgurji savdo jarayonini nazorat qilibgina qolmay, bevosita iste’molchiga sotish jarayonini ham o’z nazoratiga olayapti. Iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri yuk yuborishga moslashtirilgan qo’shimcha omborlar qurilayapti. Ko’p kompaniyalar taqsimlash kanallari, zaxiralar miqdori va sotish hajmidan xabardor bo’lish maqsadida ulgurji savdo tizimi bilan bevosita aloqa o’rnatgan.
    • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    • O’zbekiston respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy dasturi 1997- yil
    • K.Abdullayeva “ Yangi pedagogik texnologiyalar” –Boshlang’ich ta’lim “ 1999
    • WWW.arxiv.uz
    • ZIYO.NET CAYTI

    Yüklə 20,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin