5. To’plangan tovarlarni saqlash uchun kerakli ombor maydonini hisoblash Omborlar bir-biridan farq qilishiga qaramay,deyarli bir xil logistik funksiyalarni bajaradi:
-moddiy zahiralarni joylashtirish va saqlash;
-moddiy oqimlarni qayta ishlash;
-logistik servis va xizmat ko’rsatishni ta’minlash.
Har qanday ombor kamida uch xil moddiy oqimlarga ishlov beradi:kiruvchi, chiquvchi va ichki.
Kirayotgan moddiy oqimlar transportdan tushiriladi, miqdori va sifati tekshiriladi. CHiquvchi oqim esa, albatta yakunlanadi.Ichki oqimlar korxona ichida bir joydan boshqa joyga ko’chiriladi.
Moddiy oqimlarni o’zgartirish- ularga ishlov berish orqali yangi ko’rinishga keltirishdir,masalan,qoplash yoki qadoqlash va hokazo.
Korxonaning tayyor mahsulot omborida ularni to’plashi va taxtlanishi,saqlanishi,navlarga ajratilishi yoki qo’shimcha ishlov berilishi,markirovka qilinishi,ortishga tayyorlanishi va ortilishi mumkin.
Iste’molchi korxonalarning xomashyo omborlari yuklarni qabul qiladi,navlarga ajratadi, saqlaydi va ishlab chiqarish uchastkalariga yuborishga tayyorlaydi.
Ulgurji vositachi firmalarning omborlari yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari quyidagi vazifalarni ham bajaradi;
-tovarlarning bir joyda to’planishini ta’minlash ;
-maxsulotlarni komlektlash va tanlash ;
- kichik partiyalarda tovarlarni iste’molchi korxonalarga yetkazish va hokazo.
Omborlarning logistik funksiyalari logistik operatsiyalarni bajarish davrida nomoyon bo’ladi.Omborlar juda ko’p turlarga ajratilganligi sababli, logistik funksiyalarni farqlanishiga qaramay, ularning ayrim o’xshashliklari ham mavjud.Har qanday omborlar quyidagi tartibda ishlaydi:
-transportdan tushurish;
-tovarni qabul qilib olish;
-joylashtirish va saqlash(taxtlash);
-saqlash joyidan tovarni tanlab olish;
-tovarni butlash va qadoqlash;
- yuklash va boshqalar.
Omborning umumiy maydonini hisoblash Omborning umumiy maydoni Sum quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda: Syuk yuk maydoni, ya’ni saqlanayotgan materiallar bilan bevosita band bo’lgan (stelajlar, shtabellar va boshqalar) maydoni, m2
Syo – yordamchi maydon, ya’ni o’tish joylari bilan band bo’lgan maydon m2 Sqq- qabul qilish uchastkasi maydoni, m2;
Skm - butlash (komplektlash) maydoni, m2;
Sij – ishchilar uchun maydon, ya’ni ombor ishchilari uchun ajratilgan maydon, m2.
Sqqe- qabul qilish ekspeditsiyasi maydoni, m2;
Sje – jo’natish ekspeditsiyasi maydoni, m2;
Formulaga kiritilgan ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi: