Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati



Yüklə 284,85 Kb.
səhifə6/17
tarix07.01.2024
ölçüsü284,85 Kb.
#204157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
24-variant STLA-3 Tayyor

Kiyimkiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).
Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va b.) taʼsiri va turli mexanik taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda "Kiyim" tushunchasi bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal), qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi.
Kiyim turiga koʻra — ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyimlar, oyoq kiyimlar (poyabzal); vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan (kishilik) Kiyimlar, ish Kiyim (jomakor), sport Kiyim, rasmiy Kiyim (forma)lar, maxsus Kiyimlarga boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar Kiyimlariga ajratiladi.
Kundalik Kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan Kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) Kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) bilan boyitiladi. Ish Kiyimi (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, oʻt oʻchiruvchining ish Kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning Kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish Kiyimi kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish Kiyimi asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport Kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy Kiyim (forma) harbiy Kiyim, matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus nizomda belgilangan Kiyimlari. Maxsus Kiyim homilador ayollar, bemorlar va b. kiyadigan Kiyimlar. Bolalar K. i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda Kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga modelyer rassom Kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas Kiyim bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.
Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi Kiyim modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar Kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir Kiyim inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormokda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.

6-rasm. Kiyim-kechaklar

Yüklə 284,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin