Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati



Yüklə 284,85 Kb.
səhifə7/17
tarix07.01.2024
ölçüsü284,85 Kb.
#204157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
24-variant STLA-3 Tayyor

Elektr akumlyatorlar. (lotincha: accumulator – toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor.
Elektr akkumlyator elektr toki taʼsirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr akkumlyator musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida potensiallar farqi hosil boʻladi, u farq elektr yuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, akkumlyatorlar kis-lotali va ishqorli xillarga boʻlinadi.



4-rasm. Elektr batareykasi
Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, akkumlyatorlar kislotali va ishqorli xillarga boʻlinadi.
Kislotali akkumlyatorlarda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elek-trod sifatida qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy 265 elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday akkumlyatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli akkumlyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli boʻladi. Kadmiynikelli akkumlyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kad-miy aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan ara-lashma ishlatiladi. Akkumlyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1–2 V) va sigʻim (am-per-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun akkumlyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiynikelli va temirnikelli akkumlyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush ruxli va kumush-kadmiyli akkumlyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqa da ishlatiladi. Issiqlik akkumlyator tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik akkumlyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100–300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va boshqa mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion akkumlyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya akkumlyatori hisoblanadi.

Yüklə 284,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin