Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati



Yüklə 284,85 Kb.
səhifə4/17
tarix07.01.2024
ölçüsü284,85 Kb.
#204157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
24-variant STLA-3 Tayyor

Qand-shakar sanoati — oziqovqat sanoati tarmogʻi, qand lavlagidan oq shakar va shakardan kesma oq qaNd ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni qamraydi. Tropik mintaqalar va subtropiklardagi mamlakatlarda shakar va qand shakarqamishdan olinadi. Qandshakarni aholi koʻp isteʼmol qiladi va oziq-ovqat sanoatining bir qator tarmoqlarida keng qoʻllanadi.
Shakarqamishdan shakar olish juda qadimdan maʼlum boʻlgan. 16-asrda Hindistonda sanoat yoʻli bilan shakarqamishdan shakar ishlab chiqarila boshlagan. 18-asr oxirida Rossiya va Germaniyada qand lavlagidan shakar olish texnologiyasi yaratildi. 20-asr oxiriga kelib jahon miqyosida ishlab chiqariladigan (1999-yilda 133 mln. t) xom (sariq) shakarning 55% shakarqamishdan, qolgani lavlagidan olinadi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlariga qadar qand chetdan keltirilgan xom ashyodan hunarmadqandolatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan ("kallaqand").
19-asrning 2-yarmida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin 1893-yilda Rossiya Harbiy akademiyasining professor, injener — polkovnik V.M.Ivanov Toshkent viloyatida shakar zavodi qurish maqsadida "Turkiston qishloq xoʻjaligisanoat shirkati"ni tuzdi va Eski Qovunchi qishlogʻi (hozirgi Yangiyoʻl shahri) atrofidan 200 ga yer olib, mevali daraxtlar, paxta va sabzavotlar ekib, hosildan olingan daromadga shakar zavodi qurishni rejalashtirdi. Qand lavlagi yetishtirishni mahalliy aholiga oʻrgatish uchun Ukrainadan 100 ga yaqin lavlagikorlar, Fargʻona vodiysidan 50 ga yaqin suvchilar jalb etildi. 1903-yil germaniyalik mutaxassislar yordamida Turkiston oʻlkasida yagona boʻlgan bu shakar zavodida ilk marotaba oq shakar olishga erishildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Ukrainadan 3 ta shakar zavodi koʻchirib keltirildi va Samarqand (Kattaqoʻrgʻon, Zirabuloq), Fargʻona viloyatlariga (Qoʻqon) oʻrnatildi. Bu 4 zd (Yangiyoʻl zavodi bilan) har yili 200 ming t ga yaqin shakar ishlab chiqarib, sobiq Ittifoq aholisi va harakatdagi armiya qismlarini shakar bilan taʼminlab turdi. Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligi tufayli shakar ishlab chiqarish pasayib, 1954—55 yillarda 4-marta kamaydi (50 ming t), Markaz qarori bilan Oʻzbekistondagi shakar zdlarining barchasi Ukrainaga koʻchirib olib ketildi.
Oʻzbekiston Respublikasida shakar muammosini qisman hal etish uchun 1993-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shakarni respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyo — qand lavlagidan olish maqsadida Turkiya mutaxassislari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatining Hazorasp shahrida Xorazm shakar zavodini qurish ishlari boshlandi. Korxona 1995-yilda ishga tushirildi. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda qand lavlagi yetishtirish yoʻlga qoʻyildi (loyiha quvvati 1 sutkada 3 ming t qand lavlagini qayta ishlab, 300 tonna shakar ishlab chiqarishga moʻljallangan).
Chet ellarda Qand-shakar sanoatis.da shakarqamishdan shakar ishlab chiqarish AQSH, Kuba, Hindiston, Braziliyada, qand lavlagidan shakar ishlab chiqarish Ukraina, Rossiya, Fransiya, Germaniyada, Boltiqboʻyi mamlakatlarida rivojlangan, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda ham bu tarmoq korxonalari ishlaydi.

3-rasm. Shakar va qand maxsulotlari
Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. gazlama qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.

4-rasm. Gazlama
Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz gazlamalar boʻladi. gazlamadan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. gazlamalar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus dinamometr yordamida anikdanadi. Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni oʻlchash vaqtida aniqlanadi. Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash, yuvish va b. hollarda oʻlchamining qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining materiali va xossalari, toʻqimaning tuzilishi hamda pardozlash xillariga bogʻliq; Gazlama 3—10% kirishishi mumkin. Qalinligi tanda va arqoq iplarining yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga bogliq. Kiyimlik gazlama larning qalinligi 0,1—5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus asboblar bilan oʻlchanadi. Gazlama larni pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish, tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini yoʻqotish — gazlama yuziga chiqib qolgan ip va tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish uchun gazlamalar qizitilgan metall yuzasidan yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi. Qirqish esa maxsus mashinalarda tez aylanuvchi pichoqlar yordamida bajariladi. Bunda gazlama tekis va chiroyli boʻlib chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi ohorni yuvish, bunda gazlama maxsus eritmali hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan tozalanadi. Ohori toʻkilgan gazlama boʻyaladi, gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga oq tus berish. Gazlamalar toʻliq oqartirilgandan soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa boʻyash — gazlama larni turli ranglar bilan bir xil qilib boʻyash. Gul bosish — gazlamaning oʻng tomoniga turli ranglardan maxsus mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash — toʻqimadagi arqoq iplarini titib, tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu jarayon ninalik tasma (kardolenta) yordamida tarashlash mashinalarida bajariladi. Bunda gazlamalar (movut, paxmoq va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi. Xonalarni bezash, mebellarga qoplash, eshik va derazalarga tutish uchun ishlatiladigan gazlama bezak mato deb ataladi. Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta, jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall iplardan) toʻqiladi. Bezak gazlamalar jakkard mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi. Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi. Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh boʻlishi kerak.

Yüklə 284,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin