Qonunchilik u yoki bu ish ko‘rilishida advokat ishtiroki imkoniyatining cheklovlarini ko‘zda tutgan. ^Ш Chunonchi, agar avdokatlarga nisbatan “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 7- m.da ko‘zda tutilgan to‘sqinliklar mavjud bo‘lsa, ular xo‘jalik sudida vakillik qila olmaydilar, aynan:
agar advokat ishonch bildiruvchi bilan kelishuv predmeti bo‘yicha ushbu shaxsning manfaatlaridan farqli o‘z manfaatiga ega bo‘lsa;
agar advokat ishda sudya, hakamlik sudyasi yoki arbitr bo‘lib, vositachi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bo‘lib qatnashgan bo‘lsa, ushbu ish bo‘yicha jabrlanuvchi yoki guv oh bo‘lsa, shuningdek, agar u ushbu shaxs manfaatlariga qaror qab ul qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs bo‘lgan bo‘lsa;
agar advokat ushbu shaxs ishini surishtirishda yoki ko‘rib chiqishda ishtirok etgan yoki etayotgan mansabdor shaxs bilan qarindoshlik yoki oilaviy munosabatlarda bo‘lsa;
agar advokat ushbu shaxsning manfaatlariga zid manfaatli ishonch bildiruvchiga yuridik yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa.
Sud vakili, sudda o‘ziga ishonch bildirgan shaxs topshirig‘ini bajararkan, o‘z faoliyati bilan xo‘jalik sudlaridagi sud ishi vazifalarini hal etishga ko‘maklashishi lozim, bunda o‘z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida o‘ziga ishonch bildirgan shaxsning poymol etilgan yoki bahs etilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga erishishni ko‘zlaydi. Bundan tashqari, advokat ishonch bildiruvchiga unga taqdim etilgan protsessual huquqlar va unga yuklatilgan protsessual majburiyatlarni amalga oshirishda yordam berishi lozim. Fuqarolik-huquqiy vakillikdan sud vakilligining asosiy ajralib turuvchi jihati shunda. Uning asosiy maqsad, mohiyatan, vakillik qilinayotgan shaxsning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bevosita yaratish, o‘zgartirish va bekor qilishdan iborat.