Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatning bevosita ishi mojaroli vaziyatni va dastlabki hujjatlarni o‘rganishdan boshlanadi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə96/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatning bevosita ishi mojaroli vaziyatni va dastlabki hujjatlarni o‘rganishdan boshlanadi.
Vaziyatni baholash quyidagilarni aniqlashni o‘z ichiga oladi:

  • mojaro yuzaga kelishi sabablarini;

  • yuzaga kelgan mojaro mohiyatini;

  • mojaro yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan bahsli moddiy huquqiy munosabatlar xarakteri va ko‘rinishini;

  • bahsli moddiy huquqiy munosabatlar qanday me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishini;

  • kim majburiyatini buzganligini;

  • majburiyatning buzilishi nimada (qaysi harakatlarni sodir etishda) ifodalandi;

  • himoya nuqati nazaridan, mijoz uchun yuzaga kelgan vaziyatda eng kam manfaatli nima, ya'ni zaif taraflar;

  • himoya nuqati nazaridan, mijoz uchun yuzaga kelgan vaziyatda eng ko‘p manfaatli nima, ya'ni kuchli taraflar;

  • bevosita hujjatlarni tahlil etishda o‘rganib chiqish talab etiladigan masalalar doirasi;

  • qanday hujjatlarni o‘rganib chiqish va huquqiy baho berish lozim;

  • hujjatlarni o‘rganish, ularni huquqiy jihatdan tahlil qilish va baholash;

  • mijoz uchun mojaroni hal etishning qanday yakuni muhim va foydali (da'vo predmeti shunga bog‘liq bo‘ladi);

  • mavqyeni ishlab chiqish uchun qanday me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish talab etiladi.

Qayd etish kerakki, vaziyatni tahlil qilish bevosita mijoz taqdim qilgan hujjatlar tahlilida amalga oshiriladi.
Shartnoma shartlariga, tomonlar huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, javobgarlik hajmiga alohida e'tibor berish kerak bo‘ladi. Har bir alohida majburiyatning (oldi-sotdi, ijara, pudrat va sh.k.) xususiyatini hisobga olish lozim.
Hujjatlar tahlili yukxati, schet-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, soliqlar bo‘yicha hisoblar, yuk bojxona deklaratsiyalari va shu kabilarni o‘rganishni qamrab oladi. Hujjatning huquqiy tabiatini va maqsadini ochiq-oydin bilib olmay, uning huquqiy va amaliy mazmunini belgilovchi me'yoriy-huquqiy hujjatni o‘rganmay turib, unga tegishli bahoni berib bo‘lmaydi. Ikitomonlama xarakterdagi, ya'ni mojaroda qatnashayotgan ikkala tomon tarafidan kelishilgan va imzolangan birorta muhim hujjat advokatning e'tiboridan chetda qolmasligi kerak. amaliy yozishmalarga, tomonlar o‘rtasidagi yozishuvlarga alohida e'tibor berish kerak, tomonlardan birining o‘z majburiyatlarini buzganligi faktini tan olganligi borligini aniqlashtirish lozim, buni dalil sifatida sudda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ish bo‘yicha huquqiy mavqye deganda advokatning asosli talabi yoki e'tirozini tashkil qiluvchi huquqiy argumentlar yalpiligini tushunish lozim. Argumentlangan dalil-isbotlar ishning huquqiy va amaliy holatlarini aks ettirishi lozim. Bunda advokat o‘z mavqyeida mijozining huquqlari va qonun himoyasidagi manfaatlarining sud himoyasini amalga oshirishning ko‘zda tutilgan variantining asoslanishini ishlab chiqadi. Huquqiy mavqye bilan himoya maqsadini aralashtirib yuborimaslik kerak. Himoya maqsadi deganda bahsning yakuniy hal etilishining ko‘zda tutilgan natijasi tushuniladi, mavqye esa unga erishish usullarini belgilaydi.
Mavqyeni ishlab chiqish advokatning ishda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichi sanaladi. Aynan uning asosida yotuvchi argumentlar (dalil-isbotlar) ish bo‘yicha protsessual hujjatlarni, ayniqsa da'vo arizasini tuzishda baza bo‘ladi.
Argumentlar yig‘ishda advokat ish bo‘yicha aniq mavjud bo‘lgan dalillardan, ayniqsa yozma dalillar va ularning mazmunidan kelib chiqishi kerak. Argumentlar (dalil-isbotlar) og‘zaki bo‘lishi mumkin emas, balki yuridik va isbotlovchi ahamiyatga ega aniq faktlarga tayanishi kerak.
Xulosalar moddiy huquq me'yorlariga asoslanishi kerak. Bundan oldin ko‘rsatilgan huquqiy me'yorlarni o‘rganish va tahlil qilish, ularning advokat tomonidan, keyinchalik sudda ish ko‘rilishida qo‘llash uchun, amaliy holatlar kotekstida talqi qilinishi lozim. Bunda huquqiy me'yorlarning tahlili yuzaga kelgan vaziyat (bahsli moddiy huquqiy munosabatlar)ni tartibga soluvchi barcha me'yorlar yalpiligida amalga oshirilishi kerak.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi FK 337-m., 3-q. ga muvofiq, agar kreditor qarzdor taklif etgan tegishli ijroni qabul qilishdan voz kecha yoki o‘zi sodir etishi lozim bo‘lgan va ular sodir etilmagunicha qarzdor o‘z majburiyatini bajara olmaydigan harakatlarni sodir etmagan bo‘lcha, u muddatdan o‘tgan sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi FK 338-m. me'yori kreditor muddatdan o‘tkazishining huquqiy oqibatlarini ko‘zda tutadi. Jumladan, ushbu me'yorga ko‘ra, kreditor muddat o‘tkazishida qarzdor kelgusi ijroning imkonsizligi uchun javobgarlikdan xalos bo‘ladi, unda qasd yoki qo‘pol ehtiyotsizlik mavjud bo‘lmasa. O‘zbekiston Respublikasi FK 339-m. kreditorning muddat o‘tkazilishiga javobgarlikdan ozod qilinishi shartlarini belgilaydi, aynan: agar u muddat o‘tkazilishi qonun kuchi bilan yoki kreditor topshirig‘i bilan ijroni qabul qilish bklatilgan shaxslarning qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan harakatlari tufayli ro‘y berganligini isbotlasa.
Agar bahsni hal etishning sudgacha (e'tiroz) tartibiga rioya etish tomonlar shartnomada ko‘zda tutgan bo‘lsalar yoki moddiy huquqning alohida me'yorlarida tartibga solingan bo‘lsa, huquqlari buzilgan tomon boshqa tomonga, kelgusida, e'tirozining ko‘rib chiqilishi natijalaridan kelib chiqib, sudga e'tiroz arizasini taqdim etish uchun, da'vo kiritadi.
E'tiroz taqdim qilish tartibi O‘zR “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17- m.da belgilangan. E'tiroz yozma ravishda taqdi etiladi va xo‘jalik yurituvchi sub'ekt rahbari yoki rahbarining o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
E'tiroz bildirilgan xo‘jalik yurituvchi sub'ekt u olinganidan keyin bir oy muddatda unga javob berish huquqiga ega. Xuddi shunday muddat O‘zbekiston Respublikasi FK 724-m., 2-q.da ko‘zda tutilgan.
E'tirozga javob xo‘jalik yurituvchi sub'ekt rahbari yoki rahbari o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Bu - qonunchilik shaxsni o‘z muhri bilan protsessual hujjatni tasdiqlashga majbur qiluvchi yagona holat ekanligi faktini qayd etish lozim. Muhr bilan tasdiqlanishi talab jtiladigan javobga sabab bo‘lgan e'tiroz ham, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza ham, da'vo arizasi ham, apelyasiya va kassatsiya shikoyatlari ham bunday talabga ega emas.
Bu faktni O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 18-m., 4-q. me'yori izohlaydi. Ushbu moddiy huquq me'yoriga ko‘ra, agar e'tirozning tan olinganligi haqidagi jaovbda tan olingan summa o‘tkazilgani haqida xabar berilmasa, e'tiroz bildiruvchi, e'tirozga javob olinganidan keyin yigirma kun o‘tgach, bank muassasasiga bahssiz tartibda qarzdor tan olgan summaning yechib olinishiga topshiriq taqdim etish huquqiga ega. Topshiriqqa qarzdor javobi ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi XPK me'yorlari bahsni hal etishning e'tiroz tartibiga rioya etmaslik oqibatlarini ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi XPK 88-m., 1-q. 5-b.ga ko‘ra, da'vogar tomondan javobgar bilan bahsni sudgacha (e'tiroz) hal etish tartibiga rioya etilmagan bo‘lsa, agar bu tartib shu toifa bahslar uchun qonunda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, sud da'voni ko‘rib chiqishga qabul qilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi XPK 118-m., 6-b. esa yuqoridagi sabablarga ko‘ra sud da'vo arizasini qaytarishini nazarda tutadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin