Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 3. Advokat va birinchi instansiya sudida ish yurituv



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə97/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 3. Advokat va birinchi instansiya sudida ish yurituv
Sud muhokamasi - bu advokatning xo‘jalik jarayonidagi ishining eng muhim bosqichidir. Barcha avvalgi ishlar shunchaki sud muhokamasiga tayyorgarlik bo‘lib, unda advokat bahs mazmuni bo‘yicha huquqiy mavqyeni amalga oshirish yo‘li bilan oldinga qo‘yilgan protsessual aqsadlarga erishishi lozim bo‘ladi. Shu sababli uni sud muhokamasi bosqichida uni o‘ta samarali ifodalash muhimdir. Murakkablik shundan iboratki, qarshi tomon ham ishga tayyorgarlik ko‘rgan, u ham ish bo‘yicha mavqyeni ishlab chiqqan, uning ko‘p jihatlari da'vogar advokati uchun sud muhokamasi boshlanishiga qadar noma'lum bo‘lishi mumkin, da'vogar mavqyeini tashkil qiluvchi dalil-isbotlarning asosiy qismi esa, javobgarga, unga da'vo arizasi yuborilgan vaqtdan boshlab ma'lum bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, xo‘jalik sudi majlisi uch qismdan iborat bo‘ladi:

  1. tayyorlov;

  2. ishning asosiy mohiyatini ko‘rib chiqish;

  3. ish bo‘yicha qaror qabul qilish.

Barcha qismlar, muayyan mustaqillikka ega bo‘lish bilan birga, o‘zaro qalin bog‘langanlar va biri boqshasi bilan o‘rnini izchil almashtiradi.
Jarayonning tortishuvchanligi tomonlar tenghuquqliligini va ishda qatnashadigan shaxslar imkoniyatlarining tengligini nazarda tutadi. Tortishuvchanlik advokatlar ishtirokidagi jarayonda o‘ta yorqin aks etadi. Tortishuvchanlikda advokatning suddagi ishining notiqlik san'ati, savollar berish mahorati, materiallarda mavjud dalillarga o‘z bahosini berishi, bahsli moddiy huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi moddiy huquq me'yorlarini talqin qilish kabi jihatlari namoyon bo‘ladi.
Sud muhokamasi boshlanishidan oldin advokatdan sud majlisida qatnashish va xatti-harakatlar taktikasini ishlab chiqishi talab etiladi. Birinchi navbatda bu hujjatlarni tegishli shaklda tayyorlashga tegishli. Ishda qatnashuvchi va advokat tomonidan ishlatiluvchi hujjatlar aniq ketma-ketlikda, xronologiyaga muvofiq tizimli joylashtirilishi kerak. Bu kerak bo‘lgan paytda, sud majlisi davomida qidirishga vaqt sarflamay, dalil ahamiyatiga ega kerakli hujjatni sudga va ishda qatnashuvchi shaxslarga taqdim etish uchun zarurdir. Ikkinchidan, advokat o‘zining og‘zaki chiqishining tezislarini tuzib olishi zarur, unda o‘zining dalil- isbotlari va ish bo‘yicha ishlab chiqqan mavqyeini izchil va mantiqiy bayon qilishi lozim. Qarshi tomon vakillariga berish uchun savollar ro‘yxatini tayyorlab qo‘yish talab qilinadi. Advokatdan sud muhokamasi rivojlanishining o‘z variantini o‘ylab qo‘yishi talab etiladi. Bu fakt har bir sud majlisi oldidan qo‘yilgan maqsadga bog‘liq bo‘ladi.
Advokatdan ishni ko‘ruvchi sudya va qarshi tomon vakillari unga qanday savol berishlari mumkinligini, o‘z himoyalarini asoslash uchun qanday dalil - isbotlar, argumentlar keltirishlari mumkinligini tahmin qilish talab etiladi.
Sud muhokamasi davomida sud ish bo‘yicha dalillarni o‘rganishni amalga oshiradi, ya'ni ishda qatnashuvchi shaxslar tushuntirishlarini, guvohlar ko‘rsatmalarini, ekspertlar xulosalarini tinglaydi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 71-m. ga muvofiq, ishda qatnashadigan shaxslarning o‘zlariga ma'lum bo‘lgan, ishga ahamiyati bor bo‘lgan tushuntirishlari tekshirilishi va boqsha dalillar bilan birga baholanishi lozim. Xo‘jalik sudi taklifiga ko‘ra, ishda qatnashuvchi shaxs o‘z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon etishi mumkin.
Ishda qatnashayotgan shaxs tomonidan boshqa tomon o‘z talablari yoki e'tirozlarini asoslantirayotgan faktning tan olinishi xo‘jalik sudi uchun majburiy sanalmaydi. Xo‘jalik sudi, agar unda tan olish ish holatiga muvofiq kelsa va aldov, zo‘ravonlik, tahdid, aldash ta'sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida sodir etilganiga shubha bo‘lmasa, tan olingan faktni tasdiqlangan deb hisoblashi mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin