Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ lAdvokat va sud hujjatlarining ijrosi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə105/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ lAdvokat va sud hujjatlarining ijrosi
Sud hujjatlarining ijrosi yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalda himoya qilishga qaratilgan. Binobarin, huquq himoyasi uning amalda, zarur holatlarda esa, majburiy amalga oshishi demakdir. Shu sababli xo‘jalik jarayoni doirasida advokat, mijoz manfaatlarini taqdim qilishda, faqat sud tomonidan iqtisodiy bahslarni ko‘rib chiqilishi va hal etilishida emas, balki qabul qilingan sud hujjatlarining ijrosida ham qatnashadi.
Ijro ishi tomonlari undiruvchi va qarzdor sanaladi. Undiruvchi - ijro uning foydasiga bo‘layotgan shaxs, qarzdor - ijro hujjati bo‘yicha muayyan harakatlar qilish yoki ularni sodir etishdan tiyilishga majmubr bo‘lgan shaxs. Advokat bu bosqichda undiruvchining ham, qarzdorning ham manfaatlarini himoya qilishi mumkin.
Xo‘jalik sud ishida turli hujjatlarning majburiy ijro etilishi, asosan, sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Advokat sud ijrochisining ijro ishidagi vakolatlarini o‘rganishi talab qilinadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha sud hujjatlari ham beovsita sud ijrochilari tomonidan ijro etilmasligini nazarda tutishi kerak.
Majburiy ijro etish Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy- texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti hududiy bo‘limlarining qarzdor joylashgan, yashaydigan yoki xo‘jalik faoliyatini yuritadigan yoki uning mulki joylashgan tumanda faoliyat yurituvchi sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik sudi hukmi, ajrimi va qarorining ijrosi ushbu hukm, ajrim va qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudi tomonidan beriladigan ijro varag‘i asosida amalga oshiriladi. Sud buyrug‘i ijo hujjati kuchiga ega bo‘ladi.
Ijro varag‘ini berish uchun eng muhim asos sud hujjatining qonuniy kuchga kirishi sanaladi.
Xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan sud hujjati majburiylik va ijroiylik xususiyatini oladi, buning natijasida tomonlar va boshqa shaxslar qabul qilingan sud hujjatiga muvofiq ish ko‘rishlari kerak bo‘ladi. U istisnosiz O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
Advokat, ushbu bosqichda qatnashish davomida, Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan ijro varag‘ini berishning protsessual tartibini, shuningdek ijro varag‘i mazmunini bilishi kerak.
Ijro varag‘ini ijro uchun taqdim qilinishi olti oylik ijrochiga idro varag‘ini taqdim etish muddatini uzadi. Bu shuni anglatadiki, olti oy davomida ijro organi (bank, boshqa kredit muassasasi yoki sud ijrochisi)ga yuborilgan ijro varag‘i, birinchidan, hyech qanday muddat cheklovlarisiz ijro etilishi mumkin; ikkinchidan, ijro hujjati undiruvchiga ijrosiz yoki qisman ijro etilgan holda qaytarilgach, u, qaytgan kundan e'tiboran olti oy ichida yana ijrochiga taqdim etilishi mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin