Xo‘jalik sudi, o‘z tashabbusi bilan, ijroni keyinga qoldirish yoki bo‘lib- bo‘lib amalga oshirishni taqdim eta olmaydi, ijroning usul va tartibini o‘zgartira olmaydi
Xo‘jalik sudi, o‘z tashabbusi bilan, ijroni keyinga qoldirish yoki bo‘lib- bo‘lib amalga oshirishni taqdim eta olmaydi, ijroning usul va tartibini o‘zgartira olmaydi. Ijroni keyinga qoldirish yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish, ijroning usul va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza qonun tomonidan qraorlarni ijro etish uchun berilgan protsessual muddat tugashiga qadar berilishi mumkin. Keltirilgan masalalarni ijro qilinishi lozim bo‘lgan qarorni qabul qilgan xo‘jalik sudi hal etishi mumkin. Bu birinchi yoki apellyasiya instansiyasi sudi bo‘lishi mumkin, agar u qarorni o‘zgartirib, yangi qaror qabul qilgan bo‘lsa. Kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qaror bekor qilingan va yangi qaror chiqarilgan bo‘lsa, bu hujjatni idro etish bo‘yicha barcha arizalar birinchi instansiya bo‘yicha ishni ko‘rgan sud tomonidan hal etiladi. Ijroni keyinga qoldirish yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish, ijroning usul va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza sud mjalisida ko‘rib chiqiladi. Uni o‘tkazish vaqti va joyi haqida undiruvchi va qarzdor xabardor qilinishlari kerak, lekin ularning qatnashmasliklari arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Agar ariza sud jirochisi tomonidan berilgan bo‘lsa yoki xo‘jalik sudi uning ishtirokini zarur deb topsa, sud ijrochisi xabardor qilinadi. Ijroni keyinga qoldirish yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish, ijroning usul va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala xo‘jalik sudi ajrimi bilan hal etiladi. Ariza qondirilganda ham, unga rad javobi berilganda ham, uning ustidan shikoyat qilish mumkin. Ijro ishi qoidalari bilan tanishishda shunday holatni e'tibordan qoldirmaslik kerakki, ijro undirishni qarzdorning mulki va pul mablag‘lariga qaratish bilangina cheklanmaydi. Qarzdorga muayyan harakatlarni sodir etish yoki undiruvchiga belgilangan ashyolarni topshirish majburiyatini yuklovchi sud hujjatlari ijrosi katta o‘ziga xoslikka ega. Advokat qarzdorning va mansabdor shazslarning sud hujjatlarini ijro emaslik uchun javobgarligi masalalariga e'tibor berishi kerak. Ijro ishida qonuniylikni kafolatlash muammosi muhim sanaladi. Advokat uchun undiruvchilar, qarzdorlar va boshqa shaxslarning sud va boshqa hujjatlarni ijro etishdagi huquqlarini himoya qilish, sud ijrochisining harakatlari ustidan shikoyat qilish va e'tiroz bildirish imkoniyati bilan bog‘liq masalalar advokat uchun muhim hisoblanadi. Qarzdor advokati, asoslar mavjud bo‘lganda, ijroning qaytarilishi kabi protsessual mexanizmni qo‘llashi zarur. Ijroning qaytarilishi protsessual institut sifatida sud orqali javobgarning keyinchalik bekor qilingan qaror idrosi bilan buzilgan huquqlarini tiklashni o‘zida ifodalaydi. U quyidagi shartlar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi: 1) sud ijrosi bajarilgan; 2) u bekor qilingan; 3) yangi qaror chiqarilgan bo‘lib, unga ko‘ra da'vo rad etilgan (butunlay yoki qisman), yoki ish bo‘yicha ish yurituvi bekor qilinishi yoki da'vo ko‘rilmay qoldirilishi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan Buning uchun advokat Xo‘jalik sudi undirilgan pul mablag‘larini, mol - mulkni yoki uning qiymatini tashkilot, fuqarol arizasiga ko‘ra qaytarish uchun ijro varag‘i berishini bilishi lozim. Arizaga oldin qabul qilingan sud hujjatining bajarilganini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Ijroni qaytarilishi tartibida jaovbgarga undan bekor qilingan qaror bo‘yicha da'vogar foydasiga undirib olingan barcha narsa (pullar, mol-mulk) qaytariladi. Binoni bo‘shatib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ularni qaytadan javobgarga topshirish amalga oshiriladi. NAZORAT SAVOLLARI: