Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


O‘zbekiston Respublikasi XPK 187- moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqib, xo‘jalik sudi quyidagi huquqqa ega



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə103/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
Адвакатлар дарслик

O‘zbekiston Respublikasi XPK 187- moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqib, xo‘jalik sudi quyidagi huquqqa ega:

  1. birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini o‘zgartirishsiz qoldirish, shikoyat (protest)ni qondirishsiz qoldirish;

  2. birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish va yangi qaror qabul qilish;

  3. birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini bekor qlish va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchunhukmi va (yoki) qarori bekor qilingan xo‘jalik sudi instansiyasiga, agar u qabul qilgan hukm yoki qaror yetarlicha asoslanmagan bo‘lsa, yuborish;

  4. birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini o‘zgartirish;

  5. birinchi instansiya hukmi va (yoki) appelyasiya instansiyasi qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish va ish bo‘yicha ish yurituvni bekor qilish yoki da'voni to‘liq yoki qisman ko‘rib chiqishsiz qoldirish;

  6. avvalda qabul qilingan hukmlar va qarorlarning birini kuchda qoldirish.

Xo‘jalik sudi hukmlari yoki qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishning
asoslari, O‘zbekiston Respublikasi XPK 188- moddasiga muvofiq, moddiy yoki protsessual huquq me'yorlarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash sanaladi.
§ 6. Advokat va sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan
holatlar bo ‘yicha qayta ko ‘rib chiqish
Nazorat tartibida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. Advokat shuni hisobga olishi kerakki, nazorat sud instansiyasida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati faqat rad etilishi mumkin. agar sud hujjati ustidan shikoyat qilish shikoyat (apellyasiya, kassatsiya)ni mazmuni jihatidan ko‘rib chiqishni taqozo qilsa, bunda uni rad etish nazorat ishi qo‘zg‘atilishi uchun asosning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi masalani oldin ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ishda qatnashuchi shaxslar, shuningdek huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hujjati chiqarilgan boshqa shaxslar, agar xo‘jalik sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq me'yorlari noto‘g‘ri qo‘llanilgani natijasida o‘zlarining sub'ektiv huquqlari va qonuniy manfaatlarining sezilarli buzilishini aniqlasalar, uni qayta ko‘rib chiqish uchun murojaat qilishlari mumkin. O‘xshash shartlarda, xo‘jalik protsessual qonuni prokurorning ishda qatnashishi imkoniyatiga ruxsat bergan holatlarda, prokurorning murojaati ham bo‘lishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi XPK 193- moddasi).
Yangi ochilgan holatlar sifatida talqin etiladigan faktlar yuzaga klegan taqdirda, advokat vaziyatni bunday faktlarni yangi ochilgan holatlar sifatida tasniflash mumkinligini aniqlash maqsadida vaziyatni tahlil etishi lozim. Bunda ko‘rsatilgan faktlarni ishning amaldagi holatlari kontekstida va ularga nisbatida yuridik tahlil qilish kerak bo‘ladi. Advokatning vazifasi - faktlar mavjudligini va ular protsessual qonunda ko‘zda tutilgan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar toifasiga kiritilishi aslab berishdir.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza ish bo‘yicha yakuniy sud hujjatini qabul qilgan sud instansiyasiga taqdim etiladi. Arizaga uning va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi XPK 207- moddasi arizalarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi, unga ko‘ra, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish uchun arizani qabul qilgan xo‘jalik sudi arizani u kelib tushganidan keyin bir oy ichida ko‘rib chiqishi lozim.
Arizani ko‘rib chiqish xo‘jalik sudi majlisida amalga oshiriladi, muhokama vaqti va joyi haqida arizachi va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar topshirilgani haqida xabarnomali buyurtma xat orqali abardor qilinadi. Qonun arizani qabul qilish va xabardor qilish to‘g‘risidagi hujjatning protsessual shakliga qat'iy talablar qo‘ymaydi, biroq, sud ishining umumiy qoidalaridan kelib chiqib, sud da'vo arizasini qabul qilish va sud muhokamasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimga mazmunan o‘xshash ajrim chiqarishi kerak bo‘ladi.
Xo‘jalik sulining majlisi ajrim chiqarish bilan yakunlanadi: yo sud yangi ochilgan holatlar borligini qayd etadi, arizani qondiradi va sud hujjatini bekor qiladi, yoki sud aktini qayta ko‘rib chiqishni rad etadi, arizada keltirilgan holatlarni yangi ochilgan yoki ish hal etilishiga sezilarli ta'sirga ega deb tan olmaydi.
Arizani qondirish va sud hujjatini bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqarib, sud sud hujjatining bekor qilinishi sababli o‘rganilishi va aniqlanishi zarur bo‘ladigan holatlarning isbotlanganligini belgilash yoki shunday deb hisoblash huquqiga ega emas.
Oliy xo‘jalik sudiga ariza va taqdimnomalar bilan murojaatni tartibga solish maqsadlarida nazorat tartibida ish bo‘yicha qabul qilingan oxirgi sud hujjatining qonuniy kuchga kirganidan keyin uch yillik muddat belgilangan.
Nazorat sud instansiyasi doim istisnoviy xarakterga ega bo‘ladi. Chakana sud instansiyasiga aylanib qolish xavfi faqat quyi turuvchi sud instansiyalari o‘zalariga yuklatilgan funksiyalarni tegishli tarzda bajarmasalar, amaliyot yagonaligini ta'minlamasalar va nazorat murojaati taqdim etuvchilarda, shu qatori nazorat instansiyasida ham qabul qilingan sud hujjatining qonuniyligi ta'minlanganligiga ishonch uyg‘otmasalar, ro‘y beradi.
Nazorat tartibida ish qo‘zg‘atilishi uchun advokat nazorat tartibida protest kiritish huquqiga ega shaxslarga nazorat tartibida protest kiritsh to‘g‘risidagi ariza (iltimosnoma) bilan murojaat qilishi mumkin.
Protest kiritish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga protsessual qonunda biror-bir talablar belgilanmagan. Shu sababli, shakl va mazmunning erkin ko‘rinishda bo‘lishini tahmin etish mumkin.
Nazorat ishining o‘ziga xosligi nazorat tartibida protest kiritilishi to‘g‘risidagi ariza ishni birinchi instansiya sudidat talab qilib olish orqali ish ko‘rilishiga asos bo‘lib xizmat qilishida, lekin apellyasiya yoki kassatsiya shikoyatida taqdim etilishi tufayli qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta ko‘rish amalga oshadigan hujjat emasligida ko‘rinadi. Shu sababli arizada ishning holatlari yozma bayon etilishi, bahs mohiyatiga ko‘ra hal etilishiga asos bo‘lgan huquqiy me'yorlar qanday tarzda qo‘llanilgani va advokat ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari noqonuniy yoki asoslanmagan deb hisoblashiga dalil- isbotlar ko‘rsatilishi lozim. Protest kiritish vakolatiga ega shaxsning arizada ko‘rsatilgan dalil-isbotlarni qabul qilishi aynan bayon uslubi va arizaning mazmundorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin