Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Xo‘jalik sudi faqat majlisda o‘rganilgan dalillar asosidagina qaror chiqaradi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə100/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Адвакатлар дарслик

Xo‘jalik sudi faqat majlisda o‘rganilgan dalillar asosidagina qaror chiqaradi.
Qaror imzolanganidan keyin raislik qiluchi tomonidan ish ko‘rilgan majlisning o‘zida o‘qib eshittiriladi. Bir vaqtning o‘zida, agar qarorning faqat xulosa qismi o‘qib eshittirilgan bo‘lsa, raislik qiluvchi ishda qatnashuvchi shaxslar asoslangan qaror bilan qaychon tanishishlari mumknligini e'lon qiladi.
Agar ish bo‘yicha sud muhokamasi davomida tomonlar sulh kelishuvi tuzishga kelishib olsalar, advokat tuziladigan sulh kelishuvining shartlarini belgilashda maslahat-huquqiy yordam ko‘rsatishi, qanday shartlar qonunchilikka zid kelishini va boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga daxl qilishini, bu esa tomonlar o‘rtasidagi sulh kelishuvi tuzilganligini tasdiqlashni rad etishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishi lozim. Shu munosabat bilan advokatning o‘zi sulh kelishuvi matnini tuzishi va uning mazmunini yuridik tahlil qilishi zarur.
§ 4. Advokat va apellyasiya instansiyasi sudida ish yurituv
Birinchi instansiya sudi tomonidan qanday qaror yoki sud hujjati qabul qilinganidan qat'i nazar, advokat yakunlangan sud majlisining tahlilini o‘tkazishi va sud muhokamasiga kasbiy tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lganligini, tayyorlangan protsessual hujjatlarning sifat darajasini, sud majlisidagi nutqning mazmuni qanday bo‘lganligi va u protsess natijalarida qay darajada aks etganligini o‘rganib chiqishi kerak. Bu turdagi tahlil ishda qanday xatolar va kamchiliklar yo‘lga qo‘yilganligini va kelgusida ularni to‘g‘rilash uchun nimalar qilish kerakligini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
Advokat mijozni ishni ko‘rib chiqish natijasi haqida xabardor qilishi kerak. Bunda muayyan natija fakti mavjudligi haqida xabar berish bilan cheklanib qolish yaramaydi, balki bevosita uchrashib, sud majlisi qanday o‘tganligini, sudya o‘zini qanday tutganligini, sudya qanchalik professional ravishda adolatli sudlovni amalga oshirish bo‘yicha o‘z funksiyasini bajarganligini,advokat va qarshi tomon chiqishlarining qisqacha mazmunini, shuningdek, sud muhokamasi boshlanishidan oldin kelishib olingan huquqiy mavqye va ish bo‘yicha himoyani qay darajada amalga oshirishga muvaffaq bo‘linganini so‘zlab beradi.
Advokat mijozi uchun ijobiy qaror qabul qilingan holda, advokat sud qarori tahlilini inobatga olgan holda, ehtimoliy e'tirozlarga va sud hujjati ustidan shikoyat qilinishi ehtimolida qarshi tomon argumentlariga qarshi kontrargument tayyorlashi lozim. Bunday imkoniyatni hyech qachon istisno qilmaslik va har doim, ishlar qanchalik ko‘p bo‘lishiga qaramay, ushbu ishni va uning qayta ko‘rib chiqilishi ehtimolini professiona e'tibor va shuur nazoratida ushlab turish talab etiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin