Lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatidan tavsiflanishi


Sinonim qatordagi so‘zlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro



Yüklə 24,98 Kb.
səhifə2/3
tarix14.09.2023
ölçüsü24,98 Kb.
#143312
1   2   3
8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid

Sinonim qatordagi so‘zlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi:
1. Sinonim qatordagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslanganligi bilan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan, doim, hamisha, nuqul, birday so‘zlari ko‘pincha so‘zlashuv uslubida, mazkur sinonim qatorga mansub bo‘lgan yakkash, mudom so‘zlari esa kitobiy uslubda ko‘proq ishlatilishi bilan boshqa ma’nodoshlardan farqlanadi.
2. Sinonimik qatordagi ba’zi so‘zlar hozirgi tilga nisbatan eskirgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ulardan ba’zilari shevalarga xosligi bilan ham ajralib turadi. Masalan: mard, jasur, botir, yovqur, jaysan. Bu sinonimlardan yovqur so‘zi eskirganligi, jaysan esa tarixiy – dialektalligi bilan farqlanadi.
3. Sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro adabiy tilga yoki shevaga xosligi bilan farqlanishi mumkin. Masalan, qidirmoq, axtarmoq, izlamoq, istamoq sinonimik qatoridagi istamoq so‘zi shevaga xosdir.
Sinonimlar fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash vositalari bo‘lib, xuddi mana shu omil ularni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinonimlar yuzaga kelishi va ma’nolariga ko‘ra quyidagi turlarni tashkil qiladi:
1. To‘liq (sof) sinonimlar. Aynan bir tushunchani anglatish va nutq jarayonida biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular ko‘pincha boshqa tillardan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning o‘zbekcha so‘zlar bilan ma’nodoshligi asosida hosil bo‘ladi: kuch (o‘zb.) - qudrat (ar.), ot (o‘zb.) - ism (ar.), ko‘klam (o‘zb.)-bahor (toj.), tuman (o‘zb.)-rayon (rus). Shuningdek, fazo-kosmos, muharrir-redaktor kabi faqat o‘zlashma so‘zlardan tuzilgan sinonimlar ham to‘liq sinonimlardir.
2. Ma’noviy sinonimlar. Bir-biridan nozik ma’nolari ya’ni ijobiy, salbiyligi yoki uslubiy va boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nodosh so‘zlardan tashkil topadi. Masalan, kuldi, jilmaydi, tirjaydi, iljaydi, ishshaydi kabi ma’nodosh so‘zlar kulish harakatining darajasiga hamda ijobiy va salbiy bo‘yoqdorligiga ko‘ra chiroyli, go‘zal, xushro‘y, ko‘hli, ko‘rkam, barno, suluv, zebo, latif kabi sinonimlar esa ijobiy bo‘yog‘ining darajasiga ko‘ra farqlanadi.
3. Shartli sinonimlar. Muayyan matndagina ma’nodoshlikka ega bo‘ladigan sinonim so‘zlardir. Ular ko‘pincha she’riyatda kuchli his-tuyg‘u ifodalovchi vositalar sifatida qo‘llaniladi: Nega kerak shu chiroy, shu o‘t, Shu yoniq yulduzni ko‘zga yashirmoq (H.O.) Parchadagi chiroy, o‘t, yoniq yulduz o‘zaro ma’nodosh so‘zlar sifatida ishlatilgan shartli sinonimlardir. Bunday sinonimlar mumtoz adabiyotda qad-sarv, lab-la’l, yuz-oy, hilol kabi tashbehlar asosida ham keng qo‘llaniladi.
Sinonimlar tuzilishiga ko‘ra a) sodda: tez-chaqqon-ildam; b) juft: sog‘-salomat, el-yurt; v) birikmali: yuzi qora-beti qora-ori yo‘q shaklida uchraydi.
Ayni paytda so‘zlar fraziologik birikmalar bilan ham ma’nodoshlik hosil qilishi mumkin. Masalan: sevindi, boshi ko‘kka yetdi; xotirjam, ko‘ngli to‘q. Bunday ma’nodoshlik leksik-fraziologik sinonim deyiladi. Sinonimlarni deyarli barcha so‘z turkumlarida uchratish mumkin. Masalan 1) ot sinonimlar: baxt, saodat, tole, iqbol; 2) sifat sinonimlar: go‘zal, chiroyli, ko‘rkam, ko‘hlik, suluv; 3) olmosh sinonimlar: barcha, bari, hamma, butun; 4) fe’l sinonimlar: o‘smoq, ulg‘aymoq, voyaga yetmoq; 5) ravish sinonimlar: tez,chaqqon, ildam; 6) aralash sinonimlar: besh, a’lo, muvaffaqiyatli (son va sifat turkumlari asosida); 7) ko‘makchi sinonimlar: kabi,singari; 8) bog‘lovchi sinonimlar: ammo, lekin, biroq; 9) modal so‘zli sinonimlar: shubhasiz, shaksiz, so‘zsiz.
Xullas, sinonimlar tilning lug‘aviy boyligini, ko‘rkamligini belgilovchi vositalardan biri bo‘lib, ular nutq jarayonida o‘rinsiz takrordan, uslubiy g‘alizliklardan saqlanishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 24,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin