Luvr muzeyi



Yüklə 337,42 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü337,42 Kb.
#171331
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Luvr muzeyi

A.XAsanov


dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri boʻlgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning 
1-munisipal okrugida joylashgan. Jahondagi eng yirik muzeylardan
Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari tashkil qildi;
Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat: tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy toʻplamlar alohida joylashtirilgan
L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy meʼmoriy yodgorlik boʻlib, 13-asr boshi — 14-asrlarda eski qasr oʻrniga qurilgan. 1546—74 yillarda meʼmor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661—64; K. Perro, 1667—74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi
Yüklə 337,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin