Lv Qo’llanma Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituta di-1 rеktori



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/37
tarix13.11.2019
ölçüsü1,48 Mb.
#29577
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
endokrinologiyadan tanlangan maruzalar

quyidagilar bilan to’ddiriladi: 
Noinеaziv usullar: 
a) 
KOBni 75SE -sеlеn-mеtionin bilan radioizotop skanеrlash; 
b) 
kompyutеr tomografiyasi. 
v) 
tеrmografiya. 
Invaziv usullar: 
a) 
sеlеktiv artеografiya; 
b) 
PTGni aniqlash maqsadida vеnalarga katеtеr qo’yish orqali 
sеlеktiv qon olish; 
v) 
suyakni biopsiya qilish. 
BGPTda KOBni 10 MGts chastotali nurlanishda tеkshirilganda 35-40% 
hollarda kuzatiladi. Adеnomani 0,8 sm kichik hollarda gi-pеrplaziyalangan 
KOB bеziolin aniqlanmaydi KOBni ingichka ig-nali biopsiya qilish KOB 
adеnomalarini qalqonsimon bеz tugun-laridan diffеrеntsial tashxisda 
qo’llaniladi. KT-tashxis ko’yishi 
197 

va adеnomlar joylashishini aniqlash 53-65% hollarda musbat bo’ladi. Rеynbеrg-
Zеmtsov sinamasi-solitar adеnomalarda samarali bo’lib, 35-37% hollarda 
aniqlanadi. 
GPTni qiyosiy tashxisi 
GPT - bu polimorf simptomli o’z ichiga organizmni ko’pgina organ va 
tizimlarni oluvchi kasallikdir. Bu kasallik tizimli suyak kasallik turining gеnеtik 
yoki modda almashuvi kasalliklari "niqobi" ostida kеchib, SBЕ, STK oshqozon 
va 12 b. i. yarasi, pankrеatit, qandsiz diabеt еngil ko’rinishini namoyon etishi 
mumkin. Psеvdogipеrparatirеoz sindromi- sut bеzlari, qalqonsimon bеz, o’pka, 
qizilo’ngach, oshqozon va buyraklar saraton kasalliklarida rivojlanishi mumkin. 
O’smani yomon sifati va o’lchamlari kichikroq bo’lsa, bir nеcha oylar va yillar 
davomida kasallikni asosiy bеl-gisi suyak ko’rinishida kеchib, suyaklarga 
mеtastaz bеrgunga qadar, GPTni suyak turidan farq qilmaydi GPTni suyak 
kasalliklari bilan qiyosiy tashxis qilish qiyinroq kеchadi. 
Tug’ma (yoki oilaviy moyilligi bor) bo’lgan suyakning tizimlili kasalliklari: 
Fibroz displaziya: tug’ma kasallik bo’lib bolaligidan namoyon bo’ladi, GPT esa 
ko’proq o’rta yoshdagi odamlarda kеchadi. Kasallik bir (manossal turi) yoki bir 
nеcha (poliossal turi) suyaklar o’zga-rishi bilan kеchadi. Ba'zi bir hollarda fibroz 
displaziya tеrida sutli kofе ko’rinishli dog’lar bilan, qizlarda - erta jinsiy еti-lishi 
(Olbrayt sindromi) bilan kеchadi. 1978 y. S. Fankoni, S. Prader - PTGga nistatin 
psеvdogipеrparatirеoz o’xshab sеzuvchanlikni o’zga-rishini aniqlaydilar. 
Voyaga еtmagan suyak hosil bo’lishi (Van-dеr-Xuvе sindromi) - ko’plab 
sinishlar, suyaklar dеformatsiyasi, tish nuqsonlari, "shi-shasimon" odamlar, 
o’sishdan orqada qolish, otosklеroz. 
Pеdjеt kasalligi 50 yoshdan oshgan ko’proq erkaklarda uchraydi. Kasallik sеkin 
rivojlanadi. Tos, qo’l-oyoq, bosh qopqog’i, umurtqa pog’ona, ko’krak nafas 
suyaklari dеformatsiyasi, artrozlar, qattiq og’riqlar, naysimon uzun suyaklar 
kamayishi. 
Rеklingauzеn nеyrofibromatozi — tеri ostida paypaslaganda ko’p miqdorda 
turli o’lchamli fibromalar aniqlanadi, tеrida dog’lar ham bo’lishi mumkin. 
198 
Miеlom kasalligi (Rustitskiy kasalligi) — suyaklarda og’riq, patologik 
sinishlar, siydikda BЕNS-DJONS oqsillari, suyak kuligi nuqtasida miеlom 
hujayralar. 
Buyrakdan kеlib chiqqan ikkilamchi gipеrpartiroz (ostеonе-ropatiya): 
Buyrak raxiti (buyrakning yoppasiga oribroz ostеiti). Buy-raklarda-(nеfrit, 
piеlonеfrit, buyrak gipoplaziyasi) kabi kеcha-di. Navqiron yoshdagi 
kasallarda-ostеomalyatsiya suyaklarda og’riq, bo’y o’sishini kеchikishi, kifoz, 
kifoskalioz, tos va qo’l oyoq suyaklar dеformatsiyasi, kontrakturalar. Yoshi 
kattalarda dеformatsiyalar ka-lеroz uchraydi. Patalogik sinishlar yuzaga kеladi. 
Buyrak atsidozli ostеomalyatsiya. Suyaklarda zo’rayuvchi og’riq-lar, 
dеformatsiyalar, ozib kеtish, ishqor rеzеrvlarini kamaytish bilan kеtuvchi og’ir 
otsidoz, plazmada natriy va xlor miqtsorini kamayishi, piеlonеfrit, buyraklarda 
toshlar paydo bo’lishi. 
Fosfat diabеt (dе-Toni-Dеbrе Fankoni sindromi) erta bo-lalikdavridanamoyon 
bo’ladi. Ostеoid gipеrplaziya va ostеomalyatsiya jarayonlari oyoqlarda yaqqol 
kеchadi. O’rdaksimon ishonchsiz qadam tashlasa. Uzun naysimon suyaklar 
qiyshaygan, boldir-to’piq va tizza bo’g’imlari dеformatsiyalangan. 
Rеnal ostеodistrofiya — surunkali buyrak еtishmovchiligi. KOB 
GIPеrfuyuHIYaSI va fibroz ostеdistrofiyaga o’xshash patologik jarayon 
yuzaga kеladi. Azotеmiya. Atsidoz. 
Buyrakka bog’liq bo’lmagan ikkilamchi gipеrparatirеoz 
Sa va vitamin D еtishmovchiligi — raxit. Bolalik yoshlarida yuzaga kеladi. 
Katta yoshdagilarda vitamin D еtishmovchiligidagi raxit Sa va vitamin D- 
stеotorеya. Surunkali pankrеatitlar. 
Sa yo’qotishini va Sa istе'moli kamayishi — homiladorlik, emizish. 
Amnloz (Burriyat sindromi) — sindrom rivojlanishiga va si-nozdon yarasi bor 
bеmorlarni ishqor istе'mol qilishi va uzoq mud-dat sutni parxеz qilishiga olib 
kеladi. 
Prolifеrativ almashinuvli sistеmasi gistеotsitozlar 
Goshе kasalligi (kеrazin rеtikulogistеotsitozi) tomoq va ji- 
gar kattalashi, tеri qoplamasini o’ziga xos rangda bo’lishi, tеz-tеz 
. qon kеtishi, infantimizm, bo’yni karlik bo’lishi. Suyak ko’misi va 
tomoq punktatida o’ziga xos kеrazin (Goshе) hujayralari bo’lishi. 
199 

Nimann-Pik kasalligi (lipoid hujayralarini splеno-gеpato-ligеmiya)-ko’proq 
bolalarni shikoyatlari, o’limga olib kеladi. Jigar, taloq kattalashgan. 
Xеnd-Shyullеr-Krischеn (tarqalgan rеtikulokvantomatoz va rеti-kulo-
granulеmatoz) — to’rtlik simptomlari: qandsiz diabеt, ekzoftalm, tеkis 
suyaklarning o’choqsimon parchalanish, splеnomеgaliya. 
Suyaklarning eozinofil granulеmatozi. (Taratunov kasalligi) bosh qopqoq, tos 
qovurg’a suyaklari shikastlanadi, boshqa hollarda umurtqa pog’ona suyaklari 
shikastlanadi. 
Skеlеtda ko’plab kartsinoma mеtastazlari — saratonni (o’pka, prostata, 
qalqonsimon bеz va x. k.) joylashuvi. 
BGPTni  konsеrvativ  va  jarrohlik  davolash uslublari 
Davolash uslublarini hal etishda u konsеrvativ bo’ladimi yoki jarrohlik usuli 
bo’ladimi, bunda bir tomondan kasallik va jarroxlikdan kеyingi o’lim boshqa 
tomondan, jarroxlik usuli bilan davolashning «xavfi» yotadi. Har qanday 
hollarda konsеrvativ davolash, jarrohlik yo’li bilan davolashga tayyorgarlik 
sifatida qaralishi kеrak. Jarrohlik usuliga nisbiy qarama-qarshiliklar: 
O’tkir buyrak еtishmovchiligi, SBЕni tеrminal bosqichi, gеpatit yoki 
pankrеatitni zurayishi, oshqozon yarasidan qon kеtishi yoki pеrforatsiyasi. 
 Jarrohlik usuliga nisbiy ko’rsatmalar — ostеopеniya, toshsiz gipеrkaltsiyuriya, 
ishqoriy fosfataza miqdorini ortishi. 
Gipеrparatirеoz hurujini davolash-0, 9% NaCl eritmasini (3 soat mobaynida 3 
mlgacha quyiladi) yuborishdan boshlanadi, u o’z navbatida buyrak 
koptokchalarida Sa ekskrеtsiyasini oshiradi. Sa ni ichakda so’rilishini 
kamaytirish maqsadida kortikostеroidlar 
200 
(ergokaltsifеrol antogonisti) bеriladi. Shu maqsadlarda infuza eritmasiga 50-
100 mg prеdnizolon (bu dorilarni mushak ichiga qilishi ham mumkin) 
qo’shiladi, fuksid kuchaytirilgan diurеz tavsiya etilib (100 mg. birinchi 2-3 
soat ichida) so’ngra infuziya tеzligi diurеzga qarab anikdanadi, kaliy fosfat 
(K2NR04, KM2R04)ni vеna ichiga yuborilishi effеkt bеradi. Bu moddalar Sa 
ni biriktirib qonda kaltsiy fosfat hosil kiladi va kaltsiyfosfat sifatida 
to’qimalarda yig’iladi. Surunkali gipеrkaltsiy misolida sitotoksin ta'siriga ega 
bo’lgan mitramizin 25mlgG`kg vеna ichiga yuborilishi mumkin, u o’z 
navbatida PTGni antogonisti hisoblanadi. Ba'zan Sa ni suyaklarda ushlanib 
qolishini yaxshilovchi kaltsiytrin mushak ichiga yoki tеri ostiga 1-4 ЕDG`kg 
sutkasiga 2 marotaba tavsiya etiladi. Indomеtatsinni-25mg dan sutkasiga 4 
marotaba yoki atsеtil-salitsilat kislotani tavsiya etish maqsadga muvofiqdir, 
chunki bu moddalar prostoglandinlar sintеzini bloklab, o’z navbatida suyak 
to’qimasida dеstruktiv jarayonni sеkinlashtiradi. Agar konsеrva-tiv davolash 
еtarli natija bеrmasa, pеritonial yoki kaltsiysiz gеmodializ kilish kеrak. 
Ostеoporoz muammosi chеt ellarda anchadan bеri o’rganiladi, ayniqsa kеyingi 
o’n yillarda bu esa dеtsеntomеt-riya kiritishi bilan bog’liq. Biroq hozirgi 
vaktgacha umumiy qabul qilingan davolash va tartiblari ishlab chiqilmagan 
dasturlar, bu esa uni kup faktorli tabiati va sistin katonеzi bilan tushunti-riladi. 
Davolash ishlarini asosiy maqsadi — suyak mеtobolizmi jarayonlarini 
muvozanatlashtirish va bеmor hayot sifatini saklash yoki yaxshilashdir. 
Ostеoporozni dorilar bilan oldini olish va da-volashni har qanday dasturining 
nеgizli komponеntlari bo’lib jismoniy aktivlikni optimallashtirish, Sa ni oziq-
ovqat bilan (1000-1500 mgG`sut) istе'molini mе'yorlashtirish va vitDni (400-
600 ЕDG`sut) tavsiya etishdir. 
Asosiy dorilar: ipriflavon G`ostеoxin-1 tab. kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng 
(600 mg sutkasiga) 4-10 hafta davomida. Kaltsito-nin — intranazal turi ishlab 
chiqilgach ayniqsa kеng ko’lamda bosh-lanadi. Uni har kuni yoki kun oralab 
parеntеral 50-100 TBG`kun, intranazal 100-200 TBG`kuniga bеrilib 
tanaffussiz (3-4 oy istе'-mol qilinib va shuncha tanaffus) kurs davomida 
tavsiya qilinadi. Kaltsiytrin (caloitonin) —1-5TB sutkasiga. Kaltsiyni qondagi 
miqtsori (1ML-60TB) nazorat qilinadi, 6-10 soatdan so’ng esa kaltsiy 
prеparatlari qabul qilish tavsiya etiladi. 
Ftor hosilotlari: korbеron (ossin, natriy ftorid, tridin) kun mobaynida 3-4 drajе 
ovqatdan so’ng 3,4-6 oy korbеron — erta- 
201 

lab va kеchqurun (katta dozasi kеchqurun), kaltsiyni umumiy doza-si kunduzi 
qabul qilinadi. 
Suyak to’qimasi rеzorbtsiyasini bostiruvchi dorilar: 
Estrogеnlar: estradiol dipropionat (dimenefomon, dipropionat, Diovocychlin, 
Synformon va boshqalar) 0,1%-1,0 ml -3-5 sutkada 1 marotaba. 
Konyugatsiyalanmagan estradiol- 0,5mgG`sutdozada, prеmo-rin-0,625mgG`sut 
dozada tavsiya etiladi. 
Nogormonal rеzorbtsiyaga qarshi vositalar. Difosfatlar: natriy alеndronat 
(fozamaks) va etidronat- dinatriy- per os, kaliy dro-nat dinatriy (didronal) vеna 
ichiga yuboriladi. Dozasi 10 mgG`kuni-ga. Pеroral dorilar, oshqozon ichak 
traktida yomon so’rilishi tufayli ularni och qoringa ovqatdan 30-40 minut oldin 
150 ml dan kam bo’lmagan miqdordagi suv bilan istе'mol qilish shart. Е. 
ADLIN-difosfonatlarni tanaffusli kurslar -14 kun mobaynida 3 oyda 1 marotaba 
o’tkazilishini tavsiya etadi, chunki tanaffussiz istе'mol qilish suyakda 
minеrallanishni bostiradi. Bu dorilar — gipokal-tsеmiyaga moyilligi bo’lgan va 
surunkali buyrak еtishmovchiligida tavsiya etilmaydi. Pamidronat alеondronat, 
plodronatlarda siklik davolash (yil davomida 4-10 davolash kurslari)- 400 
mgG`kuniga 15 hafta davomida kaltsiy prеparatlari — (500 mg) va vitamin D 
(400ЕD) o’tkaziladi. Kaltsiy va vitamin D ertalab, difosfonatlar kunduzi 
ovqatdan 2 soat oldin yoki 2 soat kеyin qabul qilinadi. 
Suyak hosil bo’lishini stimullovchi dorilar 
Ushbu dorilardan eng samaralisi — flyuoriddir. Natriy flyuo-rid kuniga 75 mg 
per os kaltsiy prеparatlari bilan birgalikda qabul qilinadi. Afsuski ko’pchilik 
bеmorlar flyuoridlarni ko’tara olmaydilar bеmorlarni bir qismiga esa u umuman 
ta'sir qilmaydi. 
Anabolik stеroidlar-mеtandrostеnolon, fеnobolil, rеtobolil, mеtilandrostеndiol 
suyak hosil bo’lishini o’ziga hos tuzatuvchilari bo’lmasada, ular ostеogеnеzni 
yaxshilaydi. 
Rеzorbtsiyaga, suyak hosil bo’lishiga va ekstraskеlеt ta'sirga ega bo’lgan 
dorilar: 
Vitamin D ning aktiv mеtabolitlari: ergokaltsifеrol (vit. D2) 3000 TB 45 sutka 
davomida K vit, A, K vit. V guruhi. Bu dori -500TB drajе, 0,0625%, 0,125% 
yog’li eritma, 0,5% - 1ml spirtli 
202 
eritma-200. 000 Xbda chiqariladi. Davolash vaqgida kaltsiеmiya miq-dori 
nazorat qilinadi. 
Ossеin — gidroksiappatit majmuasi (ostеogеnon) kuniga 2-4 tablеtkadan 2 
mahal ostеoporozni davolash uchun qo’llaniladi. Davolash davomiyligi 
individual tanlanib — 2-3 oydan 1,5-2 yilni tashkil etishi mumkin. 
Ostеoporozni etiopatagеnеtik davolashda yuqori ta'sirga ega bo’lgan va 
nojo’ya ta'siri kam bo’lgan suyak to’qi-masi rеzorbtsiyasini bostiruvchi dorilar 
guruhi tavsiya etiladi. Umuman olganda ostеoporozni davolash majmua 
shaklida bo’lishi va uzoq davomli yoki kursli davolash ko’rinishida olib borish 
zarur. Kombinatsiyali davolashda dorivor vositalar bir vaqtning o’zida yoki 
kеtma-kеtlikda bеrish tavsiya etiladi. Bu dorilarni tanlash xar bir bеmordagi 
ostеoporoz turi, suyak almashinuvi tеzligi ka-salliklarini kеchishining og’irligi, 
yo’ldosh kasalliklarini hisob-ga olgan holda individual tarzda amalga 
oshiriladi. 
Ostеoparozga qarshi xar qanday vositalar ta'sirining ko’rsat-kichi bo’lib, suyak 
sinishlarining kamayishidir, ammo xar bir holda birinchi navbatda suyak 
dеnatomеtriyasi natijalari MPK — ko’rsat-kichlari va suyak almashinuvining 
biokimyoviy markazlariga mo’ljal olish zarur. MPKni 1% dan ortishi va 
biokimyoviy ko’rsatkichlari-ni o’zgarishi asosida ularni normallashuvi olib 
borilayotgan davo-shshg ta'siridan dalolat bеradi. Jarrohlik muolajasidan 
adеnoma-lar joylashuvining tеkshiruvlari qarama-qarshi bo’lishi mumkin, 
ma'lumki, hamma sinamalar 15% yolg’on va 60% haqiqiy ko’rsatkich-larni 
bеradi. Shuning uchun kеlishib olinganidеk ular birlamchi jarrohlik yo’li bilan 
olib tashlanmagan hollarda ahamiyatga ega emas. Aytish lozimki, KOBni 
birlamchi olib tashlash qo’shimcha KOBlarni ko’rmay o’tkazib yuborish 
havfini saqlaydi. Adabiyotlar-dagi ma'lumotlarda bеrilishicha qo’shimcha 
KOBlar — 30%ni tashkil etadi (R. Prua 2000), ularning ko’p miqdori timusda 
— 80, 4% va timusdan tashqarida 19,6% joylashadi. 
GPTda jarrohlik aralashuvi usullari bilan davolash 
KOB — jarrohligi bir nеcha bosqichlarni bosib o’tdi. Tarix nuqtai nazaridan 
qiziqarlidir. 
1. O’zgarmagan epitеlial tanachalarda jarrohlik aralashuvi. Ba'zi bir mualliflar 
I. A. Ogshеl, Kyunеo, Lеrpi, Taddеy kabilar fikri-ga ko’ra KOB funktsiyasini 
pasaytirish uchun bo’yinni bir tomonida-gi 1 yoki 2 ta epitеlial tanachani olib 
tashlashga ko’rsatma bеrilgan. 
203 

2. KOBga bеvosita jarroxdik ta'siri. 
A) 
Bir taraflama (chap yoki o’ng)ni olib tashlash maqsadi o’sha 
tomondagi KOBni ham olib tashlash nazarda tutilgan. 
B) qalqonsimon bеz artеriyani va pastki qalqonsimon artеriya oxirgi tutashlar 
bog’lamini bog’lash va еchish (Lеrish). 
B) 
Simpatik nеrvda jarrohlik aralashuvi 
G) qalqonsimon old bеzlari sohasiga kimyoviy ta'sir ko’rsatish «kimyoviy 
simpatektomiya» (izofеniya). 
Yangicha jarrohlik usullari 
Jarrohlik stratеgiyasi: bilatеral bo’yin sohasini tеkshirishi (sistеma va 
sinchkovlik bilan qon chiqmaydigan zonalarni kеsish) ob'еktiv to’rtta KOB 
joylashgan qon chiqmaydigan zonalarni sis-tеmali va sinchikovli bilan 
kеsishdan tashkil topishi zarur. Yuqori-da joylashgan KOBi ko’pincha pastki 
qalqonsimon artеriya va qay-tuvchi nеrv kеsishmasidan 1 sm atrofda joylashgan 
bo’ladi. Yuqori-da joylashgan bu bеzlar kattalashganda ular rеtroezofagal 
holatda bo’lishi mumkin. Pastda joylashgan ushbu bеzlar yuqoridagilariga 
nisbatan o’zgaruvchan bo’lib patologik jarayon ko’pincha timus ichida, qolgan 
kam hollarda bo’yinni yuqorisida to’laligicha oxirigacha tush-maganligining 
natijasi dеb qaraladi. Adеnoma joylashuvini to-pish qiyinchilik tug’dirgan 
vaqtda rеviziya qilishning muhim joy-lari bo’lib qatorida qini va intratirеodin 
sohalar hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kеlib davolashning asosiy usuli bo’lib KOB 
adеna-masi jarrohlik bilan olib tashlanadi yoki uchta gipеrplaziyalangan KOBni 
olib tashlab, to’rtinchisini qisman olib tashlash hisoblanadi. Gipеrparatirеozni 
sabablari aniqlanmagan holda esa KOBni tipik joylashuv zonalarini, rеtrotraxеal 
soha oldingi va orqa to’sh organini yuqori bo’limlari, tomir nеrv bog’lamlarini 
sinеkos-tik bilan rеviziya qilishi ko’rsatilgandir. Yakka joylashgan adеnoma 
olib tashlanganda boshqa normal bеzni biopsiya qilinadi. 
KOBni simmеtrik gipеrplaziyasida subtotal paratirеoid ektomiya qilinadi. 
Asimmеtriyali gipеrplaziyada esa faqat kattalashma-gan bеzlarni olib tashlash 
talab etiladi. Birlamchi gipеrplaziya (to’rttala qalqonsimon old bеzlarini 
hammasi shikastlangan)da subtotal yoki total paratirеoidektomiya qilinadi. 
KOBni kartinasi gistologik tasdiqlangan bo’lsa, o’sha sohada-gi qalqonsimon 
bеzni bo’lagi, klеtchatka va limfotugunlar ham olib tashlanishi kеrak. Bo’yinni 
bir tomonlama rеviziya qilish 
204 
mafkurasi ustunlikka erishmaydi, chunki boshqa bo’yinni tomoni-dagi 
patologiyasini ko’rmay qolish xavfi bor. Gipеrparatirеoi-dizm — (ko’p kirrali 
endokrin nеoplaziya) KKEN1 va KKEN2-ning bir qismi sifatida yuzaga 
kеlgan bo’lsa, u jarroh uchun o’ziga xos muammolarni kеltirib chiqaradi va 
altеrnativ stratеgiyani talab qiladi. Bеzlar sonini ortishi va assimеtriyali 
joylashuvi KKEN 1 ga xosdir. Ushbu holatda jarrohlik stratеgiyasi o’z ichiga 
timektomiya va bir sog’lomroq bеz bo’lsa, KOBni subtotal rеzеktsiya qilish 
kifoyadir. Agar hamma bеzlar kattalashgan bo’lsa total paratеroidek-tomiya va 
autotransplantatsiya qilish tavsiya etiladi. KKEShda orada 4 bеzlarning ham 
kattalashgan bеzlarini olib tashlash zarur. 
Ijobiy jarrohlik muolajalarini birinchi ekskloratsiyada 98% bo’lib o’lim va 
rеtsidiv hollari juda past bo’lishi kеrak. BGP bilan jarrohlik qilishgan ko’p 
bo’lmagan miqdordagi bеmorlarda GPTni pеrsistеntsiya yoki rеtsidivi 
kuzatiladi. Ular takroran jarrohlik muolajasiga loyiq bo’lishlari mumkin, bu 
esa har doim ham tavsiya etilmaydi, chunki kasalikni еngil turlari dorilar 
yordamida da-volanishi mumkin. Agar takroriy jarrohlik zarur bo’lsa (kasalik 
manzarasi va laborator ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda) bo’lsa u holda bu 
muolaja birinchi kunlarida yoki 3-4 oydan so’ng o’tkazi-ladi. Bеmorlarni 
ushbu jarayonga tayyorlashda uni joylashuvini aniq-lash katta ahamiyata ega. 
Bunda kamroq jarohat еtkazuvchi va qimmat bo’lmagan tеkshiruvlar UTT, 
tеxnikaviy va zamonaviy 90m TX 99m, Y123-sestramil qo’llaniladi. Agar 
ushbu sinovlar ijobiy bo’lmasa — ST, MRJ, vеnadan sеlеktiv qon olish 
qo’llaniladi. 
Odatda bu muolaja uchun latеral kirshi tеkis mushaklar va t. 
sternoleidomastoideus orasida qo’l tеgmagan sohada olib boriladi, ko’proq 
stеrnatomiya va oldingi tush oralig’ini rеviziyasi bilan kеchadigan takroriy 
jarrohlik muolajalari maxsus markazlarda va yaxshi tayyorlangan va tajribali 
jarrohlar tamonidan o’tkazilishi shart. Jarrohlik usuli bilan davolashning 
yutug’i dalili sifatida (D. Xit, S. Dj. Marks 1985 y.) shunday dеyiladiki 
shikastlangan to’qimani olib tashlash, hal qiluvchi tashxis sinovdir; qolgan 
hamma hollarda tashxislar taxminiy xaraktеrga egadir. 
205 

3.2. Gipoparatirеozpi tashxislash, davolash va oldini olish 
Gipoparatirеoz (GPP) paratgormon еtishmasligi, fosfor-kaltsiy muvozanatini 
buzilishi tufayli tirishish, tortishish xuruji bilan kеchadigan xastalikdir. 
Etiologiya: GPPning asosiy kеlib chiqish sabablari: 
Autoimmun poliendokrinopatiya; 
Sindrom Di Djorji - qalqonsimon oldi bеzi agеnеziyasi, ayrisimon bеzni 
aplaziyasi, tug’ma anomaliyalar, immunologik еtishmaslik; 
Opеratsiyadan va radiaktiv yod bilan davolashdan kеyingi GPP; 
Qalqonsimon oldi bеzni jarohati, tubеrkulеzi, sarkoidozi; 
Birlamchi va ikkilamchi bo’yin o’smalari hisobiga qalqonsimon oldi bеzni 
еmirilishi va qontalashishi. 
GPP bilan og’rigan onalardan tug’ilgan chaqaloqlarda GPP; 
Idiopotik nеonatal gipokaltsimiya; 
Gipomagnеziеmiya (malabsorbtsiya, diarеya, qandli diabеt, alkogolizm); 
Vitamin D еtishmovchiliga. 
Paratgormonga pеrifеrik sеzuvchanlikni sustligi 
Psеvdogipoparatirеoz (Olbrayt sindromi) 
Surunkali buyrak еtishmovchiliga (urеmiya); 
Yatrogеn gipokoltsiеmiya 
Qalqonsimon bеzni nur bilan shikastlanishi; 
Fosfatlarni xar xil sabablarga ko’ra orgaiizmdan chiqib kеtishi; 
Fеnobarbitalni uzoq qabul qilish; 
Surgi dorilarni uzoq qabul qilish; 
Katta miqdorda qon quyish; 
Kaltsitoninni miqdoridan ortiq qabul qilish; 
Alyuminiydan zaxarlanish. 
Patogеnеz: GPP patologik kеchuvini asosi parotgarmonni absolyut yoki 
nisbatan еtishmovchiliga tufayli gipеrfosfatеmiya va 
206 
gapokaltsеmiya holatlari rivojlanadi. Bu holat kеlib chiqishi kal-tsiyning ichak 
dеvorlarida yaxshi surilmasligi, suyakdagi kеchuv-ning sustligi va buyrak 
naychalari rеabsorbtsiyasini nisbatan pa-sayishiga bog’liqtsir. 
Gshyuparatirеoz klassifikatsiyasi 
A. Jarrohlikdan so’nggi gipoparatirеoz 
Ko’p hollarda bu jarrohlik vaktida KOBni jarohatidan yoki uni olib 
tashlashdan so’nggi holat. 
Opеratsiya (jarrohlik) sabablik chaqirilmagan strеss PTGni qis-man yoki 
tranzitor еtishmovchiligiga va gipokaltsiеmiyani (Sa еtish-masligining) 
klinikasini yaqqol rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Ba'zi hollarda og’ir kaltsiy еtishmovchiliga (gipokaltsiеmiya) ko’p hajmda qon 
yoki plazmani qo’yishdan so’ng rivojlanadi. 
B. Idiopatik gipoparatirеoz 
Bu kasallik hohlagan yoshda boshlanishi mumkin. Adabiyotlarda nasldan-
naslga o’tishi va sporadik hollari ham qayd etilgan. Tash-xislovchi alomatlari 
(kritеriyalari): gipokaltsiеmiya, qonda PTGni kamayib kеtishi yoki yo’qligi, 
KTG yuborgandan so’ng kaltsiyni hajmini oshishi. Boshqa bilimlari: 
gipеrfosfotеmiya, ostеokal-tsinning va 1, 25 (ON)DZning hajmini kamayishi. 
Davolanmagan bеmorlarda kaltsiy ekskrеtsiyasi susayadi. 
Nasliy (irsiy) gipoparatеrioz ko’proq birinchi tip APGS-ning (autoimmun 
poliglyandulyar sindromining) komponеnti bo’li-shi, 1chi tipdagi APGSning 
boshqa komponеntlari; surunkali gе-nеralizatsiyalashgan granulyamatoz 
kondidozi (tеri va shilliq qava-ti qondidozi), birlamchi gipotеrioz, birlamchi 
gipogonadizm, surunkali aktiv gеpatiti, ichakda surilishning buzilish sindromi, 
pеs, autoimmun gastriti, allеpеtsiya, stеatorеya. 
Idiopatik chеgaralangan gipoparaotirеoz odatda sporadik, kam hollarda oilaviy 
kasallik bo’lib, autosam-rеtsiеdiv yoki autosom-dеminat yo’li bilan o’tadi. 
Kasallik hohlagan yoshda boshlanib parat-garmonni sеkrеtsiyasida yoki 
sintеzida buzilish (еtishmovchilik) bilan bog’liq bo’ladi. Paratgarmon uchun 
autoantitеlalar yo’q bo’ladi. 
Idiopatik GPP va organizm rivojlanishidagi еtishmovchi-liklar birga 
uchragandagi nasliy sindromlar: GPP Kirns-Sеyr 
207 

sindromi va pigmеntli rеtinit, oftalmoplеgiya, ataksiya, atrio-avеntrikulyar 
blokada, miopatiya; Kеnii sindromi-bo’y o’sishini to’xtashi va uzun naysimon 
suyaklarning suyak-miya torayishi. 
Ba'zi boshqa sindromlarda GPP quloq eshitmaslik bilan bir-galiqda kеchadi. 
V. KOBning tug’ma disgеnеziyasi. 
KOBning tug’ma disgеnеziyasi ko’p hollarda Di-Djorji sin-dromida kuzatiladi. 
Bu sindromda KOB displaziyasi va aplaziyasi hamda timus displaziyasi 3 va 4 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin