elementi uchun
Razryadnikni tok oʻtkazuvchanligi unga kuchlanish beruvchi manba
kuchlanishiga bog‘liq boʻlganligi uchun, toʻg‘rilangan kuchlanish qiymatini
nazoratini yuqori kuchlanish tomondan olib borilishi kerak.
Misol uchun S-96
yoki S-100 kV kilovoltmetrlar bilan yoki shuning uchun oʻtuvchan tokni
qiymatini xar bir razryadnik rusumiga qarab graudirovka qilingan etalon element
SN-2 yordamida oʻlchanadi. Buning uchun sxemaga sinalayotgan razryadnik
oʻrniga etalon element SN-2 oʻrnatilib sekin astalik bilan oʻzgartirgich yordamida
sinov kuchlanishi oshirib boriladi va u tok oʻtkazuvchanlik qiymati oʻrtacha
chegaralangan qiymatga yetguncha davom ettiriladi.
Keyin etalon element oʻrniga sinalayotgan razryadnik oʻrnatilib tok
oʻtkazuvchanlik yuqoridagi berilgan kuchlanish qiymatida koʻriladi, ushbu
xolatda tok oʻtkazuvchanlik belgilangan me’yorga toʻg‘ri kelsa u xola razryadnik
ishga yaroqli xisoblanadi.
Baxorgi va kuzgi chaqmoq mavsumidan oldin razryadniklarni tok
oʻtkazuvchanligi kuchlanish ostida SHTP-R – (shtanga izmeritelnaya toka
provodimosti razryadnikov) yordamida ximoya vositalaridan foydalangan xolda
110-220-500 kV podstantsiyalardagi razryadniklarda oʻlchanadi.
Dostları ilə paylaş: