M a ʼ r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari


 Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix08.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#127228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
M A

 
7. Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi 
zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish.
Yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinov olib borish kuchlanishi
1000 V dan kichik boʻlgan tarmoqlarda keng qoʻlanilib izolyatsiyani nozik 
joylarini aniqlashga yordam beradi.
Neytrali izolyatsiyalangan kuchlanishi 1 kV gacha boʻlgan tarmoqlarda 
izolyatsiyani pasaygan yoki shikastlangan joyini aniqlash usuli asosan elektr 
energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarni navbat bilan podstantsiyadan oʻchirish 
va tarmoqqa yuqori chastota berish xisoblanadi. Lekigin bu usul qurilmalarni
uzoq vaqt bekor turib qolishiga olib keladi. Koʻpgina ishlab chiqarish 
korxonalarida oʻchirish mumkin boʻlmagan tarmoqlar bor. 
Agar shikastlangan joy parallel tarmoqlar orqali elektr energiya bilan 
ta’minlangan joyda yoki izolyatsiyani pasayishi bir necha joyda boʻlsa 
izolyatsiyani pasaygan joyini topish qiyin boʻladi. 
Yuqorida aytib oʻtdiki izolyatsiyani pasaygan joyini topish podstantsiyadan 
boshlanadi. 
Tarmoq izolyatsiyasini shikastlangan joyini aniqlash sxemasini oʻrganib 
chiqamiz: 
G-tovush chastotasi generatori yerga va podstantsiya shinalariga 
kondensatorlar orqali ulangan. Xar bir kondensatorning sigimi 5-10 mkF, 
kuchlanishi 220 V tarmoqlar uchun 400 V va 380 V tarmoqlar uchun 600 V. 
Kondensator 1kGts chastotali toklar uchun kichik qarshilik va 50 Gts li chastotali 
toklar uchun katta qarshilikka ega. 
Agar ganerator ishlab turgan xolatida tarmoqda bir fazali yerga tutashish 
roʻy bersa ushbu sxemada generator va kondensator ishdan chiqmaydi chunki 
kondensator 50 Gts li tokni chegaralaydi. 


Tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy berganida generatorni bitta kondensator 
orqali izolyatsiya shikaslangan joy va yer oraligiga ishga tushirish mumkin. 
Generatorni quvvati 15 Vt dan kichik boʻlmasligi va yerga ulanish joyida 
maksimal toki 2-4 A boʻlishi kerak. Ushbu tok kondensator, podstantsiya 
shinalari, talluqli tarmoq fazasi va shikastlangan joyga oqib boradi. 
SHikastlangan joydan generatorga esa yer orqali oqib boradi.  
G-generatorni yoqib, tok oʻlchovchi kleshdan foydalanib kuchlanish 
ostidagi liniyani klesh oraligiga olamiz. Xar bir faza yakka koʻriladi. Izolyatsiya 
yaxshi tarmoq fazasida generator konturini zanjiri ulanmaydi va klesh xech narsa 
koʻrsatmaydi (I-xolat).
Izolyatsiya past tarmoq fazasi klesh oraligiga olinganida unda 1 kGts li tok 
konturi ulanganligi uchun, klesh strelkasi og’adi va naushnikda tovush paydo 
buladi (II-xolat).  
SHikastlangan tarmoq topilganidan soʻng klesh bilan yurib borib tarmoqni 
shikastlangan joyi topiladi (III-xolat). 
Biz koʻrib oʻtgan usul bilan tarmoqni shikastlangan joyini kuchlanishni 
olmagan xolda tez va aniq topish imkoniyatini beradi, xamda tutashishning katta 
oʻtish qarshiliklarida (bir necha yuz Om) yerga tutashish joyini topsa boʻladi.
Neytrali izolyattsiyalangan tarmoqlarda izolyattsiya xolatini doimiy nazorat 
qilishni avtomatik usuli kuchlanish olinmagan va elektr energiyasini qabul 
qiluvchi oʻchirilmagan xolda izolyattsiyani shikastlangan joyini aniqlash va 
selektiv ravishda shikastlangan tarmoqni oʻchirish imkoniyatini beradi. 
Bu usul tarmoqni tez oʻchirish xisobiga izolyattsiya qarshiligini yuqori 
darajada ushlab turish imkoniyatini beradi.
Ushbu usul bilan kuchlanish ostidagi kabel trassasini aniqlash xam 
mumkin. 
Sinovdan oʻtkazish paytidagi olingan koʻrsatkichlarini qiymatlari avvalgi 
sinov koʻrsatkichlarini qiymatlari va elektr uskunani boshqa fazalarini 
koʻrsatkichlarini qiymatlari bilan xamda bir xil turdagi elektr uskunani sinov 
natijalari bilan taqqoslanib soʻngra xulosa beriladi. Sinov koʻrsatkichlarini 
natijalari qoidada berilgan koʻrsatkichlardan keskin farq qilsa, elektr uskunada 
nuqson borligi xaqida dalolat beradi va u vaqt oʻtishi bilan elektr uskunada 
nosozlik keltirib chiqaradi, oqibatda elektr uskunani ishdan chiqishiga olib keladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin