M a ʼ r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari


Elektrotexnik materiallarining klassifikatsiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix08.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#127228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
M A

Elektrotexnik materiallarining klassifikatsiyasi. 
Elektrotexnik materiallar elektr oʻtkazuvchanlik qobiliyatlariga koʻra 3 
guruxga boʻlinadi: 
1. Metallar (oʻtkazgichlar). Toza metallar va ularning qotishmalari shu 
guruxga mansub: 
δ=[10
5
÷10
6
]Om
-1
·sm
-1 
2. Yarim oʻtkazgichlar. Bu guruxda germaniy, kremniy, selen, tellur va 
boshqalar kiradi. 
δ=[10
5
÷10
-10
]Om
-1
·sm
-1
3.Dielektriklar (izolyattsion materiallar). Plastmassalar, rezinalar, farfor 
(chinni), keramika, shisha, katronlar, qog’oz va boshqalar shular jumlasidandir. 
δ=[10
-10
÷10
-15
]Om
-1
·sm
-1
Bundan koʻrinadiki, dielektriklar izolyatsion xossalari boʻycha boshqa
oʻtkazgichlar va yarim oʻtkazgichlar orasida mavqega ega ekanlar. 
Elektrotexnik materiallarining oʻtkazgichlar, yarim oʻtkazgichlar va 
dielektriklarga boʻlinishi shartlidir.
Elektroizolyatsion materiallar 3 guruxga bulinadi: 
1. Gazsimon. 
2. Suyuqlik. 
3. Qattiq. 
Bundan tashqari ular organik (katronlar, lok buyoklar, plastmassalar, 
rezinalar va boshqa) va anorganik (shisha, slyuda, keramika, sopollar) 
elektroizolyatsion materiallarga boʻlinadilar. 


2. EIMni va texnologik qurilmalarni sinovdan oʻtkazish sohasidagi 
respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar, 
fan texnika va texnologiya yutuqlari. 
 
Sinov maqsadiga qarab kuzatuvlar doirasi, qoʻllaniladigan usullar va uskunalar 
turlicha boʻlishi mumkin. Xom ashyoni sinash ma’lum bir texnologik jarayon 
uchun foydalaniladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish 
imkoniyatlarini yoki texnologik operatsiyalarga ba’zi oʻzgarishlar kiritishda 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Koʻpincha bu sinovlar bilan, har 
bir navning tegishli yoʻnalishi va ishlatilishini oʻrnatish uchun, xom ashyo yoki 
yarim tayyor mahsulotlarning navini aniqlashadi. Texnologik jarayonning ketma-
ket bosqichlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sinovlar ma’lum bir texnologik bosqichda 
yarim tayyor mahsulotni tekshirishga va keyingi bosqichda undan foydalanish 
imkoniyatlarini 
aniqlashga 
qaratilgan. 
Odatda, 
bu 
holda, 
materialning 
xususiyatlarini tavsiflovchi miqdorlarning oʻzi emas, balki ularning texnologik 
yoʻriqnomada koʻrsatilgan qiymatlaridan ogʻishlarini oʻlchanadi. 
Tayyor mahsulotni ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan quyidagi namunaviy, 
davriy, qabul qilish-topshirish sinovlariga boʻlinadi.
Elektr izolyatsiya materiallari yoki mahsulotlarining standart talablariga yoki 
texnik shartlarga mutlaqo mos kelishini tekshirish uchun namunaviy sinovlari 
oʻtkaziladi. Material yoki mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirgandan soʻng, 
texnologik jarayonni oʻzgartirganda yoki ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom 
ashyoni oʻzgartirganda namunaviy sinovlar oʻtkaziladi. Ushbu sinovlar davomida 
materialning xarakteristikalari normal sharoitda ham, ogʻir ish sharoitida ham 
aniqlanadi. Nam atmosferaga, past haroratga, issiqlik oʻzgarishiga yoki standartda 
koʻrsatilgan boshqa omillarga duch kelganidan keyin ham koʻrsatilgan 
xarakteristikalari aniqlanadi; shu bilan birga, bunday omillarga ta’sir qilishning 
ma’lum bir ketma -ketligi va davomiyligi nazarda tutiladi. Namunaviy sinovlarda 
koʻpincha turli omillar ta’siridan soʻng material parametrining qoldiq 
oʻzgarishlarini aniqlanadi; materialning eskirishini aniqlash uchun tezlashtirilgan 
sinov oʻtkaziladi va hokazo. Namunaviy sinovlarni oʻtkazish uchun namunalar 
sonini tanlab olish muhim roʻl oʻynaydi va standart yoki texnik shartlar bilan 
belgilanadi. 
Mahsulotlarning standart talablariga muvofiqligini nazorat qilish, mahsulot 
sifatining yomonlashishini oʻz vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish maqsadida 
ishlab chiqarish jarayonida davriy sinovlar oʻtkaziladi. Davriy sinovlarning hajmi 
namunaviy sinovlarnikiga qaraganda kamroq. Sinov paytida aniqlangan 
parametrlarni toʻgʻri tanlash muhimroqdir. Ushbu sinovlarning muddati odatda 6 
oyni tashkil qiladi va ba’zi parametrlarga koʻra, undan ham kamroq. Masalan
getinaksning ba’zi markalarining oʻziga xos solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 
namlik kamerasida boʻlganidan soʻng, oyiga kamida bir marta tekshiriladi. 
Qabul qilish-topshirish sinovlari etkazib beruvchi tomonidan tayyor 
mahsulotni xaridorga etkazib berishdan oldin oʻtkaziladi. Ushbu sinovlar 
mahsulotlarning standartning eng muhim talablariga muvofiqligini ta’minlash 
uchun oʻtkaziladi. Bunday sinovlar odatda normal sharoitda oʻtkaziladi, lekin 


texnik shartlarda talab qilinsa, namlik ta’sirida boʻlganida, qizdirilganda va 
mexanik yuklamalar h.k. ta’siridan keyin tekshirilishi mumkin. Ushbu sinovlar har 
bir partiya uchun, ushbu partiyadan olingan ma’lum miqdordagi namunalarda 
oʻtkaziladi. Masalan, getinaksni qabul qilish-topshirish sinovlari paytida, 
oʻlchamlari, tashqi koʻrinishi hamda materialning parallel va perpendikulyar 
qatlamlaridagi 
tgδ va Е
пр
larning 
yoʻnalish va qiymati tekshiriladi. Nazorat 
sinovlari koʻpincha asboblar, apparatlar, mashinalar va boshqa elektr qurilmalarini 
ishlab chiqarish uchun izolyatsion materiallar va mahsulotlar foydalanadigan 
korxonalarda oʻtkaziladi. Bu sinovlar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasasi va 
laboratoriyalarda yangi mahsulotlar ishlab chiqishda oʻtkaziladi. Nazorat 
sinovlarida ekspluatatsiya qiluvchi korhonalar ham qatnashadilar, ular uskunalar 
uchun etkazib beriladigan izolyatsion materiallarni tekshirishlari kerak boʻladi 
(masalan, elektr podstansiyasida yangi transformator moyini sinovdan oʻtkazish). 
Profilaktik sinovlar ish sharoitida oʻtkaziladi; ular ekspluatatsiya qilinayotgan 
izolyatsion material yoki izolyatsion element kerakli xarakteristikalarini saqlab 
qolganmi yoki yoʻqmi va undan keyin foydalanishga ruxsat beriladimi -yoʻqligini 
aniqlashga qaratiladi. Ushbu sinovlar asosan tekshirish, muntazam va nosoz 
holatlarga boʻlinadi. Tekshiruv sinovlari mahsulot yoki materialni oʻzgartirganda, 
yuqori kuchlanishli uskunaga kuchlanishni berishdan oldin, uzoq vaqt 
oʻchirilgandan keyin, omborda saqlashda, yangilashdan oldin, tanaffusdan keyin va 
hokazolarda oʻtkaziladi. Tekshirish sinovlari ishchi koʻrsatmalariga muvofiq 
amalga oshiriladi. Muntazam sinovlar, vaqti-vaqti bilan, rejalashtirilgan tarzda, 
materiallar va izolyatsion elementlarning keyingi ishlashi uchun ruxsat etilishini 
aniqlaydi (masalan, transformator moyini sinovdan oʻtkazish). Bu sinovlar, 
shuningdek, elektr izolyatsion elementlarning nuqsonlarini aniqlashga qaratiladi 
(masalan, liniyaning alohida izolyatorlarida).
Nosozlikdan keyingi sinovlar normal ishlash buzilgan taqdirda, izolyatsiyaning 
shikastlanish sabablarini, shikastlanish joyini aniqlash, izolyatsiyaning keyingi 
ishlashga yaroqliligini aniqlash va h.k.ga qaratilgan. 
Elektr izolyatsion materiallar va mahsulotlarni sinash elektr va noelektrlaga 
boʻlinadi. 
Elektr sinovlari asosan elektroizolyatson materiallarning solishtirma hajmiy 
р
v
va 
p

yuza qarshiliklarinin, 
dielektrik oʻtkazuvchanlik ε
, dielektrik yoʻqotishning 
tangens burchagi tgδ, elektrik mustahkamlik E
pr 
larni 
aniqlashga qaratilgan. 
Koʻrsatilganlardan tashqari, koʻpincha torroq qiymatga ega boʻlgan boshqa elektr 
parametrlarini aniqlash kerak boʻladi, 
masalan
, anizotrop materiallarning ichki 
qarshiligini aniqlash. Anashu maqsadda materiallarning tanlangan namunalarida 
elektr sinovlari oʻtkaziladi va natijalar minimal xato bilan olinishini ta’minlashi 
kerak. Material uchun ruxsat berilgan xatoning qiymati standart va texnik 
shartlarda 
koʻzda 
tutilgan 
boʻladi 
va 
ixtisoslashtirilgan 
qurilmalardan 
foydalanganda, uni ishlab chiqaruvchi korhona kafolatlaydi. Vaqti -vaqti bilan 
bunday qurilmalar, shuningdek oʻlchash asboblari davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi 
kerak. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin