Ekstropoliya asosida boshqarish usuli. Bunda o‘zgarish sur’ati tezlashadi. Ammo
istiqbolni faqat o ‘tgan davr o‘zgarishlari tendensiyasiga asoslanib ekstropoliya qi
lish yo‘li bilan belgilash mumkin. Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida bu usul ham
unchalik qo‘l kelmaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti kelajakni o‘rganishni, oldindan
bozorni o‘rganib, keyin mahsulot ishlab chiqarishni talab etadi.
0 ‘zgarishlarni oldindan bashorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu usul
o ‘zgarishlar sur’ati tezlashib, kutilmagan hodisa sodir bo'lishini nazarda tutib
ishlab chiqilgan strategiyani belgilash yordam ida amalga oshiriladi. Bu bozor
iqtisodiyotiga mos boshqarish usuli bo ‘lib, ishlab chiqarishni marketing aso
sida tashkil etishni talab etadi.
Shoshilinch ixcham qarorlarini qabul qilish asosida boshqarish usuli. Bun
day usul bozor talablariga javoban korxona faoliyatini tezkorlik bilan o‘zlashtirish
lozim bo'lgan hollarda qo‘llaniladi. Bugun bozor munosabatlari barcha soha-
larga shiddat bilan kirib kelayapti. Bunday sharoitda turli-tum an vazifalar
favqulodda paydo bo'lishi tabiiy. Ular faqat uzoqni ko‘zlamagan holda rejalash-
tiriladi va boshqarish amalga oshiriladi. Bu usul, ayniqsa, korxona muayyan
inqirozga uchraganda, ayrim muammolarga duch kelganda qo‘l keladi.
M a’muriy menejment kursining predmeti m a’muriy islohotlar, boshqaruv
amaliyoti va nazariyasi, turli hokimiyat organlarining faoliyatini tahlil qilishdir.
Ushbu kurs m a’lumotlar tahlili, grafik va nazariy-amaliy uslublardan foydalanib
shakllangan. Jamiyat, davlat va xo'jalik organlari faoliyatini nazariy va amaliy
jihatdan o'rganish o ‘quv kursining vazifalari hisoblanadi.
A. T. To'xtaboyev muallifligida tayyorlangan «M a’muriy menejment» o ‘quv
qo‘llanmasida m a’muriy m enejm entning o'ziga xos xususiyatlari, burch va
vazifalari, uning texnologiyasi va funksiyalari, rahbarlik uslublari va m adani-
yati, m a’muriy-tashkiliy loyihalarni rejalashtirish, xodim lar va rahbarlar faoli
yatini tashkil etish masalalari yoritilgan.
Q. A. Abdurahmonov va boshqalar tom onidan tayyorlangan «Davlat xiz
m ati personalini boshqarish» nomli o'quv qo'llanm asida davlat xizmatining
nazariy muammolari, muayyan nazariy tayyorgarlikka ega bo'lgan xodimlarda
kadrlar mem ejm entining o'ziga xos ko'nikm alarini hosil qilish, bu borada o 'z
m ahoratini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirishga doir nazariy-
amaliy masalalar o 'z yechimini topgan.
Ushbu qo'llanm ada quyidagi savollar yoritilgan:
— m akrom a’muriy tizim m enejm enti va nodavlat tuzilmalar;
— davlat hokimiyati, davlat boshqaruv va xo'jalik boshqaruv organlari ti
zimi faoliyati;
— m a’muriy personal menejmenti;
— qonunchilik hokimiyati tizimining asoslari.
7