M a t m u r o d o V f. M



Yüklə 4,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/95
tarix20.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#163108
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Matmurodov F.M. Ma\'muriy menejment

2.8-chizma. 
0 ‘z R q is h lo q va suv x o ‘jalig i vazirligining tash k iliy tu zilm asi.


begona o ‘tlarga va chigirtkaga qarshi kurashish bo'yicha yagona texnika va 
texnologiya siyosatini o'tkazish.
Vazirlikda 15 kishidan iborat tarkibda hay’at tuziladi. U ning tarkibiga vazir 
(hay’at raisi), uning o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi tarm oqlari va sohalarini 
rivojlantirish muammolarini hal etish bo'yicha Kengashlar raislari, ayrim 
bo'linmalar, agrosanoat kompleksi tizimi vazirliklari va idoralari rahbarlari, 
shuningdek, vazirlik markaziy apparatining boshqa rahbar xodimlari kiradi. 
Hay’atning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay’at 
qarorlari vaziming buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, viloyat 
qishloq va suv xo'jaligi boshqarmalari hamda tum an qishloq va suv xo'jaligi 
bo'limlari, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (ti- 
zimlar), irrigatsiya tizimlari boshqarmalari vazirlikning hududiy organlari 
hisoblanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, viloyat 
qishloq va suv xo'jaligi boshqarmalari hamda tum an qishloq va suv xo'jaligi 
bo'lim lari tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kenga- 
shiga, viloyatlar va tum anlar hokimliklariga hamda vazirlikka bo'ysunadilar 
va hisob beradilar.
Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vaziri O'zbekiston 
Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston 
Respublikasi Joqarg'i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Viloyat qishloq aa suv xo'jaligi boshqarmalari rahbarlari viloyatlar hokim- 
lari taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi 
vaziri tom onidan lavozimga tayinlanadi.
Tum an qishloq va suv xo'jaligi bo'limlari boshliqlari tuman hokimlari 
taqdimnomasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi 
vaziri ham da viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmalari boshliqlari to ­
m onidan lavozimga tayinlanadi.
Irrigatsiya tizim lari havza boshqarm alari boshliqlari va ularning 
o'rinbosarlari, Magistral kanallar (tizimlar), Irrigatsiya tizimlari boshqar­
malari boshliqlari lavozimga vazir tomonidan tanlov asosida tayinlanadi.
Tanlovni o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi 
vaziri tom onidan tasdiqlanadi.
Vazirlik va uning hududiy organlari ekspert va maslahat organlari tashkil 
etishga haqlidir, ular to'g'risidagi nizomlar tegishli ravishda vazir yoki hududiy 
organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Budjetdan ajratiladigan mablag'lar va korxonalarning xo'jalik hisobida- 
gi faoliyatidan olinadigan daromadlar Qishloq va suv xo'jaligi vazirligini va 
uning bo'linm alarini mablag' bilan ta ’minlash manbalari hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligida belgilangan 
tartibda Ijtimoiy rivojlantirish va rag'batlantirish jamg'armasi tashkil etila-


di, Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga 2-ilovada ko'rsatilgan, vazir­
lik tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlaming, shu jumladan, tuzilgan 
shartnomalar asosida shirkat xo'jaliklari (qishloq xo'jaligi kooperativlari)ning 
x o ‘ja lik fao liy atid an (ixtiyoriy tartib d a) ajratilad ig an m ab la g 'la r 
Jam g‘armaning manbalari hisoblanadi.
Jam g‘arma mablag'lari ilmiy-qidiruv, m a’rifiy, bosmaxona va noshirlik 
ishlariga yo‘naltiriladi. Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo'linmalari 
ta ’m inotini moliyalashtirish ham Jam g‘arma hisobidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy rivojlantirish va rag'batlantirish jamg'armasi to'g'risidagi nizom 
vazir tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlik faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda to'xtatiladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin