103
3.6. PYTHONDA FUNKSIYA
Funksiya ma'lum bir vazifani bajarishga mo'ljallangan kodlar yig'indisi. Biz
shu paytgacha bir nechta tayyor funksiyalardan foydalanib keldik. Misol uchun print()
funksiyasi konsolga matn chiqarish uchun, range() funksiyasi esa ma'lum
oraliqdagi
sonlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Aslida har qanday funksiyaning ortida ham bir necha qatordan iborat kod
bo'ladi, lekin biz funksiyaga murojat qilganda uning nomini yozamiz xolos. Funksiya
ortidagi kod esa biz uchun yashirin bo'lib qolaveradi. Funksiyalarning qulayligi ham
shunda. Dastur davomida ma'lum bir kodlarni qayta-qayta yozmaslik uchun biz
ularni
jamlab, bitta funksiya ichiga joylashimiz va dastur davomida bu kodlarga funksiya
nomi orqali murojat qilishimiz mumkin.
Funksiyani e’lon qilish va
chaqirish
Har bir yaratilgan funksiyaga albatta nom berish kerak va bu nom Pythonda
define (ing. define – aniqlash) so‘zidan olingan def kalit so‘zi bilan boshlanadi.
Sintaksisi:
def funksiya_nomi ([parametrlar ro‘yxati]):
buyruqlar_bloki
def – funksiyani e’lon qiluvchi kalit so‘z.
funksiya_nomi – funksiya nomi.
parametrlar ro‘yxati – ushbu ro‘yxat bir necha parametrdan iborat bo‘lishi mumkin va
ular vergul bilan ajratib yoziladi.
buyruqlar_bloki – funksiya tanasi boshqa operatorlar kabi bitta
xat boshi tashlab
yozilishi shart.
Funksiya nomi orqali chaqirilganda uning tarkibidagi buyruqlar ketma-ketligi
bajariladi. Shundan so‘ng dastur funksiya chaqirilgan satrga qaytadi va shu satrdan
keyingi buyruqlarga o‘tadi.
Keling oddiy, salom_ber deb nomlangan funksiya yaratamiz. Bu funksiya
murojat qilganimizda konsolga "Assalom alaykum!" degan xabarni chiqarsin.
104
def salom_ber(): # def operatori yordamida salom_ber
# nomli funksiya
yaratildi
print(“Assalomu alaykum!”) # Assalomu alaykum
# so’zini konsolga chiqaradi
salom_ber()
Assalomu
alaykum!
Dostları ilə paylaş: