- 86 -
qo`shimchalar
muhitni uncha
boyitmasada,
havoni produsent
tomonidan
o`zlashtirilishini yaxshilaydi. Bu holatda muhitga yana qo`shimcha ravishda mineral
azot
va fosfor, shuningdek organik moddalarga boy mahsulotlar, masalan:
kartoshka shirasi bilan ishlov berilgan bug`doy maysalari, makkajo`xori ekstrakti
kiritilsa samarasi yanada yaxshiroq bo`ladi.
Oziqa muhitini sterilizatsiyalash va produsentni o`stirish.
Oziqa muhitini
sterilizatsiyasini maxsus hajmdagi idishlarda yoki sterilizatorning o`zida
amalga
oshiriladi. Dastlab zarur komponentlar aralashtiriladi, keyin ular namlanadi,
sterilizatsiyani yaxshi kechishi uchun xlorid kislota bilan nordonlashtiriladi, azot va
fosforning mineral manbalari 60
0
C da qo`shiladi
va sterilizatsiya uchun
yo`naltiriladi. Muhitni sterilizatsiya haroratida ushlab turish vaqti suyuq muhitdagiga
nisbatan ko`proq bo`ladi, chunki to`liq qizishga erishish qiyinroq bo`lib, odatda
buning uchun 60-90 (105-140
0
C da) minutni tashkil qiladi. Barcha konstruksiyadagi
sterilizatorlarda
aralashtiruvchi
moslama
sifatida-aralashtirgich,
shneklar,
konveyerlar, belkuraklar, silkigichlar asosiy element vazifasini bajaradi .
Muhitni sterilizatsiyalagandan keyin apparatga salqin havo yuborish yoki
sovitqichli moslamaga suv yuborish yo`li bilan sovitiladi. Harorat 38-40
0
C ga
pasayganda apparatga produsent kiritiladi, bunda ham yaxshilab aralashtiriladi.
Produsentni oziqa muhitiga ko`proq miqdorda kiritish o`stirish muddatini
qisqartiradi, lekin bunda substratning ma`lum qismi
energetik almashinuv uchun
sarflanadi, CO
2
va H
2
O ning ajralishi kuchayadi, ferment sekinroq sintezlanadi va
bunga mos holda so`ngi tayyor mahsulotning miqdori kam bo`ladi. Shu sababli o`sish
materialining miqdoriy ko`rsatkichi mumkin qadar oz bo`lishi lozim, odatda u muhit
massasini 0,02-0,1 % hisobida bo`ladi.
Sanoat ishlab chiqarishi miqyosida o`stirish.
Yuza qismida o`stirish 36-48 soat
davomida amalga oshiriladi. O`stirish siklini uch davrga bo`lish mumkin:
- dastlabki 10-12 soat oraligida konidiyalar shishadi va o`sadi; bu davrda harorat
28
0
C dan kam bo`lmasligi lozim;
- keyingi 14-18 soat oralig`ida mitselliyning o`sishi kuzatiladi, u kulrang-oqish
rangli bo`ladi. Bunda hujayralar asosiy oziqa moddani kuchli ravishda o`zlashtiradi,
jadal nafas oladi va ko`p miqdorda issiqlik ajratadi, bu issiqlikni yo`qotish kerak;
-uchinchi davr 12-18 soat oralig`ida davom etadi.
Almashinuv jarayonlari
susayadi, issiqlik kam ajraladi, lekin fermentlarning sintezlanishi davom etadi, ko`p
aspergillarda esa konidiyalarning hosil bo`laboshlashi kuzatiladi.
Yuza qismida o`stirish jarayonining energetikasi.
Sintetik va energetik
jarayonlar uchun sarflanadigan substrat sarfi tahminan chuqur o`stirishdagi kabi
ko`rsatkichga ega, odatda uni iqtisodiy koeffisiyenti 0,75-0,80 ga teng bo`ladi. Butun
sikl davomida ajraladigan issiqlikning umumiy yig`indi miqdori 1 kg oziqa muhiti
hisobiga 4000-4200 kDj ni tashkil qiladi va uning eng ko`p
miqdori ikkinchi
davrning o`rtasiga to`g`ri keladi. Ba`zi produsent zamburug`lar uchun issiqlik ajralish
dinamikasi 11- Rasmda keltirilgan.
Gaz almashinuvi dinamikasi.
Produsent tomonidan kislorodning qabul
qilinishini karbonat angidridning ajralishi orqali nazorat qilsa bo`ladi. Kislorodga
nisbatan talabni oshishi ham ikkinchi davrga to`g`ri kelib, issiqlik ajralishi jadalligiga
mos bo`ladi.