- 81 -
filtrlar tizimini o`rnatish lozim bo`ladi. Bunda ishlab chiqarish tizimidan
chiqarilayotgan havo sanitariya-gigiena me`yorlariga to`liq javob berishi kerak.
Produsentni sanoat miqyosida o`stirish.
Ma`lum suyuqlik hajmida produsentni
o`stirishda ikkita jarayon-mikroorganizm massasini oshishi
va muhitda yoki mikrob
hujayrasida fermentning yig`ilishi yuz beradi. Produsentni chuqur o`stirishda
fermentlar biosintezi oziqa muhitiga doimo havo kiritish va aralashtirib turish
sharoitida 2-4 kunda amalga oshiriladi. Produsent
Asp. oryzae
ni o`sishi jarayonida
yuz beradigan o`zgarishlar 7-Rasmda keltirilgan:
7-Rasm
.
Asp. oryzae
ni chuqur o`stirish jarayonida mitselliyni o`sishi, alfa
amilazani hosil bo`lishi va muhitning quruq massasini o`zlashtirilishi (I.M.Gracheva
bo`yicha)
Bunda: 1- alfa-amilaza; 2-mitselliy; 3-quruq modda.
Ko`p fermentlar ekstrasellyulyar mahsulotlar hisoblanadi va produsent
hujayrasini o`rab turgan suyuqlik muhitiga chiqadi, odatda uch kunlik o`stirishdan
keyin mitseliy ichida 10-15 % dan ko`p bo`lmagan miqdordagi ferment qoladi.
Bunday paytda ferment preparatini biomassa ajratilgandan keyin filtratdan ajratib
olinadi. Ba`zan fermentlar hujayra organellalari bilan birikkan bo`lib tashqi muhitga
ajralib
chiqmaydi, bunda hujayralardan ajratish uchun ularni shikastlash va tegishli
- 82 -
tarzda ishlov berish talab qilinadi. Dastlabki bosqichda oziqa moddalarini
konsentratsiyasini yuqori bo`lishi produsent biomassasini o`sishini bo`g`ib qo`yadi.
Shu sababli uzluksiz ravishda oziqa muhiti yoki uning komponentlari fermentyorga
asta-sekinlik bilan produsentning o`sish bosqichini hisobga olish asosida peshma-
pesh kiritib boriladi. Buni
Bac. subtilis
-
402
beta-glyukanaza fermentini biosintezi
misolida namoyish qilish mumkin (8-Rasm):
8-Rasm
.
B. subtilis
-
402
ni o`stirganda biomassani, beta glyukanazani va
muhitda erigan modda sarfining o`sishi (I.M.Gracheva bo`yicha)
Bunda: 1-Muhitda
erigan modda; 2-biomassa; 3-ferment faolligi (nisbiy
birlikda).
Birinchi bosqichda t=40
0
C bo`lganda yengil o`zlashtiriladigan komponentlar
o`zlashtiriladi, biomassa shiddatli ravishda oshadi (8-soat o`tgandan keyin 10 g/l ga
yetadi). Keyin qo`shimcha ravishda muhitga erigan modda kiritiladi. Chuqur
o`stirishda vodorod ioni konsentratsiyasi asosiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi va
u produsentni o`sishida o`zgarishlarga duch keladi. O`suvchi produsentni muhitini
nordonligi mineral moddalarning tarkibi va xossalariga bog`liq bo`ladi. Hujayralar
tomonidan ammoniy ionlarining o`zlashtirilishi anionlarning ajralishini keltirib
chiqaradi va bunda muhit nordonlashadi. Agar NO
3
- anioni o`zlashtirilsa, unda metal
ionlari ajralib chiqib muhitni ishqoriylashtiradi. Fermentlar biosintezi jarayonida
vodorod ioni konsentratsiyasini birozgina o`zgarishida qanday o`zgarishlar yuz
berishini
Asp. oryzae
3-9 15 misolida
namoiysh qilish mumkin, pH 6,0
bo`lgandayoq ferment faolligi ancha (23 %) ga pasayadi. Agar muhitni yanada
nordonlashtirilsa (pH 5,5da), uch kundan keyin fermentning faolligini bor-yo`g`i 40
% saqlanadi. Shu narsa qiziqki, zamburug` tomonidan amalga oshiriladigan alfa-
amilazani biosintezi pH (7,5) va uning katalitik faolligi namoyon bo`ladigan pH
(4,7-4,9) bir biridan tubdan farq qiladi.
- 83 -
Fermentning yig`ilishi va uning hosil bo`lishi tezligi aeratsiya rejimiga bog`liq
bo`ladi. Kislorodni jadal o`zlashtirilishi zamburug`ning yosh paytiga to`g`ri keladi,
Shuning uchun bu paytda kuchli ravishda aeratsiyalash va aralashtirish talab qilinadi.
Ko`p ferment produsentlari mezofill mikroorganizmlar bo`lib, ularning rivojlanishi
uchun optimum harorat 22-32
0
C hisoblanadi. Ularning hammasi haroratga nisbatan
o`ta sezgirlikni namoyon qiladi va haroratni ozgina ko`tarish ham keskin
inaktivatsiyani keltirib chiqaradi. 9-Rasmda produsentlarni har xil harorat
chegarasida o`stirganda fermentlar faolligining o`zgarishlariga oid ma`lumotlar
keltirilgan.
9-Rasm
. Haroratning muhitda ferment yig`ilishiga ta`siri (I.M.Gracheva
bo`yicha).
Bunda: 1-
Asp. flavus
716
proteinazasi; 2 va 3-
Asp. awanori 22
amilazasi.
O`stirish jarayonida uch fazali: suyuq, shartli qattiq (hujayralar) va gaz tizimiga
duch kelinadi. Shu sababli bu ishlarni amalga oshirish
uchun maxsus qurilmalardan
foydalanish zarurati bor. Fermentyor qurilmaga qo`yiladigan asosiy talab jarayonning
hamma parametrlarini nazorati va ularni optimal darajada tutib turilishini avtomatik
ravishda amalga oshirishga qaratilishi lozim. Zamonaviy texnologik jarayonlar muhit
tarkibidagi karbonsuvlar, hosil bo`lgan metabolitlar va hujayralar konsentratsiyasini
avtomatik ravishda nazorat qilishni hisobga oladi.
Dostları ilə paylaş: