- 77 -
Fermentlar katalizlaydigan reaksiyalarini e`tiborga olgan holda 6 ta sinfga
bo`linadi:
1.
Oksireduktazalar
.
Bu sinfga oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalarini
katalizlovchi fermentlar kiradi. Ularga yaqqol misol
sifatida degidrogenazalar-
vodorod atomini ko`chiruvchi fermentlarni keltirib o`tish mumkin.
2.
Transferazalar
. Bu sinf vakillari alohida funksional guruhlarni
molekulalararo ko`chirish reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, metil guruhni-
metiltransferaza,
amino
guruhni-aminotransferaza,
karboksil
guruhni-
karboksitransferazalar ko`chirish reaksiyalarini katalizlaydi.
3.
Gidrolazalar
. Bu sinfga mansub fermentlar molukulalar ichidagi bog`larni
suv ishtirokida gidrolizlaydi. Ular jumlasiga fermentlarning katta guruhi, jumladan
oshqozon-ichak traktining fermentlari: esteraza, fosfataza, peptidaza va boshqalar
kiradi.
4.
Liazalar
. Bu sinf vakillari nogidrolitik yo`l bilan qo`sh bog` hosil bo`lish
reaksiyalarini katalizlaydi. Bularga yaqqol misol
sifatida dekarboksilaza va
boshqalarni keltirish mumkin.
5.
Izomerazalar
. Bu fermentlar substratlarni o`zaro almashinuvini katalizlaydi.
Masalan L-izomeri D-izomerga, glyukozani fruktozaga aylanishini katalizlaydi.
6.
Ligazalar
yoki sintetazalar. Bu fermentlar xilma xil sintezlanish
reaksiyalarini katalizlaydi va bu reaksiyani makroergik birikmalar energiyasi evaziga
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: