Quruq azotobakterinni ajratib olish texnologiyasi . Azotobakterin - bakterial
o`g`it bo`lib tuproq mikroorganizmi
Azotobacter chroococcum asosida ajratib
olinadigan preparat hisoblanadi. Uni ajratib olishda har 1 g sarf etilgan shakar
hisobiga 20 mg atmosfera azotini fiksatsiyalaydi. Bundan tashqari o`g`it sifatida
ishlatilgan bakterial o`g`itlar tuproqqa o`simliklarni o`sib chiqishi va rivojlanishini
stimullovchi biologik faol moddalar (nikotin va pantoten kislotalar, piridoksin, biotin,
geteroauksin, gibberilin va boshqalar ) ni ishlab chiqaradi, ular tomonidan
produksiyalanadigan anisomitsin guruhiga mansub bo`lgan fungisid moddalar esa,
o`simliklarning rizosferasida zararli mikroskopik zamburug`larning rivojlanishini
bo`g`ib qo`yadi.
Azotobakterlarning hamma turlari – aerob bakteriyalar jumlasiga kiradi. Bu
mikroblar muhitdagi organik va anorganik shakldagi fosforning miqdoriga nisbatan
sezgirlikni namoyon qiladi, uning muhitdagi miqdorini ko`p bo`lishi
Azotobakter ni
rivojlanishini jadallashtiradi. Oziqa muhitida fosforning miqdorini kam bo`lishi
bakteriyalarning rivojlanishini susaytiradi, azotni o`zlashtirish qobiliyati ham
pasayadi.
Azotobakter ning ko`p turlari azotni faqat bog`langan azotning miqdori kam
bo`lgan muhitda yoki umuman bo`lmagan muhitda o`zlashtiradi. Bu mikrobning
azotni o`zlashtirish qobiliyati muhitda ammiak bo`lganda susayadi. Molibden
(ba`zan vanadiy) birikmalari azotni o`zlashtirilishiga stimullovchi ta`sir ko`rsatadi.
Molekulyar azotni o`zlashtirilishi uchun mas`ul nitrogenaza tizimi multiferment
kompleksi bo`lib, uni tarkibida gen bilan bog`lanmagan temir, molibden va SH-
guruhlar bo`ladi.
Mikrobiologik sanoat azotobakterinning bir nechta: quruq, tuproqli va torfli
turlarini ishlab chiqaradi.
Quruq azotobakterinni ishlab chiqarish texnologiyasi ko`p jihatdan nitragin
ishlab chiqarish texnologiyasiga o`xshash, shu sababli quyida, uning farqli
tomonlarinigina ko`rib chiqiladi. Quruq azotobakterin tarkibiga qo`shimcha ravishda
qo`shilgan
Azotobakter ning quritilgan faol hujayralari hisoblanadi. Uning 1g da 0,5
mlrd hayotchan hujayralar bo`lishi lozim. Mikroorganizmning shtammlari
Rhizobium hujayralarini o`stirishda foydalanilgan oziqa muhiti komponentlaridan foydalaniladi.
Unga qo`shimcha ravishda muhitga temir va marganetsning sulfat tuzlari, shuningdek
molibdenat kislotaning murakkab tuzidan qo`shiladi. O`stirish jarayonida muhitning
pH ni 5,7-6,5 chegarasida tutib turib, 1 minut davomida 1 hajm muhitga 1 hajm havo
yuborish darajasidagi aeratsiyadan foydalaniladi. Quritilgan tayyor mahsulotni
tegishli miqdorda qo`shimcha qo`shgandan so`ng polietilen xaltachalarga 0,4-2 kg
etib qadoqlanadi. Shu holatda haroratni 15
0
C da ushlab turib 3 oygacha saqlash
mumkin.