- 71 -
to`qimalardagina ko`payishidir. Bu narsa ularni sanoat ishlab chiqarishi miqyosida
ko`paytirish texnologiyasini ishlab chiqishda qiyinchilik tug`diradi, chunki viruslarni
ko`paytirish tirik xo`jayin-hashoratlardan foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Hozirgi kunda uch xil virusli entomopatogen preparatlar: virin-KKOVE (karam
kapalagiga qarshi), TIQE (tok ipak qurtiga qarshi), va AOKVE (Amerika oq
kapalagiga qarshi) ni ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan. Har qanday virusli
preparatni ishlab chiqarish xo`jayin-hashoratni uning sog`lom fiziologik holatini
ta`minlash asosida sun`iy oziqa muhitida ko`paytirish orqali amalga oshiriladi.
Ma`lum taraqqiyot bosqichida (odatda qurt bosqichida) hashoratni oziqasiga virus
suspenziyasini qo`shib zararlantiriladi. Bunda inokulyatni bir necha kasal
lichinkalardan terib olinadi. Hashoratlar zararlantirilgandan keyin ularning
to`qimalarida virusning maksimal yig`ilishini ta`minlaydigan sharoitda saqlanadi.
Oradan 7-9 kun o`tgandan keyin o`lgan va o`layotgan lichinkalar terib olinadi, 33-35
0
C da yengil-yelpi quritiladi, begona–tanachalarni to`qimalardan chiqarish uchun
mexanik ravishda maydalanadi. Hosil bo`lgan massaga har bir lichinka hisobiga 1 ml
fiziologik eritma qo`shiladi, so`ng aralashma filtrlanadi.
Virin-KKOVE preparatini ishlab chiqarishda hosil bo`lgan poliedrlar filtratdan
sentrifugalash yo`li bilan cho`ktirib ajratib olinadi. Cho`kma eng kam hajm miqdorda
distillangan suvda eritiladi, unga oldindan sterillab qo`yilgan glitserin yordamida titri
1 ml da 1 mlrd poliedr ko`rsatkichigacha olib kelinadi. Tayyor preparat mayda shisha
idishchalarga bir gektarlik yoki bir necha gektarlik normani hisobga olib bo`lib
quyiladi. Bitta lichinkadan 36 mlrd gacha poliedr olish imkoni bor, bu lichinkaning
quruq massasini 30 % ni tashkil qiladi. Virin-TIQE ishlab chiqarishda filtratga
laktoza qo`shiladi, aralashtirgandan keyin esa, suspenziyani hajmiga nisbatan 4:1
nisbat hisobida atseton qo`shiladi. Aralashma tindirilgandan keyin cho`kma usti
suyuqligi to`kib tashlanadi, cho`kma esa atseton uchib ketguniga qadar quritiladi.
Preparatni dustga o`xshash tayyor shaklga keltirish uchun quruq cho`kmani mayda
dispersli-kaolin yoki bentonit qo`shib 1 g poliedrning faolligi 1 mlrd gacha
yetkaziladi. Virusli entomopatogen preparatlardan foydalanishda hashoratlarning
epizootiyasini keltirib chiqarish maqsadida poliedrlar bilan ularning qalin
populyasiyalarini zararlantirishga harakat qilinadi. Boshqa holatda, ya`ni
hashoratlarning lichinkalarini ommaviy ravishda rivojlanishi davrida o`simliklarni
preparatli suyuqlik bilan purkash yo`li bilan ham kurash olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: