M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Tuproqli 
va 
torfli 
azotobakterinni 
ajratib 
olish 
texnologiyasi

Azotobakterinning bu turlari qattiq oziqa muhitida o`stirilgan faol 
Azotobakter 
hisoblanadi, uning 1 g da 50 mln dan kam bo`lmagan hayotchan hujayralar bo`ladi. 
Ularni tayyorlash uchun unumdor tuproq yoki neytral reaksiyali chiriyotgan torf 
olinadi. Maydalangan va elakdan o`tkazilgan substratga 2 % ohak va 0,1 % 
superfosfat qo`shiladi. 500 g aralashma shisha idishga ko`chiriladi, hajm bo`yicha 
40-60 % gacha namlantiriladi, paxta bilan yopib qo`yib stirilizasiyalanadi. Ekish 
materialini tarkibida 2 % saxaroza va mineral tuzlar bo`lgan agarli muhitga 


- 75 - 
ko`chiriladi. O`stirishni 27 
0
C da 3-5 kun davomida amalga oshiriladi. Hosil bo`lgan 
ekish materialini agarning yuzasidan suv bilan yuvib olinadi va oldindan tayyorlab 
qo`yilgan shisha idishdagi substratga ko`chiriladi. Shisha idishdagi massani yaxshilab 
aralashtiriladi va 25-27 
0
C da tutib turiladi. O`stirishni 1 g tuproq yoki torfda 
bakteriyalarning soni 50 mln ga yetganicha davom ettiriladi. Shu yo`sinda olingan 
preparatlar o`zining faolligini 2-3 oy davomida saqlay oladi. Azotobakterin 
preparatini unumdor, tarkibida fosfor, mikroelement (molibden, vanadiy, bor va 
boshqa) lar bo`lgan tuproqlarda foydalanish tavsiya etiladi. Azotobakterinni organik 
va mineral o`g`itlar bilan to`g`ri nisbatda qo`shib qo`llash yaxshi samara beradi. 
Azotobakterin 
urug`larni, 
ko`chatlarni, 
kompostlarni 
bakterizasiyalashda 
foydalaniladi. Bunda o`simliklarning ildiz orqali oziqlanishi yaxshilanadi va 
g`allasimonlar, texnik va sabzavot ekinlarining hosildorligi 10-15 % ga ko`payadi. 
Azotobakterinni qo`llashda g`allasimonlar bo`lsa, ekishdan oldin ularning urug`lariga 
sepib keyin ekiladi, kartoshkani tuganagini va sabzavot ekinlarini ko`chatlarini 
bakteriyalarning suvli suspenziyasi bilan xo`llanib keyin ekiladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin