- 78 -
oshlash va
boshqa xil ishlovlar berishda, kinoplyonkalar ishlab chiqarishda,
parfyumeriyada,
sintetik
yuvuvchi
preparatlar
tayyorlashda,
tibbiyot
va
veterinariyada juda keng foydalaniladi.
Pektolitik fermentlar o`zlarining ta`sir doiralarini tashqi ko`rinish nuqtai
nazardan namoyon qilishlari, ya`ni reaksiya natijasida ular ta`sir
etadigan
polisaharidlarning vakillari-pektin moddalar (pektin, pektin kislotalar va protopektin)
ning molekulyar massalari va qayishqoqliklarini kamayishiga qarab bitta alohida
guruhga birlashtirilgan. Ular mevalar, ildizmevalar, navdalar (zig`ir)
tarkibida
bo`ladi. Pektin moddalarning molekulyar massalari 20000 Da dan 200000 Da gacha
bo`ladi. Hamma pektinazalar ikki xilga bo`linadi-gidrolazalar va transeliminazalar.
Ularning
birinchilari
metil
qoldiqlarni
uzadi
yoki
alfa-1,4-glyukozid
(poligalakturinazalar) bog`larni parchalaydi. Ikkinchilari pektin moddalarini
nogidrolitik yo`l bilan parchalab qo`sh bog`larni hosil qiladi. Ular to`qimachilik
sanoatida zig`irga ishlov berishdan oldin - ho`llash, vino tayyorlashda-vinoni
quyqalarini yo`qotish, meva shiralarini tayyorlashda konservalash uchun
foydalaniladi. Sellyulolitik fermentlar o`ta maxsus, bo`lib ularning ta`siri
sellyuloza
molekulalarini qutbsizlanganida namoyon bo`ladi; ular kompleks holda ta`sir etib
sellyuloza gidrolizini glyukoza hosil bo`lishi darajasigacha yetkazadi. Ulardan
foydalanishning istiqbollari katta - bu sellyulozadan glyukoza ajratib olish; tibbiyotda
o`simliklardan dorivor moddalar (steroidlar) ni ajratib olish; oziq-ovqat sanoatida-
o`simlik yog`larini sifatini yaxshilash; qishloq xo`jaligida kavshovchi hayvonlarning
omuxta yemiga qo`shib berishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: