- 3 -
Kirish
So`nggi o`n yilliklar davomida biologiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi
biotexnologiyaning an`anaviy yo`nalishlariga, texnik
mikrobiologiya va texnik
biokimyo yo`nalishlariga yangiliklarni kiritibgina qolmay, balki genetik va
hujayraviy muhandislik kabi yangi istiqbolli yo`nalishlarni maydonga keltirdi.
Endilikda biotexnologiya moddiy resurslar, energiya ta`minoti va atrof-muhit
muhofazasi muammolarini sanoat ishlab chiqarishi miqyosida ilmiy asoslangan
tarzda hal qilish masalalarini yechishga qodir bo`lib bormoqda.
Muayyan o`quv qo`llanmaning yaratilish zarurati XX asrning ikkinchi yarmida
biologiya fanlari tizimi negizida alohida fan sifatida shakllangan biotexnologiyaning
erishgan
hozirgi yutuqlari, uning sivilizatsiyani zamonaviy rivojlanishidagi tutgan
o`rnini benihoya o`sib borayotganligidan kelib chiqadi. Zamondoshlarimiz
biotexnologiya atamasi bilan nomlangan fanning paydo bo`lishinigina emas, balki
shu nom bilan atalgan mutaxassis kadrlar-magistrlar, fan nomzodlari va doktorlari
tayyorlanilayotganligini
guvohi
bo`lib
turibdilar.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan “Ta`lim tog`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
talablaridan kelib chiqqan holda respublikamizda ham biolog (5140100)
bakalavrlar
negizida biotexnolog (5A420104) magistrlar tayyorlashga kirishildi. Magistr
akademik darajali biotexnolog mutaxassislarni tayyorlash uchun ishlab chiqilgan
o`quv rejasidagi ushbu mutaxasislikni shakllantirish uchun xizmat qiladigan fanlar
va ularning namunaviy dasturlari dastlabki sinovlardan o`tkazildi.
Shubhasiz, biotexnolog magistr akademik darajali mutaxassislarni tayyorlashda
“Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi” fanining ham alohida o`rni bor.
Bu o`rinda aytish mumkin-ki, ushbu fan ma`lumotlari fizika, kimyo, biokimyo,
molekulyar biologiya va genetika uslublariga tayangan holda bo`lajak mutaxasisni
shakllanishida uning o`z
kasbiga oid bilim, ko`nikma va malaklar bilan
qurollantirishda alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Muayyan qo`llanmada biofaol moddalarning tasniflanishi, aminokislotalarni
biosintezi texnologiyasi va sanoat miqyosida ajratib olish istiqbollari, antibiotiklar,
bakterial
dori-darmonlar, fermentlarni ajratib olish hamda organik moddalarni
mikrobiologik transformatsiyalash va ularni qaytarilishini amalga oshirish yo`li bilan
biofaol moddalarni ajratib olishga qaratilgan biotexnologik uslublarga oid
ma`lumotlar keltirilgan. Unda materiallarni o`zlashtirilishini samaradorligini oshirish
maqsadida jadvallar, grafiklar, rasmlar va biokimyoviy formulalar hamda tenglamalar
keltirilgan bo`lib, ular mavzular matnlari bayoni bilan uyg`unlashtirilgan hamda
materiallarni chuqur o`zlashtirilishini ta`minlaydi.
Muayyan qo`llanmada materiallarni o`zlashtirilganlik darajasini tekshirish
uchun tuzilgan 108 ta test savollari ham keltirilgan. Shu bilan birgalikda o`quv
qo`llanmaning eng oxirida talabalar tomonidan fan materiallarini o`zlashtirilgandan
keyin o`z bilimlarini o`zlari baholash imkoniyati yaratilgan. Bu narsani amalga
oshirish uchun ko`p tanlov javobli topshiriq shakllari, javoblar to`g`riligini aniqlash
matrissasi va javoblarni bahosini aniqlashga tegishli formulalar keltirilgan. Unga
muvofiq talaba o`z bilimini o`zi baholay oladi va fanni o`zlashtirish ko`rsatkichi
qoniqarsiz bo`lib chiqsa, yoki aniqlangan baho ko`rsatkichi talabani qoniqtirmasa, u
materialni
yana takrorlashi, ya`ni yana qo`shimcha ravishda o`z ustida ishlashi
- 4 -
zarurligini aniqlashi ham hisobga olingan. Shu asnoda fikr yuritilganda, o`quv
qo`llanmani mualliflari ushbu fanga oid ma`lumotlarni talabalarga yetkazish, ularni
o`zlashtirish ko`rsatkichlarini nazorat qilish va o`z bilimlarini o`zlari baholashlarini
hisobga oluvchi yangi pedtexnologik yondashuvlarni ham qo`llashga harakat
qilsihgan desa bo`ladi.
Ushbu o`quv qo`llanma
biolog bakalavrlar, biokimyogar va biotexnolog
magistrlar, mikrobiologik oziq-ovqat sanoati va tibbiy sanoat xodimlari, shuningdek
qishloq xo`jalik xodimlari hamda zamonaviy biotexnologiya faniga oid bilimlarini
chuqurlashtirishni xoxlovchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo`ljallangan.
Dostları ilə paylaş: