M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


- 5 - 
1. BIOFAOL MODDALAR, ULARNING TASNIFLANISHI, SANOAT 
MIQYOSIDA OLINISHI VA ISHLAB CHIQARISH ISTIQBOLLARI
Tayanch iboralar
: Bio-hayot, texnologiya, genetik va hujayra muhandisligi, 
tirik mavjudotlarning irsiy apparatini o`zgartirish uslublari, kimyoviy sintez
mikrobiologik sintez, achitqi, bakteriya, viruslardan foydalanib mikrobiologik 
sintezni amalga oshirish, oqsilli, oqsilli-vitaminli, konsentrat, aminokislotalar
antibiotiklar, vitaminlar fermentlar, gormonlar, mikrobiologik o`g`itlar, o`simliklarni 
muhofaza qilish vositalari, mikroorganizmlar va fermentlarni immobilizatsiyalash
gen muhandisligi, ATF ishlab chiqarish.
1.1. Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi 
Hozirgi kunda jahon sivilizatsiyasining rivojlanishini mikroorganizmlar 
tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. So`nggi 
paytda «Biotexnologiya» atamasi fanga kirib kelibgina qolmasdan, balki Shu nom 
bilan atalgan mutaxassislar, fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashga kirishildi. 
Biotexnologiyaning 
rivojlanishini 
mikroorganizmlar 
to`g`risidagi 
dastlabki 
fikrlarning paydo bo`la boshlashidan, ya`ni XVII asrda A.Levenguk tomonidan ularni 
birinchi bor mikroskop ostida ko`rilgandan va L.Paster tomonidan achish jarayoni va 
odam va hayvonlarning ba`zi kasalliklarini kelib chiqishi, ularning faoliyati bilan 
bog`liqligi isbotlanib, asta-sekin mikrobiologiyaning mustaqil fan sifatida maydonga 
kelganidan boshlangan desa bo`ladi. 
Biotexnologiyaning o`zini mustaqil fan sifatida shakllanishi uchun esa, 
mikrobiologik tadqiqotlar ma`lumotlarini jamlanishi va mikroorganizmlarning 
biologiyasini mukammalroq o`rganilishi kerak bo`ldi.
Mikrobiologiyaning yutuqlari mikroorganizmlar haqidagi fanni va xalq 
xo`jaligini har xil tarmoqlarini rivojlanishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega 
ekanligini ko`rsatdi. Mikroorganizmlar juda mayda jonivorlar bo`lib, ular havo 
oqimlari va boshqa uslublar yordamida tabiatda osongina va keng tarqalish 
imkoniyatlariga ega. Yer kurrasida ular tarqalmagan nuqtani topib bo`lmaydi. 
Ayniqsa ular tuproq va suv havzalarida ko`p uchraydi. Mikroorganizmlarning eng 
muhim xususiyatlaridan biri, ularning tez ko`payishidir. Bakteriyalarning har 30-60 
minutda, hattoki 8-10 minutda ikkiga bo`linadigan turlari bor. Agar og`irligi 2,5x10
-
12
g keladigan bir dona bakteriyani cheksiz ravishda ko`payishiga imkoniyat yaratilsa, 
unda bir kecha kunduz davomida 100000000000 t biomassa hosil bo`lar edi. 
Mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari 
jihatidan xilma xil bo`lib, yuqori taraqqiy etgan o`simliklar va hayvonlar bardosh 
bera olmaydigan ekstremal sharoitlarda ham o`sish va yashash qobiliyatlarini 
saqlaydilar. Ularning ko`plari 40-50 
0
C da mavjud bo`lsalarda, ayrimlari 100-160 
0

da ham yashash qobiliyatlarini yo`qotmaydilar. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dengiz 
tubida sulfidli termal manbalarda 250 
0
C da ham yashaydigan bakteriyalar ham bor 
ekan. Ba`zi mikroorganizmlar 1000-1400 atm. bosimga ultrabinafsha va ionlangan 
nurlarga bardosh beradi. Hattoki atom reaktorlaridan ajratib olingan bakteriyalar bor. 
Oziqlanish bo`yicha mikroorganizmlar xilma xil guruhlarga bo`linadi. Ularning 
ko`pchiligi o`sishi va rivojlanishi uchun hayvonlar kabi tayyor organik mahsulotlar 


- 6 - 
bo`lishini talab qiladi, ya`ni ular geterotrof organizmlar jumlasiga kiradi. Ular orasida 
bakteriyalar zamburug`lar va sodda hayvonlar bor. Mikroganizmlarning har xil 
substratlarda o`sib rivojlanishi muhitga ancha miqdorda fermentlar, vitaminlar, 
polisaxaridlar, toksinlar, aminokislotalar, organik kislotalar, spirtlar, ammiak, 
nitratlar, karbonat angidrid va boshqa metabolizm mahsulotlarini hosil bo`lishiga 
sababchi bo`ladi. Bu moddalarni biotexnologik uslublar asosida ko`paytirish va 
yig`ib olish dehqonchilik, chorvachilik, tibbiyot va veterinariya, o`simliklarni 
muhofaza qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddatlarda saqlash, dori-darmonlar 
ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
Mikrobiologik sanoat hozirgi kunda xalq xo`jaligini rivojlantirish, insoniyatni 
sog`lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida keng imkoniyatlar 
yaratmoqda. Tabiatda mavjud bo`lgan mikroorganizmlar shtammlaridan organizmda 
uchrovchi biofaol moddalar va o`simliklar, hayvonlar va odamlarning kasalliklarini 
davolashda ishlatiladigan dori-darmonlarni ishlab chiqaradigan xillarini ajratib olish 
va ulardan samarali foydalanish mikrobiologik biotexnologiyaning istiqbolli 
yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mikroorganizlarning hozirgi kunda bir necha 
yuz xillari ma`lum. Bevosita tabiiy mikroorganizmlar shtammlarini mikrobiologik 
sanoatda foydalanish uchun ajratib olish va o`stirish sharoitini tanlashdan tashqari, 
ularning yuqori mahsuldor mutantlarini olish katta ahamiyatga ega bo`ladi. Masalan, 
so`nggi paytda penitsillinni sintezlovchi mutantlar dastlabki shtammlarga nisbatan 
10000 marta ko`p antibiotik ajratib olish imkonini berdi. Keyingi yillarda foydali 
mikroorganizmlarni ajratib olishda gen muhandisligidan foydalanilmoqda. Masalan, 
tegishli genlarni ko`chirish orqali havodagi molekulyar azotni yaxshi o`zlashtiruvchi 
bakteriya shtammlarini ajratib olishga erishildi. Shuningdek mikroorganizmlar 
hujayrasiga odamning proinsulin va interferon sintezi uchun mas`ul bo`lgan genlarni 
ko`chirib o`tkazish natijasida tibbiyot uchun kerakli bo`lgan birikmalarni arzon yo`l 
bilan ishlab chiqarishga erishildi. Mikroorganizm shtammlaridan foydalanib etanol, 
metanol, metan, molekulyar vodorod va karbonat angidridlardan manba sifatida 
foydalanib biomassa ajratib olish istiqbolli hisoblanadi. So`nggi yillarda fermentlarni 
yoki mikroorganizmlarning hujayralarini immobilizatsiyalash orqali juda qimmatli 
mahsulotlarni ajratib olishga erishilmoqda. 
Biotexnologiya mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va genetika 
yutuqlariga tayanadi. Bundan yetmish yillar ilgari antibiotiklar, fermentlar, 
aminokislotalar va ko`pdan ko`p xo`jalik uchun zarur bo`lgan qimmatli preparatlarni 
mikroorganizmlar faoliyatidan foydalanib sanoat miqyosida ajratib olish haqida 
tasavvurning o`zi ham yo`q edi. Yildan yilga biologik faol moddalar va dorivor 
moddalarni biotexnologik uslub yordamida olish jadal rivojlanib bormoqda. Muayyan 
kursni o`tishda biologik faol moddalar, dorivor moddalar, antibiotiklar, gormonlar, 
vitaminlar, aminokislotalarni mikrobiologik sintezi, shuningdek o`g`itlar va 
o`simliklarni kasalliklar va hashoratlardan muhofaza qilish vositalari sifatida 
foydalaniladigan moddalar va ularning bakterial preparatlarni ajratib olish masalalari 
ko`rib chiqiladi. Ushbu fanning mazmuniga yuqorida keltirilgan jarayonlarning 
texnologik jihatlari va jihozlanish tamoyillariga tegishli bo`lgan materiallar ham 
kiradi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin